TAYANCH TUSHUNCHALAR: Nerv tizimi- tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi Miya-yuqori tashkil etilgan materiya Endokrin tizimi- markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan. Instinkt- u yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor. Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.