11. Iqtisodiy o`sish: Kapitalning jamg`arilishi va aholining o`sishi.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
B unda joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi:
Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib, aholining o’sishi, ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar bilan bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki iqtisodiyot potentsialining o’sishini ham bildiradi.Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek,jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi. Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Amaliyotda iqtisodiy o’sishning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: haqiqiy va potentsial.
Haqiqiy iqtisodiy o’sish - bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqiy yillik ko’payishidir.
Potensial iqtisodiy o’sish – bu iqtisodiyot o’sishi mumkin bo’lgan tezlikdir.Potensial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: resurslarning ko’payishi; samaradorlikni oshishi.
12. Tovuqgo‘shtivamolgo‘shtiningkesishgantalabelastikligiKEt=+0.28 gatengbo‘lsin. Agar molgo‘shtiningnarxi 20 foizgako‘tariladiganbo‘lsa, tovuqgo‘shtigabo‘lgantalabnechafoizgaoshishinianiqlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |