4.1. Konteyner adapterlari
Stek, navbat va ustivor navbatlar mustaqil sinf hisoblanmaydi, tayanch sinflar asosida amalga oshiriladi, shuning uchun ham ular konteyner adapterlari deb ataladi. Jimlik holati bo’yicha deque sinfiga turdosh hisoblanadi.
4.1.1. Stek. Sarlavha fayli
Stekni e’lon qilish stack s; stek ikki tomonlama navbat asosiyda yaratiladi. Agar stekni ro’xyta asosida tashkil qilish kerak bo’lsa, u holda stack> s; shaklida qo’llaniladi.
Bunday amalga oshirish sinf funksiyasini faqat yangi sinf uchun zarur bo'lgan funksiyalar (amallar) bilan cheklash uchun kerak bo’ladi. Chunki Stek elementlarga ixtiyoriy kirish mumkin emas, shuningdek iteratorlarni ham qo'llab-quvvatlamaydi.
Mumkin bo’lgan funksiyalar (amallar):
push() – oxiridan element qo’shish;
pop() – oxiridan elementni o’chirish;
top() – stekning joriy elementi qiymati;
size() – elementlar soni;
empty() – stekni bo’shlikka tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |