6. Flashda Simvollar (Symbol) Simvol bu ishimizni eng osonlashtiruvchi narsa desak xato bo'lmaydi. Nega? Simvol o'zi nima?
Simvol - bu obyektning o'zi, biroq biz biror (chizilgan, import qilingan) obyektni simvol shaklida saqlasak, filmning istalgan joyida shu simvoldan ko'p marotaba foydalanishimiz mumkin. Bu bilan nafaqat qulaylikka, balki fayl hajmi qisqarishiga ham erishishimiz mumkin. Chunki simvoldan har bir foydalanganimizda Flash undan nusxa olmaydi, balki shu simvolga yorliq (ярлык, link) qo'yadi. Simvollar uch xil bo'ladi:
1) Grafik (Graphic) - bu statik holdagi obyekt bo'lishi mumkin.
2) Tugma (Button) - Tugma, ya'ni bosilganda (ustidan kursor o'tganda, va h.k.) ma'lum amal bajariladigan obyekt.
3) Film klipcha (Movie clip) - bu film ichidagi film. Movie clip uchun alohida vaqt shkalasi (timeline) bo'ladi. Demakki, unda qahramonimiz, fonimiz va boshqalarning dinamik (harakatdagi) shaklini yaratib, filmimizda undan ko'p marta foydalanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |