10-ma’ruza. Mahsulotning ishonchlilik ko’rsatkichlari. Reja


Mahsulot ishonchliligini oshirish



Download 97,5 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi97,5 Kb.
#456860
1   2
Bog'liq
10-маъруза

10.2. Mahsulot ishonchliligini oshirish.

Har qanday mahsulotni ishlash davri 3 ga bo‘linadi.


1. Boshlang‘ich davri (elemetrlarning ko‘p sonli ishdan chiqish, bunda kamroq ishonchlilikka ega bo‘lganlari buziladi, Ya’ni ishlab chiqarishdagi yig‘ish va montaj vaqtida berkingan xatoliklar namoyon bo‘ladi). Shu sababli boshlang‘ich davrni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunga erishish uchun mahsulotni uzoq vaqt ishlatib keyin yig‘ish va montajga yuboriladi.
2. Me’yoriy ishlash davri. Bu davr uzoq davom etadi. Bunda sinash jarayoni tugallangan bo‘lib, eskirish jarayoni esa boshlanmagan bo‘ladi:
3. Eskirish davri.
Ilm va fanning yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonidan foydalanish mahsulotlarni ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishi kompleks avtomatlashtirishdir. Bunda mahsulot ishlab chiqarishning barcha jarayonlari avtomatlashtiriladi (xomaki ishlab chiqarish, detallarni tayyorlash, mahsulotni yig‘ish, nazorat qilish va boshqalar). Sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari chiqarilayotgan mahsulotlarning ishonliligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu xizmat xodimlari ishonchlilikni nazorat va amaliy masalalarini yaxshi bilishlari, ishlash usullari va sinash usullari natijalarini baholashni bilishlari kerak. Bu tadbirlarni to‘g‘ri bajarilishi texnologik jarayondagi kamchiliklar, loyihalashtirishdagi xotolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Mahsulot ishonchliligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar iqtisodiy effektni oshirish va jamoalar mehnat samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladi.


10.1-rasm. Mahsulotlarni buzilish intensivligini vaqtga bog‘liqlik grafigi.
Qurilmalarning ishonchliligini oshirishga ko‘pincha qo‘shimcha harajatlarsiz erishiladi. Elektron texnikasida mikrominiatyur elementlarni qo‘llanilishi ishonchlilikni oshirishga va narxni arzonlashishiga olib keladi. Ko‘p hollarda mahsulot ishonchliligini oshirish loyihalashtirish, tayyorlash va foydalanish harajatlarini oshib ketishiga sabab ham bo‘ladi. Shu sababli mahsulot ishonchliligini oshirish uchun o‘tkazilgan tadbirlar iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak.
Mahsulot ishonchliligini oshirish uchun Yuqori ko‘rsatkichli variantlarni tanlab olish qo‘shimcha xarajatlarni aniqlash ularni ishlatishdagi (foydalanishdagi) iqtisodi bilan taqqoslash va ishonchlilikni iqtisodiy optimal ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish kerak. Yuqori ishonchlilikka ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish va ulardan foydalanishda iqtisodga erishish, brak mahsulotlarni kamaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Mahsulotlarni ishonchliligini oshirishni ta’minlash uchun o‘tkaziladigan tadbirlarni iqtisodiy baholash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

  1. Mahsulot ishonchliligini oshirishni haqiqiy aniqlash.

  2. Yuqori ishonchlilikka ega mahsulot yaratish uchun kerak bo‘lgan bir marotabali va har kungi o‘lchov kattaliklariga ketadigan xarajatlarni hisoblash va mahsulot ishonchliligini oshirish uchun xarajatlar hisobi.

  3. Yuqori ishonchlilikka ega mahsulotlarni yaratish va xalq xo‘jaligiga qo‘llanilishidagi iqtisodiy effektni aniqlash.

  4. Effektivlik hisobi va ishonchlilikni optimal iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tanlash.

Mahsulotni optimal buzilmasligi Ropt sifatida tenglamalar ildizlarining musbat qiymatlaridan foydalaniladi. Tenglamadan Shuni ko‘rish mumkinki, mahsulotni yartish narxi qiymati va ishlatilish narxi K=1 bo‘lganda, optimal buzilmay ishlashi Ropt=0,5 bo‘ladi.
Odatda yaratilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish uchun maxsus choralar ko‘rilmaganda ham 0,5 dan ortiq buzilmay ishlashga ega.
Shu sababli ko‘rilayotgan holat uchun buzilmay ishlashning optimal qiymatiga yaqinlanish darajasi haqida ham gapirishimiz kerak.


10.2-rasm. Mahsulot tayyorlash va ishlatish narxi S ni buzilmay ishlash extimolligi r(t) ga bog‘liqligi
Rasmdan Shuni ko‘rish mumkinki, loyihalashtirish narxi qancha katta bo‘lsa talab qilinayotgan buzilmay ishlash qiymati Shuncha katta bo‘ladi. Ideal buzilmay ishlashga ega mahsulot uchun cheksiz xarajatlar kerak bo‘ladi. Mahsulot buzilmay ishlashi qancha katta bo‘lsa, ishlatilish harajatlari S2 Shuncha kichik bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki buzilmay ishlashning optimal qiymati bor. U loyihalashtirish minimal narxini ta’minlaydi. Oddiy holatlar uchun mahsulot ishonchliligi effektivligi E bo‘ladi.

E=C10/(I-P)+C21/P


bu erda, R- mahsulot buzilmay ishlash extimolligi, S10-loyihalashtirish va tayyorlash narxi R=0 bo‘lsa, S21-R=1 bo‘lganda ishlatish narxi.
Mahsulot buzilmay ishlashi qiymati quyidagi tenglama orqali topiladi:
(K-1)R2+ 2P-1=0, bunda K=S10/C21-
Ishonchlilik ko‘rsatkichlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:

  1. Elektron qurilmalarni buzilmaslik tavsiflarini hisoblash uchun ishonchlilik ko‘rsatkichlari;

  2. Uzoq muddat xizmat qilishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar;

  3. Saqlanish va ta’mirlanishga layoqatlilikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;

  4. Mahsulotni buzilmasligi va ta’mirlanishga layoqatliligini tavsiflovchi kompleks ko‘rsatkichlar.



Nazorat uchun savollar.

  1. Ishonchlilik deb nimaga aytiladi?

  2. Buzilish deb nimaga aytiladi?

  3. Texnik hujjatlar bilan aniqlanuvchi, parametrlarni birortasiga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulot holati qanday?

  4. Ishonchlilik fanini boshqa fanlar bilan aloqasini ko‘rsating.

  5. Mahsulotning eng ko‘p ishlash davri qaysi?

  6. Berilgan sharoitlarda ma’lum vaqt oralig‘ida tizimni ishlash hususiyatini saqlash – bu ... ?

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish