10- sinf kimyo (I- chorak)
1. Butan (C4H10) tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi
yig`indisini toping
A)-16 B) +8 C)-10 D)+10
2. Tetraxlor metan (CCl4) tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping.
A)+4 B)-4 C)-2 D)+2
3. Izomeriya tusuhunchasi kimyo faniga kim tomonidan kiritilgan?
A) A.M Butlerov B) I.Berselius C) F.Vyoller D) N.N.Zinnin
4. A.M Butlerov formulasi C5H12 bo‘lgan pentanni o‘rganib, shu tarkibga
to‘g‘ri keladigan necha xil modda bo‘lishi mumkinliginini aniqladi?
A) 2 B) 3 C) 9 D) 7
5. Geometrik (sis-trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog‘ qatnashadi?
A) Uglerod va ugerod atomlari o‘rtasidagi π bog‘
B) Uglerod va voforod atomlari o‘rtasidagi σ bog‘
C) Uglerod va uglerod atomlari orasidagi σ bog‘
D) Uglerod va vodorod atomlari orasidagi π bog‘
6. Uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping.
1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) yog`lar 6) sikloalkanlar
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,5
7. To`yingan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping.
A) alkanlar; alkenlar B) alkenlar; alkadiyenlar
C) alkanlar; sikloalkanlar D) alkanlar; aminlar
8. Tarkibida R-CH2-O-H guruhi bor bo`lgan moddalar….deyiladi?
A)karbon kislotalar B)ketonlar
C)aldegidlar D)spirtlar
9. Azot saqlovchi organik birikmalar keltirilgan qatorni toping.
1) Alkanlar 2) Aminlar 3) Alkenlar 4) Sikloalkanlar 5) Monosaxaridlar
6) Oqsillar 7) Alkadiyenlar 8) Nitrobirikmalar
A)1,3,6 B)2,6,8 C)1,4,5 D)2,4,7
10. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping.
A)0 B)-2 C)+3 D)-3
11. Metiletilamin molekulasidagi σ bog`lar sonini toping.
A)13 B)12 C)10 D)9
12. 0,5 mol alkan tarkibida 24,08·1023 ta vodorod atomi bo‘lsa, ushbu alkanning nomini toping.
A)propan B)etan C) metan D) to`g`ri javob yo`q
13. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A)C2H4, C7H16, C6H14 B)C4H10, C2H6, C5H12
C)C3H8, C4H10, C2H2 D)C2H2, C5H12, C4H6
14. Quyidagi moddani ratsional nomlang.
A) Tertametil metan B)dimetilizopropil metan
C)dimetiletil metan D) to`g`ri javob berilmagan
15. Tarkibida –NO2 guruh saqlagan birikmalarga ………. deyiladi.
A) aldegidlar B) uglevodorodlar C) azot oksidlar D) nirtobirikmalar
16.geptannning izomarlar sonini toping?
A)9 B)6 C)5 D)14
17. Organik birikmalarda C; O; H atomlari qanday valentliklarni namoyon qiladi?(mos ravishda)
A)4,2,2 B)4,1,2 C)4,2,1 D)+4,- 2,+1
18. 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin benzoldan qanday moddani sintez qilgan?
A) anilinni B) nitrobenzolni C) xlorbenzolni D) fenolni
19. Uglevodorodlar yonganda qanday moddalar ajralib chiqadi?
A)C va H B) O2 va H2 C)CO2 va H2O D)To`gri javob yo`q
20.CH3CH2OH +H2SO4 reaksiya mahsulotlarini aniqlang?
A)oddiy efir B) etilen C) H2O D) H2SO4
21. Izomeriyaning nechta turi mavjud?
A)2 B)4 C)5 D)1
22. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianiddan mochevinani sintez qilgan?
A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin
23. Vodorod organik kimyoda nechi valentlikni namoyon qiladi ?
A)1 B)2 C)3 D)0
24. Metan tarkibida nechta sigma bog` mavjud?
A)5 B)2 C)1 D)4
25. Alkanlarning ……… umumiy formulasi deyiladi ?
A)CnH2n+2 B)C2H6 C) CnH2n+1 D) to`g`ri javob yo`q
Do'stlaringiz bilan baham: |