1.Yuza to‘lqinsimonligi. yuza g’adir–budurligining asosiy parametrlari profiliogrammasi. Profil’ notekisliklar shakli bilan bog’liq g’adir–budirlikning parametrlari. Profilning uzunligi hr-bazaviy uzunlik chegaralaridagi m orta chiziqqa ekvidistant chiziq bilan profil parametrlaridagi berilgan r sathda kesiladigan bi bolaklar uzunliklarining yig’indisi
2.Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish. Xalqaro standartlashtirish — standartlashtirish, unda ishtirok etish Jahondagi barcha mamlakatlarning tegishli organlari uchun ochiq hisoblanadi
Standartlashtirish deganda haqiqiy va potensial vazifalarga nisbatan umumiy va takroriy qoʻllash qoidalarini belgilash orqali maʼlum bir sohada tartibga solishga erishishga qaratilgan faoliyat holatlari tushiniladi. Ushbu faoliyat standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va qoʻllashda keng qoʻllaniladi.
Xalqaro standart xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan standartdir. Standart mahsulot, foydalanish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish xususiyatlarini belgilaydigan hujjatdir sanaladi. Standart shuningdek, terminologiya, belgilar, qadoqlash, markalash yoki yorliqlarga qoʻyiladigan talablarni va ularni qoʻllash qoidalarini oʻz ichiga olishi ham mumkin. Amalda xalqaro standartlar deganda koʻpincha ilmiy-texnika jamiyatlari tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoning turli mamlakatlarida norma sifatida qabul qilingan mintaqaviy standartlar va standartlar ham tushuniladi.
Xalqaro standartlashtirishning maqsadi va vazifalari
Xalqaro standartlarning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda yangi sifat tizimlarini ishlab chiqish va mavjud sifat tizimlarini takomillashtirish va ularni sertifikatlash uchun yagona uslubiy asosni yaratishdan iborat. Standartlashtirish sohasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik milliy standartlashtirish tizimini xalqaro, mintaqaviy va progressiv milliy standartlashtirish tizimlari bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan. Xalqaro standartlashtirishdan dunyodagi qoloq mamlkatlar ham va rivojlangan davlatlar ham birdek manfaatdor sanaladi.
Xalqaro standartlashtirish maqsadlari:
Turli mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifat darajasining yaqinlashishi;
Murakkab mahsulotlar elementlarining oʻzaro almashinishini taʼminlash;
Xalqaro savdoni rivojlantirish;
Ilmiy-texnikaviy axborotni oʻzaro almashish va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga koʻmaklashish.
Mahsulot, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarning texnik darajasi va sifatiga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish sohasidagi normalar, talablar va usullarni belgilash, ishlab chiqarishning ilgʻor usullarini joriy etishni jadallashtirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulotlar va turlar, markalar va oʻlchamlarning mantiqsiz xilma-xilligini yoʻq qilish;
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning eng muhim sharti sifatida sanoat mahsulotlarini unifikatsiyalash va agregatsiyalashni rivojlantirish; ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, bir-birini almashtirish darajasini oshirish, mahsulotlarni ishlatish va taʼmirlash samaradorligini oshirish;
3.Teshiklar, burchaklar, kesmalarni o‘lchash uchun vositalar. Teshiklar, burchaklar, kesmalarni o‘lchash uchun vositalarBurchaklarni o‘lchash va nazorat qilish uchun burchak plitkalari, burchakliklar, kalibrlar, shablonlar va prizmalar, shuningdek, burchakni o‘lchovchi asboblar shaklidagi burchak o‘lchovlari qo‘llaniladi, burchakni o‘lchovchi asboblarda o‘lchanadigan burchak asbobning tegishli shkalasining va burchak mohiyatini trigonometrik funksiyaning hisoblanishi bilan topiladigan trigonometrik asboblar mohiyati bilan solishtiriladi.Mashinasozlikda kesmaning aniqligini baholash uchun kompleks nazorat qo‘llaniladi, u bir-biriga qo‘shiladigan kesmalarning buralish uzunligi bo‘yicha bir-biriga tegib turadigan konturlariga rioya qilinishini ta’minlaydi, bunda ayni bir vaqtda o‘rtacha diametr, qadam, ichki va sirtqi diametrlar tekshiriladi. Nazoratning ushbu turi kesmali birikmaning berilgan xarakterini belgilaydi, bunda u kesmaning buralish uzunligi bo‘yicha o‘rtacha diametriga jami yo‘l qo‘yiladigan o‘lchamni saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |