10-Mavzu Biznes va tadbirkorlikni yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va uni muntazam oshirib borish imkoniyati - Reja:
- 1. Tadbirkorlik ozi nima?
- 2. Yalpi ichki mahsulot.
1.Tadbirkorlik o’zi nima?
Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — «bandlik»), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻull
Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — «bandlik»), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyotdir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi Demak daromad topishga qaratilgan va qonundan chetga chiqmagan holda amalga oshiriladigan har qanday harakat yoki faoliyat bu tadbirkorlik deyiladi. Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan 2.Yalpi ichki mahsulot. - Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi 408,3 trln. soʻmni tashkil etdi.
- Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar boʻyicha tarkibida katta boʻlmagan oʻzgarishlar kuzatildi.
- Jumladan, YAIM tarkibida sanoatning ulushi 29,3 % dan 28,5 % ga, xizmatlar sohasining ulushi 36,5 % dan 36,2 % ga kamaygan boʻlsa, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining ulushi 27,3 % dan 27,9 % ga, qurilish tarmogʻining ulushi 6,9 % dan 7,4 % ga oshdi.
- Ko’rib turganingizdek bu YAHMning viloyatlar kesimida o’sish su’ratlari.
Tadbirkorlikni rivojlantirish - Yurtimizda farovonlik va taraqqiyotga erishish yoʻlida tadbirkorlikni rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlashga muhim eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Zero, faqat shu yoʻl bilan aholi farovonligi oshib, iqtisodiyot yana-da mustahkamlanadi.
- Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 28-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida joylarda tadbirkorga koʻmakdosh boʻladigan, muammosini hal qiladigan korxonalarni sogʻlomlashtirish va xususuylashtirish klinikalari hamda Call-markaz tashkil etish zarurligini taʼkidlagan edi.
- Taʼkidlash joizki tadbirkor faoliyati mobaynida turli toʻsiqlar, muammolar, tushunmovchiliklarga koʻp uchrashi tabiiy. Kredit mablagʻlarining sababsiz kechiktirilishi, subyektga ajratiladigan joy, bino masalasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi, eksport muammolari va hokazo masalalar bilan qiynalib yurgan tadbirkor mana shunday klinikaga kelib, oʻz “dard”iga davo topmoqda.
- Fargʻona viloyatida “Fargʻona tadbirkori – Fargʻonada islohotchi” tajribasi doirasida muayyan natijalarga erishilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini uzluksizligini taʼminlash va eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvvatlash uchun 1 trillion soʻm aylanma mablagʻ uchun kreditlar ajratilmoqda. Xususan, 101 ta tadbirkorga xalqaro moliya institutlarining 210 milliard soʻmlik kreditlari berildi. Joriy yilda 8 mingga yaqin yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
Bugungi kunda sanoat mahsulotlarining 40 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelayotir. Shu o‘rinda, aholi bandligini ta'minlash va xalqimiz daromadlarining o‘sib borishida xususiy tadbirkorlikning tutgan salmog‘i naqadar yuqori ekanligini alohida qayd etish joiz. Ayni vaqtda band aholining qariyb 78 foizi shu sohada mehnat qilmoqda. Natijada, so‘nggi besh yil ichida aholi daromadlari ichida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 47,1 foizdan 52 foizgacha o‘sgani aholi daromadlarining oshishi, odamlarning turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida muhim ahamiyat kasb etib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda sanoat mahsulotlarining 40 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelayotir. Shu o‘rinda, aholi bandligini ta'minlash va xalqimiz daromadlarining o‘sib borishida xususiy tadbirkorlikning tutgan salmog‘i naqadar yuqori ekanligini alohida qayd etish joiz. Ayni vaqtda band aholining qariyb 78 foizi shu sohada mehnat qilmoqda. Natijada, so‘nggi besh yil ichida aholi daromadlari ichida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 47,1 foizdan 52 foizgacha o‘sgani aholi daromadlarining oshishi, odamlarning turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida muhim ahamiyat kasb etib borayotganidan dalolat beradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |