Yunon – fors urushlari Tayyorladi: I-bosqich, 21.68 guruh
Talabasi Shahbozbek Norxo’jayev
1. Yunon-fors urushlarining boshlanish sabablari.
2. Forslarning Yunonistonga qarshi birinchi yurishi.
3. Forslarning Yunonistonga qarshi ikkinchi yurishi.
4. Forslarning Yunonistonga qarshi uchinchi yurishi.
5. Birinchi Afina dengiz ittifoqining tashkil topishi va urushning yakuni.
6. Yunon-fors urushlariga oid manbalar.
REJA:
Yunon-fors urushlarining boshlanish sabablari.
Eramizdan avvalgi VI – asrning o’rtalarida paydo bo’lgan va eramizdan avvalgi VI – asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharqdagi hamma davlatlarni zabt etgan ulkan Eron davlati Podsho Doro I davrida, eramizdan avvalgi VI – asrning oxirlarida, o’z qudratining cho’qqisiga yetgan. Doro I davrida g’oyat kata davlatni idora etish sistemasi tashkil etilgan, qo’shinlar harakat qiladigan strategik va savdo yo’llari takomillashtirilgan, istilo qilingan qabilalar va xalqlardan muntazam ravishda tushib turadigan boj-xirojlar Eron poytaxtlariga tashilgan. Kichik Osiyoning grek shaharlari aholisi Eron soliq sistemasidan ko’p jafo ko’rgan. Forslar tomonidan qo’yilgan zolim hokimlarning vazifasini suiste’mol qilishi aholining og’ir ahvolini yanada battaroq og’irlashtirgan. Shunday qilib, bu vaziyat asta sekin aholining sal baxona bilan qo’zg’olon ko’tarishlarigacha yetib borgan
Bunday keskin vaziyatda ichki kurash natijasida Naksos orolida aristokratiya ag’darib tashlangan va quvib yuborilgan. Naksos aristokratlari esa Ioniyaga qochganlar. Ion qo’zg’oloni forslar uchun kutilmagan hodisa bo’lgan, ularning kichik Osiyoning g’arbiy qismida yetarli harbiy kuchlari bo’lmagan va qo’zg’olonchilar buni tushunib yetkanlar. Aristogor yordam so’rash uchun Bolqon Gretsiyasining shaharlariga jo’nab ketgan. Lekin Eron bilan to’qnashuvdan qo’qqani uchun Afina aslida faqat rasmiy yo’sindagina yordam berishga rozi bo’lgan.