18. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi?
1) tush…nmoq; 2) tug‘…lmoq; 3) qur…lmoq; 4) tush…rmoq;
5) yug…rmoq
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 5
19. Qo`shma gapni tashkil etgan har bir sodda gap tarkibida bitishuvli so`z birikmasi qatnashgan qo`shma gapni aniqlang.
A) Dunyoda yaxshi kitoblar ko`p, ammo bu kitoblar uni
o`qiganlar uchun yaxshidir.
B) Men faqat shuni aytmoqchimanki, odam hamma vaqt bilimga
tashna bo`lishi kerak.
C) Goh yuraklar simobday qalqiydi, goh tilga gap kelmaydi.
D) Komila indamadi, uning hamisha quvnoq ko`zlari allaqanday
ma‘yuslandi
20. Qaysi adib o`z asarlaridan birida safar foydalari haqida yoza turib, uni: «Kishilarni olamajoyibotlaridan bahramand qiladi, mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram
qiladi», deya izohlaydi?
A) Abay («Nasihatlar»)
B) Yusuf Xos Hojib («Qutadg‗u bilig»)
C) Alisher Navoiy («Mahbub ul-qulib»)
D) Rabg`uziy («Qisasi Rabg`uziy»)
21. Ota o`zga yurtga otlangan o`g`lini ko`rib chuqur qayg`uga botadi. «Yolg`iz bola yovdan yomon», uzoqroq bozorga yuborgisi kelmaydi. Ota «o`g`lining jamoliga, novdaday
o`sgan kamoliga ko`zi to`ymay, ... yolg`iz bolasidan ayrilib qololmay», «Axir mening uyimni motamxona qilib, meni tashlab ketar ekansan-da», - deb qiynaladi, biroq mard emasmi,
«Kel, tavakkal-da», - deb nasihatlar qilib oq fotiha beradi.
Xalq dostonlarining biriga oid voqea bayoni berilgan ushbu parchada fikr yuritilgan ota nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) Boybo`ri B) Hasanxon C)Qilichxon D) Qoraxon
22. Qaysi javobda Shuhratning faqat balladalari berilgan?
A) «Orzu va qasos», «So`lmas chechaklar», «Mehrol»
B) «Mardlik afsonasi», «Jannat qidirganlar», «Mashrab»
C) «Ona va farzand», «Mehrol», «Farzand»
D) «Guldursun», «Uch qiz afsonasi», «Qora va oq aravacha haqida ertak»
23. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarini o‘qib, “sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi”gan asar yozgani bilan tabriklagan edi? A)“Cho‘l havosi B)“Dunyoning ishlari” C)“Urushning so‘nggi qurboni” D)“Ikki eshik orasi”
24. Onasining vafot etishi otasining falaj bo’lishi sababli ota kasbi maxsido’zlik , kosiblik qilgan shoir?
A) Uvaysiy B) Zavqiy
C) Maxtumquli D) Ogahiy
25. Kim yozgan? “Biling ushbu zamon g'amnokidurman... boshin olmoqqa xoning pokidurman”
A) Anbar Otin B) Avaz O’tar
C) Dilshodi Barno D) Munis
26.Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir
B) Bektemir, Ochil buva, Nizomjon, Qoratoy
C) Bektemir, Nizomjon, Ochil buva, Mutal
D) Nizomjon, To'lanboy, Bektemir, Akbarali
27. Tariqatga kirgan odam tasavvufda qanday ataladi?
A) pir, so’fiy B) darvesh, murid, pir
C) solik, darvesh D) pir, murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |