10 – modul: moliya bozori tahlili reja



Download 402,23 Kb.
bet7/10
Sana28.11.2022
Hajmi402,23 Kb.
#874055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu

3 – savol bayoni: Texnik tahlil ulkan bilimlar qatlamini ifodalaydi. U investor qaror qabul qilishda rioya qiladigan ko‘p sonli va xilma-xil usullar yig‘indisini o‘zida mujassam etadi3. Texnik tahlil nisbatan yaqinda – XX asr boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, shundan beri juda katta o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Dastlabki grafik tahlil usullari hali kompyuterlar dunyo yuzini ko‘rmagan paytlarda paydo bo‘lgan edi. U paytlar hech kim texnik indikatorlar tuzish uchun murakkab matematik formulalar hisoblab chiqishga harakat ham qilmasdi. Treyderning asosiy quroli logarifmik chizg‘ich sanalgan. Odatiy grafiklar millimetrovka qog‘ozda chizilgan. Ochilish va yopilish narxlari, shuningdek, minimum va maksimumlar ham unda qo‘lda belgilanardi. Keyin esa ma’lum bir qonuniyatlar topilardi. Keyinroq grafiklarning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli qismlari to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtirila boshladi.
Shu tariqa ilk grafik figuralar paydo bo‘lgan. Keyin treyderlar bozorning o‘rtacha yopilish narxi kabi eng oddiy ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga kirishdilar. Bu odatiy to‘g‘ri chiziqli modellardan voz kechishga imkon berdi. Ilk kompyuterlar yordamida mashinalar unumdorligining o‘sishi tufayli murakkab trend indikatorlari va ossillyatorlar yaratish, bozorning ichki trend dinamikasini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Internet va zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan umuman insonning aralashuvini talab qilmaydigan mexanik savdo tizimlari shov-shuvi boshlandi. Bu qimmatli qog‘ozlar bilan sadvo qilishda inson tabiatining psixologik zaifliklarini yengishga imkon berdi. Inson endilikda faqat ularning ish algoritmlarini sozlaydi, xolos.
XXI asr boshlarida savdoda neyron tarmoqlar – inson miyasi kabi o‘zini-o‘zi o‘qitadigan tizimlar foydalanila boshladi. Lekin savdo tizimlarida foydalaniladigan sun’iy ong mantiqiy, ratsional bo‘lib, inson tabiati hiyla-nayranglari, uquvlariga «eta olmaydi», shu sababli mexanik savdo tizimlari uzoq vaqt oraliqlarida pul yo‘qotadi. Agar hech bo‘lmasa bitta savdo tizimi muntazam foyda bilan ishlaganida edi, uning egasi dunyodagi eng boy kishiga aylangan, bozor esa mavjud bo‘lmay qo‘ygan bo‘lardi. Darhaqiqat, agar sen hamma narsaning egasi bo‘lsang, o‘zing bilan o‘zing savdo qilishdan nima naf? Texnik tahlil usullari va qoidalari turlicha talqin qilinishi mumkin. Ular 100% lik ehtimol bilan bajarilmaydi, balki boshqalardan ko‘ra ko‘proq ehtimollik bilan bitta tendensiyani oldindan aytib berishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ko‘plab indikatorlar bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi signallar beradi. Shu sababli texnik tahlilni yoqtirmaydigan ko‘plab kishilar mavjud bo‘lib, ular texnik tahlilning foydasiz ekanligini aytadilar.
Texnik tahlil tarafdorlari va unga qarshi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi tortishuvlar davom etmoqda, lekin shunga qaramay, bozorni tahlil qilishning ikkala turi mavjud va faol qo‘llanib kelmoqda. Texnik tahlil – aktivning bozor narxini bashorat qilish usullari tizimi bo‘lib, bundan oldingi narxlar dinamikasi, savdo hajmi va boshqa bozor ko‘rsatkichlari vaqt qatorlarini tahlil qilishga asoslanadi.

Download 402,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish