Xlorangidridlardan efirlar olish. Xlorangidridlardan karbon kisloata efirlari olish juda kam qo'llaniladi, chunki ular juda qimmat moddalar hisoblanadi. Bundan farqli ravishda ko'mir kislota efirlari (karbonatlar) va fosfat kislota efirlari asosan xlorangidridlar asosida sintez qilinadi, chunki tegishli kislota eterifikatsiya reaksiyasiga kirishmaydi.
Xlorkabonatlar va karbonatlar sintezi. Ushbu efirlari fosgendan COCl2 olinadi, u ko'mir kislota xlorangidridi hisoblanadi (oddiy sharoitda u gaz, +8 °C suyuqlikka aylanadi). Katalizator ishtirok etmaganda, xlor atomini alkoksi-guruhiga almashinishi bilan reaksiya sodir bo'ladi. Unda ikkala xlor atomi ham almashinish xususiyatiga ega, lekin ularning birinchisi tez, ikkinchisi esa undan sekinroq almashinadi. Bu esa ancha temperatura va reagentlarni 1:1 nisbatida xlor ko'mir kislota efirini yuqori chiqim bilan olish imkonini berdi, ularni boshqa klassifikatsiya bo'yicha xlorformiatlar deyiladi, ya'ni xlorchumoli kislota efirlari:
COCI2+ROH→CICOOR+HCI
Xlorkarbonatlarni yuqori chiqim bilan hosil boiishiga temperatura va reagentlar nisbatidan tashqari reagentlarni qanday tartibda solish ham ta'sir ko'rsatadi: bunda ortiqcha olingan fosgenga spirt qo'shiladi. Shunday qilib, davriy ravishda olingan sharoitda xlorkarbonatlar sintezini sovutish (=0°C) va aralashtirish bilan, asta-sekin suyuq fosgenga kerakli miqdordagi spirt qo'shish bilan olib borish lozim. Hosil bo'lgan mahsulotni haydash bilan ajratiladi va ajralgan HC1 fosgendan tozalanadi va xlorid kislota holida qayta ishlashga yuboriladi.
Xlorkarbonatlar pestitsidlar-karbamin kislota efirlari (karbamatlar) RNHCOOR ishlab chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Ko'mir kislota diefirlari (karbonatlar)sintezi 70-100 °C fosgen va ortiqcha olingan muhitida ro'y beradi:
COCl2+2ROH → CO(OR)2+2HCl
Natijada oraliq reaksiya sodir bo'ladi, ya'ni spirt va HC1 dan xloralkan hosil bo'ladi. Agar uning o'rni muhim bolsa, unda hosil bo'lgan HC1 ni quruq soda, kalsiy karbonat yoki uchlamchi amin bilan bog'lash mumkin.
Fenol efirlari olishda reaksiyani fenolyatlarni suvli eritmalarida o'tkaziladi: COCl2+2ArONa→CO(OAr)2+2NaCl
Ushbu holda fosgenning oraliq gidrolizini oldini olish uchun jarayonni fenolyatning konsentrlangan eritmasida va erkin fenol ishtirokida olib boriladi (gidroksil ionlari konsentratsiyasini kamaytirish uchun).
Mavzu bo'yicha savollar
Eterifikatsiya jarayoni haqida tushuncha bering?
Olefinlardan alkil-kislorod bog'i orqali efir olish reaksiyalarini tariflang.
Kabon kislota efirlarini sintez qilish usullari.
Glitserin va etilenglikol asosida olinadigan murakkab efirlar.
Bir atomli spirtlar va sirka kislotasi asosida olinadigan murakkab efirlar.
Murakkab efirlar olish texnologiyasini necha guruhga ajratish
mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |