1. Yuqumli kasalliklar fanining hozirgi davridagi tutgan o’rni


Kasallikning rivojlanish davri



Download 19,13 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi19,13 Kb.
#262517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Kirish

Kasallikning rivojlanish davri ushbu xastalik uchun xarakterli bo'lgan simptomlarning yaqqol darajada ifodalashi bilan xarakterlanadi.

Kasallikning rekonvalensenssiya davri uchun klinik alomatlarning susayib borishi va organizmning buzilgan funktsiyalarining tiklashi xarakterlidir. Ushbu davrda ba'zi yuqumli kasalliklarda qaytalanish (retsidivlar) kuzatiladi. Masalan, psevdotuberkulez (soxta sil) uchun qaytalanishlar juda xarakterlidir, ba'zan ushbu davrning o'zi retsidivlar davri deb ataladi. Kasallikning uni keltirib chiqargan qo'zg'atuvchi bilan qaytalanishi esa reinfektsiya degan tushunchani o'z ichiga oladi.

Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasida qo'zg'atuvchilarning soni hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bitta qo'zg'atuvchi sabab bo'lgan yuqumli kasalliklar monoinfektsiya, bir necha xil qo'zg'atuvchilar keltirib chiqargan xastaliklar esa aralash yoki mikstinfektsiyalar deb ataladi. Bu o'rinda odam organizmining ikki yoki undan ortiq qo'zg'atuvchilar bilan munosabati ancha murakkab ekanligini ta'kidlab o'tmoq darkor. Oxirgi yillarda mikstinfektsiyalar bo'yicha (virusli gepatitlarning ich terlama, bezgak, amebiaz yoki boshqayuqumli kasalliklar bilan kechishi) nazariy va amaliy ma'lumotlar ko'payib bormoqda.

Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasiga boshqacha yondoshish – ularni ekzogen yoki endogen (autoinfektsiya) shakllarga bo'lishdir. Aksariyat yuqumli kasalliklar ekzogen hisoblanib, qo'zg'atuvchining bemor organizmiga tashqaridan kirib tushishi bilan xarakterlanadi.

Organizmning o'zining sharli-patogen florasi sabab bo'lgan infektsiyalar endogen hisoblanib, ular mustaqil tarzda namoyon bo'lishi mumkin. Autoinfektsiya ko'pincha mushaklarda, yo'g'on ichakda, bronxlarda, o'pkada, saydik ajralish yo'llarida, teri qatlamlarida organizmning himoya kuchlari susaygan hollarda kelib chiqadi.

Yuqumli kasalliklarning kontagiozligi (yuqish darajasi) ekzogen infektsiyalar quyidagi guruhlarga bo'linadi:

- kontagioz yoki yuqumli bo'lmagan yuqumli kasalliklar (psevdotuberkulez, botulizm, stafilokokk enterotoksini bilan zaharlanish, bezgak va boshqalar),

- kam kontagioz yuqumli kasalliklar (yuqumli mononukleoz, ornitoz, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, brutsellyoz),

- kontagioz yuqumli kasalliklar (dizenteriya, gripp, ich terlama va boshqalar),

- o'ta kontagioz (chin chechak, maymun chechagi, vabo, o'lat).




Download 19,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish