10-ma’ruza: O‘tqazishlarni tanlash usullari. Tirqishli o‘tqazishlarni hisoblash va tanlash Reja



Download 107,08 Kb.
bet1/5
Sana30.03.2022
Hajmi107,08 Kb.
#517087
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-maruza


10-ma’ruza: O‘TQAZISHLARNI TANLASH USULLARI. Tirqishli o‘tqazishlarni hisoblash va tanlash
Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Tirqishli o‘tqazishlarni hisoblash va tanlash.



Tayanch iboralar: tirqishli o‘tqazishlar, taranglikli o‘tqazishlar, oraliq o‘tqazishlar, kafolatli o‘tqazishlar, selektiv yig‘ish.


10.1. Umumiy ma’lumotlar
Qo‘zg'aluvchan va qo‘zg'almas birkmalarda turli o‘tqazishlarni tanlashni oldindan hisoblash, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish yoki aynan o‘xshash, ya'ni ishlash sharoiti ma'lum bo‘lgan birikmalarga qiyoslash asosida amalga oshirish mumkin.
Наг qanday mashinaning puxtaligi va ishlash muddatining uzoqligi o‘tqazishlarning qanchalik to‘g'ri tanlanganishiga bog'liq. Hozirgi paytda mashinalarga foydalanish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar o‘tqazishlarni to‘g'ri tanlashga yuqori talablarni quyadi yoki tahlil qilmasdan o‘xshatish usuli bilan tanlashga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ma'qul qo‘zg'aluvchanlik darajasidan salgina chetga chiqish (ya’ni og‘ishish) mashina va mexanizmning uzoq muddat ishlashiga salbiy ta'sir ko‘rsatar ekan. Yuqori aniqlik darajalaridagi birikmalarni tavsiya etish asoslangan bo‘lishi lozm, aks holda mashina va mexanizmlarning tannarxini oshib ketishiga, past darajalaridagi esa ularning ishlash qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Qo‘zg'aluvchan o‘tqazishlarni tanlash bilan bog'liq hisoblarda, masalan, sapfaning sirpanish podshipnigi bilan birikmasida o‘tqazishlarni hisoblash gidrodinamik ishqalanish nazariyasi asosida amalga oshiriladi va moyli ishqalanishni ta'minlash uchun zarur tirqishni aniqlash bilan yakunlanadi. Boshqa holatlarda tirqishlar detallarni qarshiliksiz yig'ishni ta'minlash uchun sirtlarning shakl va joylashishidan og'ishlarini kompensatsiyalash sharti bilan hisoblanishi mumkin. Detallarning aniq siljishi zarurligini ta'minlash yoki ularning o‘zaro joylashishini o‘rnashtirish shartlariga asosan ham hisoblash mumkin.
Qo‘zg'almas birikmalarga o‘tqazishlarni tanlash bilan bog'liq hisoblar birikmaning mustahkamligini, birikuvchi detallarning kuchlanishini va deformatsiyasini, hamda presslab o‘rnatish va ajratish kuchlarini aniqlashga qaratiladi.
U yoki bu hisoblar natijasida yo‘l qo‘yilgan eng katta va eng kichik qiymatdagi hisobli tirqishlar (Sx.max), (Sx.min) yoki hisobli tarangliklarni (Nx.max), (Nx.min) olish zarur.



    1. Download 107,08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish