8-bosqich. O‘lcham chiziqlari va shartli belgilarni qo‘yish
Sirtlarni xarakterini aniqlovchi o‘lcham va chiqarish chiziqlari, shartli belgilar
(diametr, radius, kvadrat, konuslik, qiyalik, rezba turlari va boshqalar) 2.307-68 DS
qoidalariga asosan bajariladi (10.3,
v
-rasm).
a)
b)
v)
g)
10.3-rasm
9-bosqich. O‘lcham sonlarini qo‘yish
Detal elementlarini o‘lchov asboblari yordamida o‘lchab o‘lcham chiziqlari ustiga
o‘lcham sonlari qo‘yiladi. Agar detal elementlarida rezba ochilgan bo‘lsa, uni
parametrlari va rezbani belgilanishi qo‘yiladi (9.3,
g
-rasm).
10-bosqich. Eskizni taxt qilish
Detalning eskizi chizilgandan so‘ng asosiy yozuv to‘ldiriladi. Kerak bo‘lgan
hollarda o‘lchamlardagi chetga chiqishlar, sirtlarning rasmi, joylashishi, texnik
talablar hamda tushuntirish yozuvlari haqida ma’lumotlar beriladi. So‘ngra eskiz
oxirgi marta ko‘zdan kechirilib tekshiriladi va kamchiliklari tuzatiladi.
10.2 Detalning eskizi bo`yicha uning ishchi chizmasini bajarish
Detalning ish chizmasi deb, detalni tayyorlash va nazorati uchun yetarli tasvirlari
va boshqa ma’lumotlardan iborat chizmaga aytiladi. Ma’lumotlarga o‘lchamlar,
shartli belgilar, yozuvlar, jadvallar va boshqalar kiradi.
Shunday qilib chizma grafik qismdan tashqari matn qismini ham o‘z ichiga oladi.
10.4-rasm
Ish chizmalarini tayyorlash
10.4-rasmlda o‘quv chizmasini A4 formatga, 1.2-rasmlda esa A3 formatga
joylashtirish ko‘rsatilgan.
Chizma qog‘ozida detalni tasvirlari va g‘adir-budurliklarini ko‘rsatuvchi yetarli
belgilardan tashqari, asosiy yozuv, texnikaviy talablar (asosiy yozuv ustida), g‘adir-
budurlik belgisi (yuqorida o‘ng burchakda), chizmani burilgan belgisi (yuqorida
chap burchakda); detalni tasvirini ifodalovchi omillar jadvali (tishli g‘ildiraklar va
shlisali buyumlarda) ham keltiriladi. Detalning tasvirlar soni va mazmuni detalning
rasmli va o‘lchamlari haqida to‘liq ma’lumot berishi kerak.
Chizmadagi yozuvlar
Chizmalardagi yozuvlarni, texnik talablar va jadvallarni joylashtirish qoidalari
2.316-97 DS da bayon qilingan. Agar chizmada detalni grafikaviy va shartli belgilari
to‘liq ifoda etilmagan taqdirda ko‘pincha yozuvlar, jadvallar va matn qismlari
kiritiladi. Yozuv matni aniq va qisqa qilib chizmaning asosiy yozuvi ustiga yoziladi.
«Texnik talablar» degan yozuv yozilmaydi. Texnik talablardagi bandlar ketma-ket
raqamlanib 2.316-68 DS tavsiyalariga asosan yoziladi. Tasvirlarga oid yozuvlar ikki
qatordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ularni yozilishi va joylashtirilishi 10.5-rasmlda
ko‘rsatilgan. Asosiy yozuv O‘zDS 2.304-97 dagi «Ish chizmalariga qo‘yiladigan
asosiy talablar» ga asosan to‘ldiriladi.
10.5 -rasm