markaziy proyeksiyalash qoidalariga asosan jismning o‘lchamlarini ko‘zda
chamalab nisbatlarini saqlagan holda, qo‘lda bajarilgan yaqqol tasvirdir, lekin
chiziladigan texnikaviy rasmlarni ishlatamiz. Texnikaviy rasm chizish badiiy rasm
chizishga qaraganda oddiy va qulay bo‘lib, jismning rasmi, o‘lchamlari va umuman,
jism haqida to‘la ma’lumot beradi. Texnikaviy rasm chizishda jismning tuzilishi
haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida uni qirqib tasvirlash va talab
Texnikaviy rasm yordamida yangi loyihalanayotgan detal, yoki buyumning tez
tasvirlash, ikki proyeksiya yordamida buyumning texnikaviy rasmini chizib,
noma’lum proyeksiyasini aniqlash, qirqim yoki kesimlarini chizish mumkin.
Eskiz va texnikaviy rasmlar A3(297x210) yoki A4(297x420) formatlarda chiziladi.
Ramka va asosiy yozuv grafalarining chiziqlarini ham qo‘lda chizishga harakat
qilish kerak. Aylana va ellipslarni chizish qiyin bo‘lishiga qaramay, texnikaviy rasm
chizishda sirkul va lekalolardan foydalanish mumkin emas. Faqat aksonometrik
proyeksiya o‘qlarining yo‘nalishini belgilab olishda, soyalash qiyin bo‘lgandagina
uchburchakliklar yoki chizg‘ichlardan foydalanishga ruxsat etiladi, chunki
texnikaviy rasm chizishning asosiy xususiyatlaridan biri rasm va chizma chizish
usullarini birga tatbiq etishdan iborat.
Texnikaviy rasmlarni chizish uchun nasraning rasmi haqida asosiy tushunchalarga
ega bo‘lish kerak. Bunda asosan narsaning tashqi ko‘rinishi va xossalariga ahamiyat
berish zarur. Jismning rasmi va o‘lchamlari uning geometrik xossasi, rangi, og‘irligi,
qattiq yoki yumshoqligi va boshqalar jismning fizikaviy xossalari bo‘ladi. Biz
asosan jismning geometrik xossalarini o‘rganamiz. Ma’lumki, har qanday buyum
uzellar, detallar va geometrik sirtlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Demak, har
qanday detalning tuzilishini
o‘rganish uchun uni qanday goemetrik sirtlarning
birikmasidan tashkil topganligini bilish muhim. Bunda chizmani, eskizni, texnikaviy
rasmni tez va oson bajarish mumkin bo‘ladi.
Badiiy rasm, asosan, kuzatish va tasavvur qilish bilan bajariladi. Narsaning
ko‘rinishi bilan haqiqiy rasmi o‘rtasida katta farq bor. Shuning uchun texnikaviy
rasm bajarishda predmet qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, uning haqiqiy rasmi
tasvirlanadi. Bunday tasvirlash tasviriy rasm yoki narsani tasviri deb ataladi.
9.1-rasm, a da markaziy (perspiktiva), 10.1-rasm, b da aksonometrik
proyeksiyalash qoidasiga binoan bajarilgan texnikaviy rasmlar tasvirlangan
Do'stlaringiz bilan baham: