10-Mavzu. Aholi daromadlari va turmush farovonligi
10.1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va
uning ko’rsatkichlari.
10.2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
10.3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Tayanch so’z va iboralar
Aholi daromadlari,Nominal daromad,Ixtiyorida bo’lgan daromad, Real
daromad,Lorens egri chizig’I, Ijtimoiy to’lovlar, Ijtimoiy siyosat.
10.1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va
uning ko’rsatkichlari
Aholi daromadlari ularning ma’lum vaqt davomida (masalan, bir
yilda) pul va natural shaklda olgan barcha daromadlari miqdoridir.
Aholi iste’mol darajasi to’g’ridan-to’g’ri ularning daromadlari darajasiga
bog’liq bo’ladiki, u aholi turmush darajasini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini,
mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli
qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik
buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan pul
mablag’lardan iborat bo’ladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining
o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo’ladi.
Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida
ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan
to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida
bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt davomida pul shaklida
olingan daromad hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma
maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal
daromaddan soliqlar va majburiy to’lovlar miqdoriga kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining
ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar
miqdorini ko’rsatadi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi
va ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Respublikamizda mehnatni rag’batlantirish maqsadida ish haqini oshirish
natijasida aholi daromadlari muttasil o’sib bormoqda. Jumladan, 2016 yilda
aholi umumiy daromadlari 12foizga o’sgan. 2000 yil bilan taqqoslaganda, real
daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko’paydi.
1
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarning asosiy turi
ish haqi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida
o’zining etakchi rolini saqlab qoladi.