10- laboratoriya ishi
Pezonurlatgich. Pezonurlatgichni boshqarish: tonni o‘zgartirish, davomiligini o‘zgartirish
Ishning maqsadi: Arduino muhutida dasturini tuzish va pezonurlatgichni boshqarishni o’rganish, proteusda sxemalarini yi’g’ib ishga tushurish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy ma’lumot
Quyidagi rasmda Proteus 8 muhitida joylashtirilgan ultratovushli modul pezonurlatgich (SRF04) ko'rsatilgan. Uning 5 ta pimi bor, ular orasida GND yerga bog’lanish pini, VCC (Voltage Collector-to-Collector) baland kuchlanishga +5 Voltga ulanish va NC (No-Connect) uzilish. TR qo'zg'atuvchi signal kiritish sifatida ishlatiladi.Ultrasonik modul TR pinidagi 10 ms dan yuqori doimiy balandlikni aniqlaganda ultratovush modul ishlay boshlaydi. ECHO qayta aloqa signalining chiqishi sifatida ishlatiladi.Ultrasonik datchik to'siqni aniqlaganda, ushbu kontaktdan tegishli signal chiqadi.
1-rasm. Ultratovushli modul (SRF04)
HC-SR04 ultratovushli masofa o‘lchagichning texnik ko‘rsatgichlari:
O‘lchanuvchi oraliq - 2 dan 500 sm gacha;
aniqligi - 0,3 sm;
ko‘rish burchagi - < 15°;
ma’nba kuchlanishi - 5 V.
Datchik 4 ta standart chiqishga ega 2,54 mm:
VCC - +5 V manba;
Trig (T) – kirish signalining oyoqchasi;
Echo (R) - chiqish signalining oyoqchasi;
GND - yer.
2-rasm. Ultratovushli modul ishlash prinsipi
Aborotlarni olish uchun harakatlar ketma-ketligi quyidagicha:
Trig oyoqchasiga 10 mks davomiylikda impuls berish;
Masofa o‘lchagich ichida impuls 40 kGs chastotali 8 ta impulslarga o‘zgartiriladi va T nurlatgich yordamida oldinga jo‘natiladi;
To‘siqqa yetgach, jo‘natilgan impulslar aks etadi va R qabul qiluvchi tomonidan olinadi, natijada Echo oyoqchadan chiqish signali olinadi;
Massiv — bu to’plam. Bu to’plam bir xil toifali o’zgaruvchilardan tashkil topadi. Masalan:
int a[5]; — bu massiv 5 ta elementdan iborat bo’ladi. Ularning barchasi integer toifasiga mansub bo’ladi. Ular quyidagilar:
a[0], a[1], a[2], a[3], a[4].
O’zgaruvchilar sonini aniq ko’rsatmasdan mana bunday qilib e’lon qilish mumkin emas: int a[];
Bunday holda dasturda xatolik xabari chiqmasligi mumkin, lekin massiv turli sonlarni o’ziga o’zlashtirib olgani sababli natija noto’g’ri chiqaveradi.
Massiv bizni ko’p noqulayliklardan qutqaradi. Yuqoridagi misolda massivdan bexabar bo’lgan odam 5ta o’zgaruvchini e’lon qilish uchun quyidagicha yozgan bo’lardi:
int a, b, c, d, e;
O’zgaruvchilarni massiv orqali ifodalash futbol o’yinida futbolchilarni raqamlashga o’xshaydi. Havaskorlar ko’chada istalgan joyda va istalgan kiyimda futbol o’ynaydilar. Professional futbolchilar esa bir xil kiyimda bo’ladilar. Lekin har bir kiyimga turli xil raqamlar yozilgan bo’ladi va futbolchiga shu raqam orqali murojat qilinadi:
k[3] — k massivning 3-elementi, m[0] — m massivning 0-elementi va hokazo.
Biror o’zgaruvchi e’lon qilinganda uning boshlang’ich qiymatini darhol berib ketish mumkin edi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |