10-AMALIY MASHG’ULOT. SbookBuilder,Courslab dasturlari bilan ishlash
Mashg’ulotining maqsadi:
MyTest va CourseLab dasturlarida ishlash to’g’risida
nazariy bilim olish va amaliyotda qo’llash.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha bayon
MyTest yordamida test yaratish va uni sozlash, test jarayonini o’tkazish, tarmoqda
sozlash, natijalarni olish va tahrirlash.
Course Lab dasturi yordamida elektron darslik yaratish asoslarini o’rgatish
CourseLab - bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo’lgan, internet
tarmog’ida masofaviy ta’lim
tizimida, kompakt disk yoki boshqa tashuvchilarda foydalanishga
mo’ljallangan interaktiv o’quv materiallari (elektron kurslar) ni yaratish vositasidir.
CourseLabning imkoniyatlari:
WYSIWYG
– prinstipi asosida o’quv materiallarini yaratish va taxrirlash,
―Nima ko’rsangiz natija shunday bo’ladi;
O’quv materiali muallifidan ingliz yoki qanakadir bir dasturlash tilini bilish talab
qilinmaydi;
Ob’ektli yondoshish – amalda har qanday murakkab bo’lgan o’quv materiallarini
bolalar kubiklaridek oson tuzishga imkon yaratadi;
Sstenariylardan foydalanish murakkab ko’p ob’ektli o’zaro bog’likliklarni ancha
soddalashtirish imkonini beradi;
Mexanizm o’z ichiga test tuzishni ham oladi;
Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ochiq kodli
interfeys va shablonlar
kutubxonasini oson kengaytirishga imkon beradi;
Kursga Macromedia® Flash®, Shockwave®, Java®, turli xil formatdagi
videolardan iborat bo’lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyatining borligi;
Tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizastiyalash oddiy
mexanizmining mavjudligi;
Microsoft® PowerPoint® formatidagi taqdimotli o’quv materialini import qilish
imkoniyati;
Xarakatlarni tavsiflashning oddiy tili;
Tahrirlagich tajribali foydalanuvchining to’g’ridan to’g’ri
JavaScript ning
qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi;
Elektron o’quv kursini namoyish qilishda JavaScript ning mavjudligini talab
qilmaydi.
Yangi loyihani yaratish fayl menyusi yordamida yoki bosh sahifadan yangi loyiha
oynasini ochish orqali amalga oshiriladi.
Fayl menyusi orqali
Файл – >Создать – >Kурс 2-rasmda ko’rsatilgan.
Yangi loyiha oynasida loyiha nomi, shablonlarini tanlash
va qaerga saqlanishini
ko’rsatish kerak.
Biz kerakli oynalarga ma’lumotlarni kiritamiz va Далее tugmasini bosamiz. Natijada
quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynada ma’qul topilgan shablon olinadi. Далее tugmasini bosamiz va 4–rasmdagi
oyna ochiladi. Ochilgan oynada loyihaning xususiyatlari ko’rsatiladi, Готова tugmasini bosamiz.
Avvalo biz yaratayotgan dasturimizning ―masterini tayyorlaymiz.
Courselab tizimida tayyorlangan kursni MOODLE tizimiga o’rnatish mumkin (CDO
formatida).
Dasturiy ta’minotni yaratishda qo’llanilgan tizimda quyidagi imkoniyatlar jamlangan:
o’quv materiallarini yaratish va taxrirlash, nima ko’rinsa, natijada shunga ega bo’ladi; O’quv
materiali muallifidan bir dasturlash
tili talab qilinmaydi; ob’ektli yondoshish – amalda har
qanday murakkab bo’lgan o’quv materiallarini bolalar kubikidek oson tuzishga imkon yaratadi;
Courselab instrumental tizimi asosida o’quv-metodik majmualarni yaratish qulay va maqsadga
muvofiqdir. Ta’lim jarayonini individuallashtirish va differenstiyalash, talabaning o’quv
faoliyatini o’zi nazorat qilishini to’ g’ri yo’naltirish, kompyuterning
hisoblash imkoniyatlaridan
foydalanish tufayli o’quv vaqtini tejash, o’quv materiallarini vizuallashtirish, hodisa va
jarayonlarni
modellashtirish, ularni imitastiya qilishi, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror
qabul qilish malakasini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi.
Tahrirlash oynasi. «Yangi kurs» masteri tugallanishi bilan tahrirlash oynasi quyidagicha
ko’rinishga ega bo’ladi.
Tahrirlash oynasi har biri muayyan topshiriqni bajarish uchun xizmat qiladigan
panellarga bo’lingan.
«Kurs» paneli
Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs» panelida o’quv
kursining mundarijasi ko’rsatiladi. O’quv kursi masofaviy ta’lim tizimida
ochilganda huddi shu
mundarija ko’rinadi. Mundarija kurs nomi, bo’limlar va modullar nomlaridan tuzilgan bo’ladi.
«Kurs» panelidagi kontekstli menyudan modul hosil qilish masturini ishga tushirish, yangi
bo’lim hosil qilish, mundarija elementlarini nomlash va ochish mumkin.