Virusga qarshi himoyaning maxsus gumoral omillari
Agar viruslar tabiiy himoya to‘siqlarini enga olsa maxsus immun javob yuzaga keladi, ya’ni hujayraviy immun javob omillari va maxsus virusga qarshi antitelolarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Maxsus antitelo
Virusga qarshi immunitetning gumoral mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin va u viruslarning lokalizatsiyasiga - hujayradan tashqarida yoki hujayra ichida joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Virusga qarshi himoyada asosiy o‘rinni IgG, IgM, IgA sinfi immunoglobulinlari egallaydi.
4-jadval
Antitelolarning virusga qarshi ta’siri
( A.Royt, J. Brostoff, D. Meyl, 2000 y. )
Nishon
|
Agent
|
Mexanizm
|
Erkin virus
|
1. Komplementsiz antitelo
|
Hujayra bilan bog‘lanishi, hujayraga kirishi va virusni echinishi ga to‘sqinlik qiladi
|
2. Antitelo+komplement
|
Murakkab viruslar virion qobig‘ini jarohatlaydi, viruslarga sezgir hujayraviy retseptorlarni bloklaydi
|
Viruslardan zararlangan hujayralar
|
1. Antitelo+komplement
|
Zararlangan hujayralar lizisi, fagotsitoz uchun virus qismlari yoki zararlangan hujayralarning opsonizatsiyasi
|
2. Zararlangan hujayralar bilan bog‘langan antitelolar
|
Bilvosita MK, makrofag va neytrofillar bilan kechadigan antiteloga bog‘liq sitotoksik reaksiya
|
Hujayradan tashqari virusga (virion) antitelolar quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi (4-jadval):
1. Maxsus antitelolar erkin virus qismlaridagi biriktiruvchi oqsillarning oraliq blokadasini amalga oshirishga qodir. Bu jarayon natijasida virionning hujayraviy retseptorlarga bog‘lanishi buziladi. Virion yuzasida biriktiruvchi oqsillarning nusxalari ko‘p bo‘lganligi uchun, bunday neytralizatsiyada virionning bittadan ortiq antitelo molekulasi bilan bog‘lanishi talab qilinadi. Virusni neytrallovchi maxsus antitelolarning yuqori konsentratsiyasi virusni yangi hujayra va to‘qimaga kirishi va zararlashini oldini oladi, shuningdek, aksincha, viruslar etarli miqdorda bo‘lmagan antitelolar bilan bog‘langanda hujayraga birikishi va infeksion jarayonni chaqirishi mumkin.
2. Murakkab tuzilgan viruslarning neytralizatsiyasida antitelolardan tashqari komplement tizimining ham qatnashishi talab etiladi. Virion bilan antitelo o‘rtasidagi tuzilmaning (kompleksning) shakllanishi klassik yo‘l bo‘yicha komplement tizimini faollaydi. Natijada memranaga hujum qiluvchi kompleks paydo bo‘lib, virus superkapsidining buzilishi hamda virionning qaytmas destruksiyasi kuzatiladi.
3. Virus qismlari bilan bog‘langan antitelo darhol virusni qamrab olib, uni yo‘qotishga olib keladigan fagotsitozni kuchaytiradi.
Hujayra ichi viruslari bilan kurash boshqa mexanizmlar yordamida kechadi:
Antitelo komplement tizimini faollab, viruslardan zararlangan hujayraning buzilishini keltirib chiqaradi. Komplementning faollashuvi natijasida membranaga hujum qiluvchi kompleksning shakllanishi va zararlangan hujayraning lizisi kuzatiladi. Bu komplementga bog‘liq sitoliz faqat hujayra membranasiga virus antigenlarining yuqori ekspressiyasida sodir bo‘ladi.
Virus antigenlarining yuqori bo‘lmagan ekspressiyasida eng samarali himoya mexanizmi bo‘lib antiteloga bog‘liq hujayraviy sitotoksiklik hisoblanadi. Virus antigenlari bo‘lgan bunday hujayralar immunoglobulinlar bilan bog‘lanadi.
Keyingi bosqich antitelo yuklangan (ortilgan) hujayralar bilan Ig ning G‘s qismi orqali sitotoksik hujayralar – me’yoriy killerlar, makrofaglar yoki neytrofillarning bog‘lanishi hisoblanadi. Natijada sitotoksik hujayralar perforin ishlab chiqaradi va nishon-hujayra tezda parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |