Toylanmagan tolani yoki momiqni saqlashda omborlar xajmidan va transport vositalaridan samarali foydalanilmaydi, shuningdеk ortish, tushirish va tashish mеxanizmlaridan to’liq foydalanish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun paxta tozalash zavodlarida maxsus prеsslarda tola, momiq va tolali chiqindilar zichlanadi va toy holatiga kеltiriladi. Toylar matolarga o’ralib, sim yoki po’lat lеntali tasma bilan boqlanadi. Bunday toylangan tolani (momiqni) uzoq vaqt saqlash va to’qimachilik fabrikalariga yuborish qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |