Forslar Afinani o’zlarining eng kata dushmani xisoblaganlar. Eramizdan avvalgi 490-yilda Gretsiyaga qarshi ikkinchi yurish boshlangan. Bu yurishdan maqsad avvalo Eretriya va Afinaga qarshi urush ochish bo’lgan. Endi Eron floti tajribali qomondon Datis va podshoning jiyani Artaferi boshchiligida Kilikiya qirg’oqlaridan suzib ketgan, Egey dengizini kesib o’tib, Evbeyaga desant tushurgan va Eretriyani tor-mor qilgan. Songra Eron floti Attikaga qarab yo’l olgan. Forslar bilan birga kemada suzib brogan va Afinaga yana qaytishni umid qilgan sobiq Afina tirani Gippiyning maslaxati bilan Datis o’z qo’shinlarini Attikaning shimoli-sharqiy qirg’og’iga, Afinadan 42 kilometr berida tushirgan.
Eron flotining urush xarakatlari xaqidagi xabarlar garchi Gretsiyada tez tarqalgan bo’lsada, ular dushmanga yaqinlik bilan zarba berish uchun greklarni safarbar qilmaganlar. Aristokret guruhlari forslarning kayfiyatini izhor qilganlar. Afinaning o’zida esa ag’darib tashlangan tiran Gippiyning tarafdorlari bo’lgan. Lekin Afina demosining juda ko’pchiligi o’z vatanining to’la mustaqilligi va yaqinda aristokratiya bilan tiraniya ustidan qozonilgan g’alaba natijasida qo’lga kiritilgan sotsial-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni saqlash uchun matonat bilan qattiq turgan.

Forslarning Yunonistonga qarshi uchinchi yurishi.
Gerodotning xabar qilishicha, Gretsiyaga go’yo yordam kuchlari bilan birga 5.283.220 kishidan iborat armiya hujum qilgan. Albatta, bu juda mubolag’a. Xaqiqatda esa o’sha vaqtda Kserks ko’p bo’lganda 150 ming kishi to’plashi mumkin bo’lgan. Ammo shu xam misli ko’rinmagan juda kata kuch bo’lgan. Kserks o’z yurishining to’la g’alabasiga ishonchi komil bo’lgan va shuning uchun u yurish oldidan ko’rayotgan tayyorgarligini yashirmagan.
Gretsiyada urush oldidan xammani tashvish bosgan va bu tashvish grek polislarining ko’pini o’zaro urush-talashni to’xtatishga va birlashishga majbur etgan. Eramizdan avvalgi 481-yilda Afina bilan Sparta o’rtasida ittifoq tuzilib, bu ittifoqqa boshqa grek davlatlarining anchasi qo’shilgan. Lekin shunday bo’lsada birlik bo’lmagan. Xatto Attikada bir to’da aristokratlarning fitnasi ochilgan edi. Bu aristokratlar Afinada xokimiyatni qo’lga olmoqchi va forslarga itoat qilishni izhor etmoqchi bo’lganlar.