1. Yuridik shaxslar tushunchasi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilar va foyda solig’i ob‘ekti


Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi



Download 18,87 Kb.
bet3/4
Sana30.12.2021
Hajmi18,87 Kb.
#196955
1   2   3   4
Bog'liq
shixi 1 s

2. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi.

Jami daromad tarkibiga yuridik shaxs tomonidan olinishi lozim bo’lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat haqlari sifatidagi pul va boshqa mablag’lar yoki qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag’lar kiradi.

Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga:

-tovarlar (ishlar,hizmatlar)ni realizatsiya qilishdan (sotishdan) olinadigan daromadlar;

-boshqa daromadlar kiradi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan,shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar hisoblanadi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo’natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.

Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo’lgan haq summasi tushuniladi.

Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini 129-moddasiga ko’ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi.



Yuridik shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:

1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi boyicha birlashtiriladigan mablag’lar;

2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda) yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda,shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlanayotganda ustav jamg’armasiga (kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

3) oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo’lingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

4) realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo’nak) tarzida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

5) qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta‘minlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tadigan paytga qadar;

6) byudjetdan berilgan subsidiyalar;

7) agar mablag’larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o’tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa, tekin olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;

8) olingan grantlar va insonparvarlik yordami;

9) O’zR 30.12.2009y.O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 9-band o’z kuchini yuqotgan.

10) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta‘minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko’ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag’lar;

11) sug’urta shartnomalari boyicha sug’urta tovoni tariqasida olingan mablag’lar;

12) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko’rsatish yuzasidan boshqa shartnoma boyicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk(haq to’lovi bundan mustasno);

13) ijaraga (lizing) beruvchi ijara (lizing) to’lovining qismi tariqasida olgan moliyaviy ijara(lizing) ob‘ekt qiymatining qoplamasi;

14) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko’rsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar;

15) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub‘ekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag’lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablag’lar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;

16) investor va davlat mulkini boshqarish boyicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.

O’zbekiston Respublikasidagi to’lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi.

Qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) boyicha, shuningdek ob‘ektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog’ida shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq to’lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko’rsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati daromadga qo’shiladi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda) aniqlanadi.



Download 18,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish