Antiglobalistlar faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
Ko’pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o‗z o’tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda , insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fantexnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning yangi to‗lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‗lqin ta‘sirida paydo bo‗lgan g‗oyalar «aksiliste‘mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o’rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo‗lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo‗yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‗oyasi ham shubha ostiga olindi. O’z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‗riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo‗ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‗xtatish» taklif qilindi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |