10 - MA’RUZA
IT lardan foydalanishda chegaralanish
Reja:
10.1. IT lardan foydalanish rejimlari tartibi umumiy
harakteristikasi.
10.2. IT lardagi chegaralanishlar.
10.1.IT lardan foydalanish rejimlari tartibi
va umumiy harakteristikasi.
Таянч сўзлар: Билимлар омбори, эксперт система, ЭС лардаги чегараланиш-лар, ЭС лардан фойдала-ниш, ЭС ютуқлари, ЭС вазифаси, экспертиза сеанси, когнитив масалалар, предмет соҳа, билимларга асосланган система.
Sun’iy intellekt sistemasida IT keng tarqalgan va ko‘p ishlatilayotgan sistemadir. IT ni birinchi xususiyati, uni sun’iy intellekt, matematika, programmamlashtirish, logika fanlaridan uzoq bo‘lgan kishilar uchun ham yozilganligidadir. Bu kabi kishilar uchun IT ularga kunlik ishlarida yordam beradi.
Kishilarni IT bilan muloqoti har kuni televizor yoki kir yuvish mashinasiga yoki avtomashina bilan qanday bo‘lsa, shunday bo‘lishi kerak.
Муаммо
ИТ лардан қандай мақсадларда фойдаланилади?
IT foydalanuvchiga nima beradi? Bizga ma’lumki, ma’lum bir sohadagi yuqori malakali mutaxassis, vrach yoki olimdan, endigina shu o‘rganmoqchi bo‘lgan mutaxassisni farqi juda katta. Bu kabi sohani kishilarni malakasini oshirib, ular darajasiga olib borish masalasi, bu- juda qiyin sotsial masaladir.
Bu masalani yechish uchun, mutaxassis-ekspertlarni jalb qilish kerak bo‘ladi. Bu IT ni yaratishni asosiy qismidir. IT o‘z nomi bilan aniq bo‘lib turibdiki, u juda katta bilimlar bazasiga ega bo‘lgan sistemadir.
U faqat o‘zidagi bilimlarni saqlab qolmay, boshqalarga ham beradi. Amalda IT xuddi, maslahatchi- sistema ko‘rinishida ishlatiladi, qachonki, mutaxassis biror masalada qiynalsa, yoki biror yechim qabul qilishga shubxalansa.
IT da saqlanayotgan bilimlar, foydalanuvchinikiga nisbatan to‘liqroq, chuqurror va ishonchliroq bo‘ladi. IT sistemasidan foydalanishni yana boshqa xollari ham bo‘lishi mumkin.
IT quyidagi asosiy kamponentlardan tashkil topgan bo‘ladi: yechuvchi (interpretator), ishchi xotira (IX), ma’lumotlar bazasi (MB), bilimlar bazasi (BB), bilimlarni o‘zlashtirish komponentlari tushuntiruvchi va o‘zaro muloqot qiluvchi komponentlar.
IT ni tuzilishi.
Ma’lumotlar bazasi berilgan masalani yechish payitida kerak bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bilimlar bazasi yechilayotgan masalalar ishlatiladigan fakt va qoidalarni uzoq saqlash uchun ishlatiladi yechuvchi (interpretator) ishchi xotiradagi va bilimlar bazasidan foydalanib, qoidalarni shunday ketma- ketligini yaratadiki, natijada tushuntiruvchi komponent masalani yechish davomida yechimga qanday kelgan ishlarni tushintiradi. O‘zaro muloqot kamponentasi IT bilan foydalanuvchi o‘rtasida do‘stona muloqot rejimini o‘rnatadi.
Rasm. 10.1. IT ni tuzilishi.
10.2. IT lardagi chegaralanishlar.
Xatto, xozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan Intellektual tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma’lum chegaralanishga ega.
1 Ko‘pchilik IT foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu sistemalar bilan avvaldan ishlagan bo‘lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelshingiz mumkin. Ko‘pchilik sistemalar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2 Odatda bu sistemalarda ko‘llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN sistemasidan foydalanmagan vrach, sistemadan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo‘lishi mumkin (ko‘pgina xollarda shunday bo‘ladi).
3 Ekspertiza seansidan keyin sistemani ishlata bilish darajasi o‘zgarmaydi.
4 Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko‘rinishga keltirish xaligacha muammoligicha qolmoqda.
5 IT larni o‘qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugini maxsus o‘rgatmasdan oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to‘ka olmasligi tabiiy xoldir, lekin kompyuter klaviaturasiga kofeni to‘ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga “aqli” yetmasligi aniqdir.
6 IT larni katta predmet sohada ko‘llab bo‘lmaydi. Ulardan foydalanishda ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo‘lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7 Ekspertlar bo‘lmagan soha (masalan astrologiya) da IT lardan foydalanib bo‘lmaydi.
8 IT larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi IT uchun predmet soha bo‘la olmaydi, lekin bu sistemalarni futbol komandalarini taxrirlashda ishlatish mumkin.
9 Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o‘xshash masala bo‘lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
YEchimni ming xil xodisa va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lsa, bilimlarga asoslangan sistemalar to‘liq analiz uchun yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma’lumotlar bazasi interfeysini ishlatgani ma’quldir.
Nazorat savollari
1. Nima uchun IT larni o‘qitish mumkin emas?
2. IT larni ekspert insonlardan farqi nimada?
3. IT larni ishonchliligi nimada?
4. EClardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
5. MYCIN sistemasini vazifasi.
6. Qaysi sohalarda ITlarni qo‘llab bo‘lmaydi,
7. Qanday masalalarga kognitiv masalalar deyiladi?
8. EClarni yutui nimada?
9. ITlarni shovqinga bardoshi qanday?
10. ITlar qanday xulosa chiqaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |