2.Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi. Mehnatga haq to‘lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga ko‘ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsentlari ko‘rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsenti birga teng bo‘lib, razryad ortgan sari tarif
138
koeffitsenti ham ortib boradi.
Tarif stavkasi-ishchining razryadka muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (soat, kun) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo‘naltirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo‘yicha tarif koeffitsentini eng kam ish haqi miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Quyida 2009 yili Vazirlar Mahkamasining 21 iyuldagi 206-sonli qarori bilan qabul qilingan va 2009 yil 1 avgustdan kuchga kirgan yagona tarif setkasi keltiriladi.
Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to‘lanadi. Bunda xar qaysi budjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo‘yib oylik ish haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. Xozirda budjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar bo‘yicha qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Budjet tashkilotlarida “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida yo‘riqnoma” (O‘z.R AV. tomonidan 1995 yil 20 sentyabrda № 177-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) asosan oylik ish haqiga nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo‘yicha mukofot, moddiy rag‘batlantirish ko‘rinishida sarflanadi.
Budjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar (moddiy rag‘batlantirish va boshqalar) xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga (manbaasi mavjud
bo‘lganda) to‘lanadi. Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to‘lovlar oyiga bir marta hisoblab yoziladi va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi.
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo‘shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar.
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo‘yicha yoki tuzilmaviy bo‘linmalar (bo‘limlar, bo‘linmalar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqalar)ga bo‘lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylasht irilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo‘lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga ko‘ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish xaqi, avans berish uchun to‘lov qaydnomasi bo‘yicha beriladi.
Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lash odatda, T– 49-son shakldagi hisob-kitob to‘lov qaydnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to‘lov qaydnomasiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
Tashkilotda ish xaqi hisoblash to‘lash bo‘yicha ma’lumot olish uchun har bir xodim bo‘yicha 417-son shakldagi kartochka-ma’lumotnomalar yuritiladi.
139
3.Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Hizmat safari harajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida hizmat safari harajatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma (O‘z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda № 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat safarlari “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish Tartibi” (O‘z.R AV. tomonidan 2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga
asosan amalga oshiriladi. Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga mo‘ljallanganligi ko‘rsatilishi kerak) tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldig‘i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |