Texnik tahlil maqsadlari:
1. Narx dinamikasining joriy yo‘nalishini baholash (trend).
A) yuqoriga harakat;
b) pastga harakat;
v) flet.
2. Ushbu yo‘nalishning amal qilish muddati va davrini baholash.
A) uzoq muddatli trend;
b) qisqa muddatli trend;
v) trend boshlanishi;
g) trend yetukligi;
d) trend yakuni.
3. Amaldagi yo‘nalishda narxlar o‘zgarib turish amplitudasini (joriy kotirovkalardan farqlanishni) baholash.
A) kursning kuchsiz o‘zgarishi (tor yo‘lakda);
b) kursning kuchli o‘zgarishi (qoidaga ko‘ra, bir sutkada 1% dan ortiq yoki bir soatda 0,3% dan ortiq o‘zgarish).
4. Bozorga kirishning eng qulay nuqtasi koordinatalarini hisoblab chiqish.
A) treydingda yo‘qotishlar kamayishi va minimal noqulay narx harakati;
b) narx intiladigan psixologik barqaror darajalar – qo‘llab-quvvatlash va qarshilik ko‘rsatish darajalari;
v) narx turli taymfreymlarda harakat qiladigan joriy diapazonlar. Taymfreym – grafiklar tuzishda narxlarni guruhlash uchun foydalaniladigan vaqt oralig‘i. Bu paytda guruhlangan narxlar sham, bar yoki nuqtani shakllantiradi.
Yapon shamlari (Japanese Candles, Candlestick) – valyuta bozorini texnik tahlil qilishning ommabop uslublaridan biri bo‘lib, u savdoga XVIII asrda Yaponiyadan kirib keldi va hozirgi kungacha butun dunyodagi treyderlar orasida talab etiladigan uslubdir4. Yapon shamlari o‘z nomini elementlari ko‘z bilan qaraganda shamni eslatadigan grafigi tufayli oldi. Grafikning o‘zi narxning ochilishi va yopilishi darajalarining nisbatini aks ettiradi, shuningdek ma’lum vaqt oraliqlarida narx diapazonining maksimum va minimumlarini ko‘rsatadi. Yapon shamlari ancha uzoq tarixga ega (ular XVII asrda Yaponiyada ixtiro qilingan deb hisoblanadi). Tashqi ko‘rinishidan ular ustunsimon grafikni eslatib yuboradi.
Grafikning koordinatalar tizimi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, unda vertikal o‘q narx miqdorini, gorizontal o‘q esa vaqtni ko‘rsatadi. Grafikni asosiy elementi silindr bo‘lib, u shamning tanasi deb ataladi, u ochilish va yopilish narxlari orasidagi oraliqni namoyish qiladi.
Pastki gorizontal chiziq ochilish (open) narxini, yuqoridagisi – yopilish (close) narxini ko‘rsatadi. Yuqori va pastki vertikal chiziqchalar mos holda narxning maksimumi (high) va minimumi (low)ni aks ettiradi. U yoki bu davrda valyuta kursining o‘zgarishiga bog‘liq holda shamning tanasi ma’lum bir rangga bo‘yaladi, odatda, qora yoki oq rangga.
Do'stlaringiz bilan baham: |