Ishning nazariy asoslari: Go’ng tarkibidagi ammiak shakldagi azot miqdori o’ta muhiim ko’rsatkich bo’lib, tuproqda solingandan keyin birinchi yil ekilgan ekinga go’ngning qanday ta’sir etishi tarkibidagi ammiakli azot miqdoriga bog’liq. N-n=NH4 ning miqdori shuningdek, go’ngning parchalanish darajasini belgilovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Ammiak go’ngdan xlorid kislota eritmasi yordamida siqib chiqariladi va shu kislota yordamida bog’lanadi:
NH3 + HCI = NH4C1
NCl ning kichik konstentrastiyali eritmasi go’ngning organik 1-qismini parchalamaydi va shu sababdan aniq natijalar olinadi.
So’rimga Nssler peaktivi-(K2(HgI4) qo’shilganda sariq tusli yodli merkurammoniy hosil buladi:
NH4Cl+4KOH+2K2(HgI4) =Hg(OH)2-(NH2)I+7KI+KCl+3H2O
FEK da eritmaning konstentrastiyasi aniqlanadi va uni qiyosiy eritma konstentrastiyasiga taqqoslash asosida N-NR^ ning miqdori hisoblab topiladi. Tahlilga Mg, Sya va boshqa nonlar halaqit bermasligi uchun eritmaga Segnet tuzi eritmsi qo’shiladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Go’ng namunasi maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Soat oynasi yoki chinni kosacha da 25 g atrofida go’ng tortib olinadi va filtr qog’ozga o’rab 1 l sig’mli, keng bo’g’izli kolbaga solinadi (idishga yopishgan go’ng ham filtr qog’oe bilan artib olinadi va kolba ichiga tashlanadi). Ustiga 500 ml 0,05 n li xlorid kislota eritmasi (1-reaktiv) quyiladi, 30 daqiqa rotatorda chayqatiladi va filtrlanadi. Filtratning ilk tomchilari loyqa bo’lgani bois tashlab yuboriladi yoki filtrga qaytarib quyiladi. 250 ml sig’imli o’lchov kolbasiga (filtrat dan 10 ml olib, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi Undan 100 ml sig’imli o’lchov kolbasiga 25 ml olinadi va ustiga 25 % li Segnet tuzi eritmasidan (2-reaktiv) 4 ml qo’shiladi va xajmi distillangan suv bilan 80-90 ml ga etkaziladi, So’ngra 4 ml Nessler reaktivi (3-reaktiv) qo’shib, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi (Agar Segnet tuzi eritmasi ta’sirida eritma tiniqlashmasa, cho’ktirilgan filtratdan stilindrga 100 ml olib, ustiga 1 ml cho’ktiruvchi aralashma qo’shiladi va 12 soatdan keyin sifon yordamida 25 ml olib, tahlil davom ettiriladi).
Tahlil bilan bir paytda qiyosiy eritmalar shkalasi tayyorlanadi. Buning uchun etalon eritmadan (4-reaktiv) 100 ml sig’imli kolbalarga 10, 20, 25 ml miqdorda olinadi va ustiga 4 ml dan Nessler reaktivi qo’shib (Segnet tuzi qo’shilmaydi), o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi va yaxshilab chayqatiladi.
Oradan 15 daqiqa o’ttach, eritmalarning optik zichligi FEKda, 430-450 nm to’lqin uzunligida ko’riladi. Absstissalar o’qiga azot miqdori (m/g/100 ml), ordinatalar o’qiga esa FEKning ko’rsatishini qo’yib kalibr egri chizigi chiziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |