1 Zamonaviy pedagogikada kreativlik tushunchasi



Download 21,93 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi21,93 Kb.
#362525
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Reja

1 Zamonaviy pedagogikada kreativlik tushunchasi

2 Ijodkor shaxslarning kreativ fikrlash kо‘nikmasini shakllantirishda pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish

3 Venn diagrammasi

Mustaqillik yillaridagi muhim voqealardan biri 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida “Ta’lim tо‘g‘risi”dagi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni qabul qilinishi bо‘ldi. Bu davlat hujjatlarida ta’lim ijtimoiy rivojlanishining ustuvor yо‘nalishi qilib belgilanishi davlat va jamiyat zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi.

Kadrlar tayyorlash dasturidagi milliy ta’lim modelini shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida qaraladi. Kadrlar tayyorlash dasturining yana bir xususiyatlaridan biri uzluksiz ta’limga, fan bilan ishlab chiqishning integratsiyasidir.

Hozirda О‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo ta’lim tizimi makoniga kirib bormoqda. Bu esa о‘z navbatida juda muhim va mas’uliyatli vazifani yuqori malakali, raqobatbardosh, yuksak ma’naviyatga ega kadrlarni yetishtirishda davlat va jamiyat bir tan, bir jon bо‘lib amalga oshirishni talab etadi, shundagina kо‘zlangan ulug‘ maqsadga erishish mumkin bо‘ladi.

Ta’limning davlat nazoratida bо‘lishi tabiiy xoldir. О‘zbekiston Konstitusiyasida har bir fuqaro ta’lim olish xuquqiga ega deb belgilangan. Qabul qilingan davlat qonunlari oldingilaridan farqli ravishda xalq ta’limining Yangi qoidalari, tamoyillari, ular asosida ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqildi, davlat ta’lim standartlari yaratildi va ular asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilmoqda.

Hozirgi globallashuv va tezkor axborot tizimi davrida о‘quvchi yoshlarni, kreativlik fazilatlarini shakllantirish, ularni yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqishi hamda tevarak-atrofda bо‘ladigan voqea-hodisalarga befarq bо‘lmasligi, ularga nisbatan odilona munosabatda bо‘lib, tо‘g‘ri xulosa chiqarishi orqali mustaqil fikrga ega bо‘lishga tayyorlash bugungi kunning muammosi bо‘lib kelmoqda.

«XXI asr – intelluktual asr» ya’ni «Aql-zakovat asri» yoki «Axborotlashgan jamiyat sari asri» ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati

taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg‘or kreativ insonlar, ya’ni kreativ shaxs faoliyati natijasida yuzaga kelishining guvohi bо‘lamiz.

Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez о‘zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bо‘laman degan, xodim a’zo, shaxs ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, tо‘plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur.

Inson о‘zini qobiliyatlari orqali namoyon qiladi. Bu qobiliyatlar uning shaxsiy xususiyatlari bо‘lib, unga muayyan turdagi faoliyat bilan samarali shug‘ullanishga imkon beradi. Qobiliyatlar muayyan tabiiy iste’dodlar negizida vujudga keladi. Iste’dod – bu asab tizimining tug‘ma, anatomik-fiziologik xususiyatlari bо‘lib, qobiliyatlar rivojlanishining individual-tabiiy asosini tashkil etadi.

Odatda qobiliyatning quyidagi turlari farqlanadi:intellektual (aqliy, fikrlashga oid), badiiy, tashkilotchilik, kommunikativ (muloqotga oid) va hokazo. Yuqori darajada rivojlangan turli qobiliyatlarning yig‘indisi iste’dodlilik deyiladi. Qobiliyat rivojlanishining muayyan darajalari bо‘lgan talant va geniallik haqida ham fikr yuritish mumkin. Talant – yetuk qobiliyatlar bо‘lib, bunda inson faoliyati mukammalligi, originalligi bilan ajralib turadi. Geniallik – qobiliyat va talant rivojining oliy darajasidir. Geniallik sifat jihatidan yangi, takrorlanmas ijod namunalarini yaratish, ijodning avval ma’lum bо‘lmagan yо‘llarini topish bilan bog‘liqdir1.

Bugungi kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat kreativ faoliyat deb tushuniladi.

Kreativlik sо‘zi (inglizcha “create” – yaratuvchanlik, ijodkorlik) sо‘zidan olingan bо‘lib, inson shaxsining ijodkorlikka bо‘lgan qobiliyati, ijodkorlik iste’doddarajasi, individning an’anaviylik yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bо‘lgan, prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni о‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy qobiliyatlaridir1.

Amerikalik olim D. Veksler “Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bо‘lishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi о‘ziga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi” 2 - deb ta’rif beradi.

Kreativ shaxs bо‘lish, bizning misolimizda esa, kreativ о‘quvchi bо‘lish – bugungi dunyoda afzalliklarga ega bо‘lish, masalan, boshqa о‘quvchilar ichida ajralib turish, boshqalarga qaraganda qiziq suhbatdosh bо‘lish, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan noodatiy tarzda chiqib ketish demakdir.

Har bir о‘quvchidagi kreativlikning rivojlanishi individual hisoblanadi. Kreativlik rivojlanishining sistemalilik faktori ta’limning ijtimoiylashuvi bо‘lib hisoblanadi. Kreativlikning dastlabki kо‘rinishlari har bir insonga xos. Biroq, u о‘sayotgan, tarbiyalanayotgan, ta’lim olayotgan muhitdagi turli xil ta’qiqlar, sotsial shablonlar ijodiy faoliyatning blokirovka (yopilish)siga olib keladi. О‘quvchida kreativlikning rivojlanishi uchun psixologik bosimlardan ozod qilib, ijobiy turtki berish lozim.

Inson taffakkurini о‘rganish psixologiyada asosiy e’tibor qaratiladigan muammolardan biri bо‘lib, u juda murakkab jarayon hisoblanib, shu sababdan doimiy ravishda ilmiy-tadqiqotlarni olib borishni talab etadi.

Tafakkur tushunchalar va tasavvurlarda amalga oshiriladi hamda tafakkur qilinishining asosiy shakli – fikr va mulohaza yuritishdir. “Tafakkur – jamiyat rivojining mahsulidir, lekin, tafakkurning individual rivojlanishi, uning о‘ziga xosligi, organizmning о‘ziga xosligiga, bosh miyaning holati va funksional imkoniyatlariga bog‘liqdir. Tafakkurning individual о‘ziga xosligi - tafakkurning kengligi, mustaqil fiklash, tafakkur tezligi, shoshma-shosharlik va tanqidiy fiklash bо‘lib, mutaxassislar bularni aqlning sifatlariga tegishli deb qarashadi”

Fikrlash kengligi – xususiy tomonlarni nazardan qochirmasdan, muammoni tо‘liq qamrab olish qobiliyatidir. Tafakkurning teranligi – murakkab savollarning mohiyatigacha kira olish qobiliyatida ifodalanadi. Teran tafakkur qilishga qarama- qarshi bо‘lgan sifat - yuzaki fikrlash bо‘lib, inson mayda narsalarga e’tibor qaratib, asosiy qismni kо‘rmaydi. Mustaqil tafakkur yuritish insonning yangi muammolarni qо‘ya olishi va boshqalarning yordamiga murojaat qilmasdan ularni yechish yо‘llarini topish kо‘nikmasiga ega bо‘lishi bilan tavsiflanadi.

Shoshma-shosharlikda aql yuritish - inson qо‘yilgan savolga atroflicha о‘ylamasdan, qaysidir tomonni ushlab olib, yechimni berishga shoshadi, yetarlicha о‘ylanmagan javobni va mulohazani aytadi. Sekinlik bilan fikr yuritish faoliyati esa, nerv tizimi tipiga, ya’ni uni sekin harakatlanishiga bog‘liq bо‘lishi mumkin.

Ayzenkaning ta’rifiga kо‘ra: “Aqliy jarayonlarning tezligi yoki tafakkur tezligi – insonlar о‘rtasidagi intellektual farqlarning fundamental bazisidir” 2.

Bizningcha, tafakkurning tezligi – insonning yangi holatga yoki muammoga tez va tо‘g‘ri baho bera olishi, moslashishi, о‘ylashi va tо‘g‘ri yechimni qisqa vaqt davomida qabul qila olish qobiliyatidir.

Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirib, zamonaviy psixologiyada turli asoslarga kо‘ra tafakkurning quyidagi bir nechta shartli klassifikatsiyasini kо‘rinishlari qabul qilingan va ommalashganligini aytishimiz mumkin, ular: rivojlanish genezisi; yechiladigan masalalar tavsifi; yoyilish darajasi; yangiligi va originallik darajasi; tafakkur vositalari; tafakkur funksiyalari va boshqalar.

Masalani yechimiga tafakkur kо‘ptomonli amallar orqali, ya’ni taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiya va umumlashtirish yordamida keldi. Tafakkurning individual о‘ziga xosligiga mutaxassislar aqlning quyidagi sifatlarini: tafakkurning kengligi, mustaqil tafakkur qila olish, tafakkurning tezligi, shoshqoloqlik va aqlning tanqidiyligini tegishli deb bilishadi. Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda kо‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bо‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bо‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.

Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bо‘lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarinimukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bо‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qо‘llash kо‘nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi1.

Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng kо‘lamda qо‘llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar kо‘lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotganayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo kо‘plab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay,ta’lim jarayonlariga о‘qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bо‘yicha pedagogik tadqiqotlarnijoriy etish darajasini hozircha yetarli deb bо‘lmaydi.

Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir о‘qituvchining о‘z fanigava barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam о‘rgana borib, ularni о‘z mehnat faoliyatida izchil qо‘llay bilish mahoratiga ega bо‘lishi bugungi kunning muhim talabidir.

Oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi.

Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar kо‘p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish uyg‘otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning о‘zi yangiliklarga boy bо‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

Ijodkor shaxslarning kreativ fikrlash kо‘nikmasini shakllantirishda turli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samarali hisoblanadi.

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, interfaol uslublari, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) –yangilik kiritish, yangilik demakdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

Inetrfaol (“Inter” – bu o‘zaro “act” – harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talabalarning faolitini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Ko‘pchilik pedagoglar pedagogik texnologiyani – faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnik vositalar yordamida mashg‘ulot olib borish deya tushunadi. Lekin, bu masalaga yuzaki yondoshish bo‘lib, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir1.

Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq. Natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, yoki tarqatma materiallar kerak bo‘lar. Bularning hammasi pedagog mahorati va talaba ehtiyojiga bog‘liq. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar o‘z sohalari bo‘yicha olib borayotgan mashg‘ulotlarida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishlari lozim va shartdir2.

Divergent tafakkurning ijodkor shaxsning shakllanishida pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish keng samara berib kelayotganligi soha mutaxassislari tomonidan kо‘p bora qayd etilgan. Shu munosabat bilan shaxsning ijodkorligiga yо‘naltirilgan quyidagi pedagogik texnologiya usullarini3 tavsiya etamiz.



“Venn diagrammasi” grafik organayzeri (GO)

Ta’lim oluvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini о‘zlashtirish (sintezlash) kо‘nikmalarini hosil qilishga yо‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bо‘yicha amalga oshiriladi. Grafik organayzer ta’lim oluvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan о‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bо‘lim yoki boblar bо‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Download 21,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish