Axborot jarayonlarining zamonaviy apparat va dasturiy taʼminotlari.
Reja:
1. Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taxlili.
2. Xotira turlari va ularning tahlili.
3. Raqamli qurilmalar.
Tayanch iboralar: Texnologiya, axborot texnologiyalari, multimedia tushunchasi, multimedianing texnik-dasturiy ta’minoti, virtual borliq, kompyuter tarmoqlari, internet
1. Zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari va ulardan QX jarayonida foydalanish imkoniyatlari
Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u Qishloq xo`jaligining samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo’lib qolmoqda. Qishloq xo`jaligi tizimini dunyo standartlari darajasiga yetkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy Qishloq xo`jaligining xarakterli tomoni shundaki Qishloq xo`jaligini axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligiida ham ro’y bermoqda, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati «axborot resurslari,axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»1. Shuning uchun ham ilg’or mamlakatlar Qishloq xo`jaligi tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar to’xtovsiz kechmoqda.Ushbu holatlar kadrlarni tayyorlash tizimida informatika fanining o’rnini muhimligini ko’rsatib beradi.
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikasiya texnologiyasidir.
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima kilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o’z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo’yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.
Axborot texnologiyasi –axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Ayni paytda axborot texnologiyasi haqida fikr yuritganda «yangi», «kommunikasion» yoki «zamonaviy» so’zlarini ko’shib ishlatiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyasi (AKT)-bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikasion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do’stona» interfeysga ega bo’lgan axborot texnologiya demakdir.
AKT rivojlanish bosqichlari:
1. Masala turi va ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni buyicha:
1- bosqich (60-70 y) - ommaviy foyidalanish rejimi asosida hisoblash markazlarida ma’lumotga ishlov berish.
2- bosqich (80 yillardan boshlab) - strategik masalalarni hal etishga yo’naltirilgan informasion texnologiyalarni yaratish.
2. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lida turgan muammolar bo’yicha: 1- bosqich (60 yillarning oxiri) apparat vositalari imkoniyatlarining cheklanganligi sharti ostida katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish muammosi.
2- bosqich (70 yillarining oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHMlarni keng tarqalishi. Ushbu bosqichning muammosi-dasturiy ta’minotning apparat vositalari rivojlanishi darajasidan orqada qolishi.
3- bosqich (80 yillarning boshidan) - kompyuter professional bo’lmagan foydalanuvchining quroliga aylanadi, informasion tizim esa uning qarorini qabul qilish uchun qo’llab-quvvatlovchi vosita bo’lib qoladi.
4-bosqich (90 yillarning boshi) - tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va informasion tizimlarni yaratish. Ushbu bosqichning muammolari juda ham ko’p. Ulardan muhimlari:
kompyuter aloqasi uchun protokollar;
strategik ma’lumotlarga kirish imkoniyatlarini tashkil qilish;
ma’lumot xafsizligi va himoyasini tashkil qilish.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko’z, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
- uskunaviy dasturiy ta’minot;
- virtual matn konstruktorlari, multiplikasiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran prosessorlari va h.k.; - axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;
- texnik ko’nikma trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va h.k.).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar Qishloq xo`jaligi tizimida asosan to’rt yo’nalishda:
- o’rganish obyekti sifatida;
- o’qitishning texnik vositalari sifatida;
- Qishloq xo`jaligini boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.
O’quv jarayonida kompyuterlar asosan quyidagicha foydalanilmoqda:
- passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
- faol muloqat – kompyuter o’quvchiga yo’l – yo’riq berish va imtihon olishda;
- interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni o’quvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
Qishloq xo`jaligida zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
- fan sohalarini axborotlashtirishni;
- o’quv faoliyatini intellektuallashtirishni;
- integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
- Qishloq xo`jaligi tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik Qishloq xo`jaligi jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish: - masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
- pedagoglar o’rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
- Qishloq xo`jaligi jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining Qishloq xo`jaligi jarayonlariga joriy etilishi:
- o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o’zlashtirilishiga;
- o’quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchining mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o’qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
- sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali tinglovchining o’quv materiallarini o’zlashtirish strategiyasini egallashiga;
- axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
- o’rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, o’quvchilarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo`jaligida axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi:
- berilayotgan materialni chuqur va mukammal o’zlashtirish imkoniyati va uni Qishloq xo`jaligi oluvchi xotirasida uzoq muddat saqlanishi va zarur bo’lganda amaliyotga qo’llash darajasi ortadi;
- axborotni turli shaklda (matn, video, ovoz, grafika, animasiya ,...) berilishi Qishloq xo`jaligi tortadi va ularni fanga qiziqishini uyg’otadi;
- kompyuter “nazoratchi” funksiyasini bajarib Qishloq xo`jaligi oluvchining didaktik topshiriqlar, test savollari, muammoli vaziyatlarga bergan javoblarini, ya’ni o’zlashtirganlik darajasini aniqlab natijalarini monitorda ko’rsatadi;
- dars jarayonida Qishloq xo`jaligi oluvchilar faoliyatini boshqaruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi va bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqlar soni keskin ortadi, buning natijasida egallanishi lozim bo’lgan bilimlar xajmining oshishiga olib keladi;
- o’quv mashg’ulotining tarkibiy tuzilishini modifikasiyalash, ya’ni o’qituvchi tomonidan bajarilayotgan ko’pgina tashkiliy ishlarni kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilib vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;
- Qishloq xo`jaligi oluvchi faol ishtirokchiga aylanib, mustaqil Qishloq xo`jaligi olish imkoniyati sohalari kengayadi va o’qituvchi bilan erkin hamda teng muloqatga kirisha oladigan hamkorga aylanadi.
2. Qishloq xo`jaligida amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Qishloq xo`jaligida amaliy dasturlar. Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Amaliy dasturiy ta’minot deb- bir yo’nalishdagi muammolarni yechishga mo’ljallangan dasturlarga aytiladi.
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta’minlaydi. Amallarga misol keltirsak, unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illyustrasiya, video ma’lumotlarni qayta ishlash, audio ma’lumotlarni qayta ishlash, aloqa o’rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo’la oladi.
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda ishni odatda amaliy dasturlardan foydalangan holda boshlanadi.
Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
• buxgalteriya uchun DT;
• personalni boshqarish DT;
• jarayonlarni boshqarish DT;
• bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot — soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:
• kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
• matnli xujjatlarni avtomatik ravishda loyihalashtiruvchi, ularni tegishli holatda tahrirlovchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
• grafik muharrirlar;
• hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
• taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animasiya, videofilmlar tayyorlashga mo’ljallangan mahsus dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni kiritish, taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni kayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari.
Intellekt —bu insonning tafakkur yuritish kobiliyatidir.
Suniy intellekt — bu inson intellektining ba’zi vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyatidir.
Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo’lgan, masalani, axborotni qabul qilish va undan ma’lum masalalarni xal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi.
Kompyuterlarning paydo bo’lishi va dasturlar yordamida masalalarni yechish — intellektual tizimni kelib chikishiga sabab bo’ldi. Intellektual tizimning asosiy vazifasiga to’plangan bilimlar omborini tadbiq etish va undan foydalangan holda murakkab masalalarni yechishning optimal yo’llarini izlash hamda yechimini topish kiradi.
Multimedia texnologiyalari. Mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Multimedia (multimedia - ko’p muhitlilik) – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishiga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animasiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio va video lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.
Multimedia - kompyuterda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimasiya, shuningdek to’laqonli videokliplar hamda videofilmlar bilan ishlashdir.
Multimedia
Multimedia– bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animasiyani (multiplikasiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi.
Multimedia amaliyotdagi ish tartibi – bu apparat-dasturiy muhit bo’lib, kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir.2
Birinchidan, foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va kompyuter o’rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o’zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilmni eslatadi.
Multimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animasiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo’lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir.
Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o’zida insonga tushunarli, ko’p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinasiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko’rsatilgan shaklda ko’chirib o’tkaza oladi hamda ularning xohlagan kombinasiyasini yarata oladi.
Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muhitga tarqatishi mumkin.
Multimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining rivojlanishi sabab bo’ldi. Oxirgi yillarda kompyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig’imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik ko’rsatgichlari yaxshilandi. Multimedia texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo’nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni hosil qilish texnologiyalarining rivojlanishi katta hissa qo’shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o’zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Multimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animasiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar
raqamli fotoapparat
Skanerlar Tasvirlarni ko’rish va ular bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMaster lar kiradi.
Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari. Ovozli fayllarni kompakt diskka yozish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, videokonferensiyalarni o’tkazish, o’yinlar o’ynash, audio CD larni eshitish uchun ovoz platasi yoki audioadapter (audio – bu «ovoz», adapter esa -manbadagi ma’lumotni kompyuterga o’tkazuvchi texnik qurilma) deb nomlanuvchi karta zarur bo’ladi. Ushbu tovushni qayta ishlovchi tovush platasi, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofon, ovozli kompakt-disk proigrыvatellari, ovoz kolonkalari va b. qurilmalarga ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham ulanishi mumkin.Audio adapter va uning bosh plataga ulanishi
Video yozish va video tahrirlash vositalari. Video bilan to’laqonli ishlash uchun video ma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama videokarta zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Aksariat hollarda video elementlarni monitorda ifodalay olish yetarli bo’ladi. Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan video adapter va monitor yetarlidir.
Video adapter va uning bosh plataga ulanishi
Ma’lumot tashuvchilar. CD-R(Compact Disc-Recordable – yoziluvchi kompakt disk), CD-RW (Compact DiskRewritable- 1000 martagacha qayta yozish mumkin bo’lgan disk) - lazerli (kompakt) diskga 650 Mbayt (700 Mbayt) hajmdagi ma’lumotni yozish mumkin.
D VD (Digital Versatile Disk) disklar bir yoki ikki taraflama ma’lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Taraflari soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD-9, DVD-10, DVD-14, DVD-18 turlarga bo’linadi va mos ravishda 5, 9, 10, 14, 18 Gb ma’lumotni saqlaydi.
Axborot jarayonlarining dasturiy ta minoti Dasturiy ta minot turlari: amaliy, tizimli, uskunaviy Berilganlar. Buyruq Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim. Berilganlar kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo lgan shaklda ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq u elementar instruksiya bo lib, unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Prosessorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir nechta buyruqlar ketmaketligini bo lishi zarur bo ladi. Berilganlarni kompyuterda qayta ishlash Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi; 2) prosessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o qiydi va uni bajarishni amalga oshiradi; 3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, prosessor tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 4) prosessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so rovlar yuborishi va o zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. Dasturlar - bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo ladi. Odatda, dasturiy ta minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to plami tushuniladi. O z o rnida dasturiy ta minot kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo ladi. Aniq kompyuterni qo llanish sohasi undagi dasturiy ta minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o zaroharakatda bo ladi.
Kompyuter = Apparat ta minoti + Dasturiy ta minot Berilganlarni: kiritish, qayta ishlash, saqlash, uzatish jaryonlari 4.2-rasm. Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o z-o zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi. Hisoblash tizimining dasturiy ta minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o zaroaloqa mavjud bo ladi, ko plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi. Dasturiy ta minot darajalarini piramidaga o xshash konstruksiyaga qiyos qilish mumkin. Dasturiy ta minotning darajali tuzilishi. 1)Dasturiy ta minotning bazaviy darajasi. Bu dasturiy ta minotning eng quyi darajasidir. U bazaviy apparat vositalari bilan o zaroaloqani ta minlashga javob beradi. Qoidaga ko ra, bazaviy dasturiy vositalar, bevosita bazaviy uskunalar tarkibiga kiradi va doimiy xotira (ROM) deb ataluvchi mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va berilganlar doimiy xotira mikrosxemalarini ishlab chiqarish etapida ularga yoziladi. Demak, bazaviy dasturlar doimiy xotira qurilmasida saklanadi. Kompyuterni ekspluatasiyasi davomida bazaviy xotira o zgarmaydi va ularni o zgartirish ham mumkin emas Amaliy dasturiy ta minot Servisli dasturiy ta minot Tizimli dasturiy ta minot Bazaviy dasturiy ta minot 4.2-rasm. Dasturiy ta minotning darajali tuzilishi. Bazaviy dasturiy ta minotni o zgartirish texnik jihatidan maqsadga muvofiq hisoblangan holatlarda, operativ xotira mikrosxemalari o rniga - qaytadasturlanuvchi doimiy xotira (ERROM) qurilmasi ishlatiladi. 2)Tizimli darajadagi dasturiy ta minot. Tizimli daraja bu, oraliq darajadagi dasturiy ta minotdir. Sababi, bu darajada ishlovchi dasturlar, kompyuter tizimida ishlovchi o zga dasturlarni bazaviy darajadagi dasturlar va bevosita apparat ta minoti bilan o zaroaloqasini ta minlash vazifasini bajaradi. Masalan, hisoblash 4
Tizimiga yangi qurilmani ulanishi, boshqa dasturlarni u bilan o zaroalqasini ta minlash uchun, tizimli darajada bu qurilmani dasturi o rnatilishi lozim. Aniq bir qurilmalarni o zaroaloqasini ta minlovchi aniq dasturlar, qurilmalar drayverlari deb ataladi, ular tizimli darajadagi dasturiy ta minotlar tarkibiga kiradi. Boshqa tizimli darajadagi dasturlar sinfi esa foydalanuvchilar bilan o zaroaloqani ta minlashga javob beradi. Bu dasturiy vositalar yordamida foydalanuvchilar hisoblash tizimiga berilganlarni kiritadi, uni ishlashini boshqaradi va o ziga qulay bo lgan shaklda natijalarni oladi. Bu vositalar foydalanuvchi interfeysini ta minlash vositalari deyiladi. Kompyuter bilan ishlashdagi qulaylik, ish joyida mehnat unumdorligi bevosita foydalanuvchi interfeysiga bog liq bo ladi. Tizimli darajadagi dasturiy ta minotlar to plami kompyuterning operatsion tizimi yadrosini tashkil qiladi. 3)Servisli (xizmat) darajadagi dasturiy ta minot. Bu darajadagi dasturiy ta minotlar bazaviy darajadagi dasturiy ta minotlar bilan ham, tizimli darajadagi dasturiy ta minotlar bilan ham o zaroaloqa qiladi. Utilitalar deb ataluvchi xizmat ko rsatuvchi bu dasturlar zimmasiga kompyuter tizimini tekshirish va sozlash ishlarini amalga oshirish yuklatilgan. Aksariyat hollarda ular tizimli dasturlar funksiyalarini kengaytirishda yoki va yaxshilashda qo llaniladi. 4)Amaliy darajadagi dasturiy ta minot. Amaliy darajadagi dasturiy ta minot o zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy darajadagi dasturiy ta minotlar va tizimli dasturiy ta minotlar orasida bevosita o zaroaloqa mavjud bo ladi. Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta minotlarsiz tassavur qilib bo lmay qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta minoti (hardware) va dasturiy ta minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi. Agar oldin dasturiy ta minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o zgardi. Yangi dasturiy ta minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o zgarishiga olib keldi.
Axborot tizimlari nuqtai nazaridan dasturiy ta minot deyilganda hisoblash texnikasi vositalari bilan ma lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish, ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarining yig indisi tushuniladi 2.Kompyuter texnologiyalari nuqtai nazaridan dasturiy ta minot deyilganda bevosita hisoblash texnikasini ishini ta minlovchi tizimli dasturiy ta minot va amaliy masalalarni yechish uchun mo ljallangan "amaliy dasturiy" ta minotlar to plami tushuniladi. 3.Umumiy ta minlashda operatsion tizimlar va texnik xizmat ko rsatish dasturlarini amalga oshirilishi tushuniladi. 4.Maxsus muammoli ta minlashda muammoli masalalar yechimining dasturiy paketlari ishlab chiqilib, kompyuterda yechiladi. Demak, har qanday iqtisodiy jarayon muammolari dasturlash tizimlari orqali hal qilinadi. Dasturiy ta minot Kompyuter va axborot Dasturiy ta minot turlari Fayllar va faylli strukturalar Tizimli dasturiy ta minotlar va dasturlashtirish tizimlari Ko p pog onali faylli strukturalar Operatsion tizimlar Foydalanuvchi interfeysi 4.3-rasm. Kompyuterning uchta asosiy sinfga ajratish qabul qilingan, bular: tizimli dasturlar; amaliy dasturlar va instrumental (uskunaviy) dasturlar. Dasturiy ta minot (DT) turlari Tizimli dasturiy ta minot Amaliy dasturiy ta minot 4.4-rasm. 6 Instrumental (uskunaviy) DT
Tizimli dasturiy ta minot Tizimli dasturiy ta minot (system software) kompyuterlarni apparat qismlarini boshqariuvini ta minlovchi va foydalanuvchi dasturlarini apparat vositalari bilan dasturiy interfeysini amalga oshiruvchi dasturlar sinfidir. Tizimli dasturlar o zida: axborotlarni qidirish va qayta ishlashni tashkil qilishning bazaviy funksiyalarini; kompyuterni tarkibiy qismlarini ishlashi ta minlash va foydalanuvchini kompyuter bilan qulay muloqot qilishiga imkoniyat yaratish funksiyalarini mujassamlashtiradi. Amaliy dasturiy ta minot Amaliy dastur ta minot (application software) bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo ljallangan va do stona foydalanuvchi interfeysiga ega bo lgan dasturiy ta minotdir. Amaliy dasturiy ta minot kompyuterning apparat ta minoti bilan bevosita o zaroaloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin. Uskunaviy dasturiy ta minot Uskunaviy dasturiy ta minot yuqori darajali dasturlash tillari bo lib, ular dasturiy ta minotlar, shu jumladan tizimli, amaliy va oraliq dasturiy ta minotlar ishlab chiqishga mo ljallangandir. Uskunaviy dasturiy ta minotga, yangi dasturlar yaratish uchun qo llaniladigan intrumental vositalar mansub bo ladi. Masalan, S++, QuickBASIC, Pascal, Vizual Beysik Delphi va boshq. Oraliq dasturiy ta minot Oraliq dasturiy ta minot (middie ware) bu o z dasturiy interfeysiga ega bo lmagan dasturiy ta minotning maxsus sinfi bo lib, kompyuterni apparatli qismi bilan o zaroaloqani tizimli ta minotning dasturiy interfeysi orqali amalga oshiruvchi ta minotdir. Oraliq dasturiy ta minot, u tizimli va foydalanuvchi oralig ida joylashuvchi ta minotdir. Oraliq dasturiy ta minotlar foydalanuvchilar bilan bevositazaroaloqa qilmaydi, shu boisdan ularni foydalanuvchi dasturlari turiga kiritib bo lmaydi. Oraliq dasturiy ta minotlar mijoz dasturiy ta minotlari tarkibiga, ular bilan o zaroaloqani ta minlash uchun kiritilgan, o z navbatida mijoz dasturiy ta minotlari amaliy dasturiy ta minotlarga mansubdir. Ma lumotlar bazalari serverlari, boshqa server dasturlari, server ilovalar va boshqa server dasturlari oraliq dasturiy ta minotlarga mansub bo ladi. Dasturiy ta minotning asosiy vazifalari Tizimli dasturiy ta minot Amaliy dasturiy ta minot kompyuterlarda bevosita foydalanuvchi uchun zarur bo lgan vazifa-larni amalga oshiruvchi dasturlar Instrumental dasturiy ta minot komyuterlar uchun dasturiy mahsulotlar va ilovalar ishlab chiqishning dasturiy vositalari kompyuter resurslarini boshqarish; foydalaniladigan axborotlarni nusxalarini saqlash; kompyuterni ishlash imkoniyatlarini tekshirish; kompyuter hakida ma lumotnomali axborotlarni berish va b. 4.5-rasm Kompyuter amaliy dasturiy ta minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi Amaliy dasturiy ta minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur bu istalgan aniq bir dastur bo lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo ljallangan bo ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyin ham aniq yo nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta minlanishida alohida yetkazib beriladi, o zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dasturiy vositalarning sinflanishi 1 Matn prosessorlari 2 Matn prosessorlari 3 Grafik muharrirlar Rastrli muharrirlar Vektorli muharrirlar Uch o lchamli muharrirlar (3D animatorlari) Ma lumotlar bazasini boshqarish tizimi Elektron jadvallar Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD) Stol usti nashryot tizimlari 8 Ekspert tizimlari 9 Veb-muharrirlar Brauzerlar (sharhlovchilar, Web-vositalari) Ish yuritishning integrallangan tizimi 12 Buxgalteriya tizimlari 13 Moliyaviy analitik tizimlari 14 Geoinformasion tizimlar Videomontaj tizimlari rasm Amaliy dasturlar paketi va ular yordamida yechiladigan masalalar turkumi Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o zaro bog langan dasturlar majmui. 1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo llaniladi.
)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo llaniladi. 3)Umumyo naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo llab-quvvatlovchi tizimlar. Amaliy dasturlar paketi va ular yordamida yechiladigan masalalar turkumi Muammoli - yunaltirilgan Loyihalashni avtomatlashtirish Umumyo naltirilgan Ofisli Stol usti nashriyot tizimlari Su niy intellekt tizimlari 4.7-rasm. 4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta minlaydi. U o zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi. 5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo lgan matn prosessorlari. 6) Su niy intellekt tizimlari. U o zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo llabquvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun mo ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o tish mumkin: matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari; grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari; katta o lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari; telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari; berilganlar bazasini boshqarish tizimi; ma lumotli-qidirish tizimlari; su niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari; avtomatlashtirilgan o qitish tizimlari; ma lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari; matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari; avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari; tarkibiga muammoga mo ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Do'stlaringiz bilan baham: |