AUDIO FAYLLAR - Odatda audio fayllar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin bo’ladi.
AUDIO FAYLLAR - WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
- AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati.
- MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo’llaniladi.
AUDIO VA VIDEO FAYLLAR - MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan.
- MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format.
- IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format.
- AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi.
- RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format.
Windows muhitida ovozlarni yozish - Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida keltirilgan kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni yozish kerak bo’ladi. Masalan, Windows muhitida ovozlarni yozishda o’zining standart dasturidan foydalanish mumkin. Uni “Пуск” - “Все программы” - “Стандартные” - “Звукозапись” ketma - ketlikni bajarib ishga tushiriladi.
- Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish kerak bo’ladi. Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun mikrofon qurilmasidan foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda uning mikrofoni o’zida joylashgandir. Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib bo’lingandan so’ng rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |