10- mavzu: korreksion pedagogika va uning vazifalari



Download 296,91 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi296,91 Kb.
#776376
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu Korreksion pedagogika

8- MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA VA UNING VAZIFALARI

REJA:

REJA:

 


Korreksion pedagogika fani haqida tushuncha.
Defektologiyaning rivojlanish tarixi
Inkluziv va diffirinsial ta’limni tashkil etish
“Inson tabiatning eng buyuk mo’jizasi bo’lishi bilan u tabiat va hayotni faqatgina o’zining sog’ligini himoya qilgandagina saqlab qolishi mumkin, zero, faqat sog’lom inson chinakkam baxtli, faqat sog’lom, millat ulkan yutuqlarga qodir”
I.Karimov.
Mamlakatimizda mustaqillimizning ilk kunlaridan boshlab yosh avlod tarbiyasiga alohida etibor qaratilib, har tynomoniama etuk barkamol bolishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berishga astoyidil kirishildi.
Maqsad yosh avlodni to voyala etluncha sog’lom o’stirish, rivojlantirish bo’lsa, jamiyatimizda yana bir yosh avlod-nosog’lom, ya’ni nogironlar ham rivojlanishga sog’lom taengdoshlari qatorida barcha huquqlarga egadirlar. Bu demak, rivojlanmagan bolalar dunyoga kelishini nazardan chetda qoldirmaslik zarur. Bunday bolalar nogiron, zaif, kamchiligi bor yoki juda og’ir darajada bo’lsa, majruh bola deb ataladi. Ular albatta jamiyatimizda sog’lom avlod tug’ilishiga va o’sishiga to’siq bo’ladi. Chunki sog’lom ota, sog’lom onagina sog’lom farzandni bunyod etadi. Demak, agar ham ota, ham ona nogiron bo’lsalar, kelajak farzandni ham nuqsonli bo’lishini hech kim inkor etolmaydi.
Jamiyatimizning yangilanishi va demokratlashuvi, O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishidan keyin yuz berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar munosobati bilan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sifatlarini oshirishga bo’lgan tashkiliy, psixologo-pedagogik hamda metodik yondashuvning takomillashtirish masalariga alohida e’tibor bilan qaralayapti.
O’zbekiston Respublikasining nogironglarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati «O’zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi to’g’risida»gi qonuni belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhga boshqa fuqoralar bilan teng asosda to’la qonli hayot kechirish, jamiyat fuqarolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ko’zda tutadi.Bu qonun davlat bilan aholi sog’ligin himoya qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarning jamiyat hayotiga singib ketishi uchun shart sharoitlar yaratishga safarbar qilingan ijtimoiy jamiyatlar o’rtasidagi munosobatlarni yo’lga qo’yadigan dastlabki jiddiy huquqiy hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo’yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bilan chambarchas bog’liqdir.
Xar qanday jamiyat o’z farzandlarini xar tomonlama yetuk , komil inson bo’lib voyaga yetishni, munosib fouqarolar bo’lib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga o’z ulushlarini qo’shishlariga xarakat qiladi umid bog’laydilar.
Afsuski, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog’ salomat hamma qatori to’laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli imkoniyatlar yaratilmagan. Bolalarning ish soatlari ba’zi hollarda nihoyatda uzoq bo’lganligi sababli sog’ligi yomonlashmoqda, ular o’qish, dam olish imkoniyatlaridan mahrum. Bolalar ko’chalarda alkogol, giyohvand moddalar, seksual zo’ravonliklar havfiga duch kelmoqdalar.
Maktabga qabul qilingan ayrim bolalar uni to’liq bitira olmayaptilar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uyda o’tiribdi ta’lim olishdan mahrum, ayrimlarining ta’lim oishi chegaralangan.
Kasallikni oldini olish mumkin bo’lgan joylarda hali ham juda ko’p bolalar xastaliklardan nobud bo’lmoqdalar, to’yib ovqat yeyish, toza ichimlik suvidan bahramand bo’lish ko’p mamlakatlarda hali ham to’liq tashkil etilmagan.
Bundan tashqari, jahonning ba’zi bir qit’alarida maktab yoshidagi bolalar ham qurolli kuchlar safiga chaqirilmoqda, ular zo’ravonliklarga, qiynoqlarga duchor bo’lmoqdalar, jismoniy jazolanmoqda, kerak bo’lsa, ozodlikdan, kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilinmoqdalar.
Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo’pol buzilgan bolar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda odil va g’amho’r bo’la omaydilar. Huquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlanishini yuzaga keltirishiga sabab bo’libgina qolmay, balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug’larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo’lmoqda. Huquq muammolari har bir insonga to’g’ridan – to’g’ri yoki bevosita tegishlidir.
1 dekabr 1993 yilda 153 mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikasiya qilish yo’li bilan, o’zlarining bolalar kelajagini muxofaza qilishga tayyor ekanligini namoish etdilar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolar huquqlari haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya - bola huquqlari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar huquqlari to’rt toifaga ajratib berilgan bo’lib, ular 54 moddani o’z ichiga qamrab olgan.

Download 296,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish