1. Yozuv haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar



Download 13,62 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi13,62 Kb.
#766664
Bog'liq
Mavzu Til va y-WPS Office



Mavzu: Til va yozuv. O’zbek yozuvlari tarixi.O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari
Reja:
1. Yozuv haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar.
3. Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etilishi.
4. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari.

Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko’rinishi va nutq yordamida


boshqalarga ma‘lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u
umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo’ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo’ladi.
Har kim o’z qobiliyati, so’z boyligi, savodi hamda nutq a‘zolariga qarab gap
tuzadi. Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishgaxizmat
qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq bo’ladi. Nutqning umri esa
qisqa. Og’izdan so’z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo’lmaydi. Shuning
uchun,nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo’yiladi: o’ynab gapirsang ham,
o’ylab gapir.
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. U kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Yozuvning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalklarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ichki va savdo kengayadi; boshqa xalklar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat ogʻzaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv ogʻzaki nutqqa nisbatan ikkilamchi, qoʻshimcha aloqa vositasi boʻlsada, unga qaraganda koʻp afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qoʻlga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita Yo. orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, soʻz sanʼati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga Yozuv orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuvham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuvkishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq, va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chigʻanoklardan foydalanilgan, tayoklar, daraxtlarga har xil iplar bogʻlash, tugunlar tugib qoʻyish va b. vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzok, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qoʻllangan. Xabarni uzok, vaqt saqlash uchun ramziy maʼno berilgan buyumlardan foydalanilgan: qoʻrgʻon – marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz — doʻstlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi va b. "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham baʼzan saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qoʻymaslik uchun roʻmolchaning uchini tugib qoʻyish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) Yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan yozuv oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy sanʼat ikki yoʻnalishda – umuman, rasmlar va muayyan axborot vositasi, yaʼni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda koʻpchiligidagi "yozmoq" maʼnosidagi soʻzlarning etimologiyasiga eʼtibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday soʻzlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan bog`liq holda namoyon boʻladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmoq" tushunchasi "bit(i)moq" feʼli ("bitik" — yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu feʼlning oʻzagi xitoycha "bi" (moʻyqalam) soʻzi bilan aloqador boʻlib, dastlabki maʼnosi "oʻymoq, oʻyib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisati" (rus. "pisat" — "yozmok,") feʼlining maʼnosi ham dastlab moʻyqalamda rasm chizish bilan bogʻliq boʻlgan (rus. "jivopis" — rangtasvir soʻzi bilan qiyoslang). Bu feʼlning oʻzagi lot. "pingere" (rasm solmoq) soʻzi bilan aloqadordir, "pisati" feʼlining dastlabki maʼnosi, koʻrinadiki, "rasm solmoq", "bezamok,"dan iborat boʻlgan. Gotcha "melian" (yozmoq) feʼlining dastlabki maʼnosi ham moʻyqalamda "rasm solmoq" boʻlib, bu feʼl hoz. nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" maʼnosida qoʻllanadi. Yunon tilidan koʻpgina tillarga oʻtgan "grafika" soʻzi ham etimologik jihatdan oʻyish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar Yo.ning rasm bilan benihoya bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatadi, yozuv jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qad. davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qam rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos boʻlgan deyish mumkin. Piktografiyaning ogʻzaki til bilan bogʻliq boʻlmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini taʼmin etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yoʻl qoʻygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin boʻlmagan. Yozuv belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan soʻzlarning ifodachilariga aylanadi, bu yozuv "soʻz yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha boʻlgan davrda shakllangan. Haqiqiy maʼnodagi yozuv tizimlari dastlab Qadimgi Sharkda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi boʻgʻin Yo.i boʻlib, u mil. av. 2ming yilliklarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda boʻgʻinlar soni ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (xind) yozuv boʻgʻin yozuvidir. Harf-tovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob boʻlgan. Bu yoʻnalishdagi ilk yozuv finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo boʻlishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan.
kelmasligidan qat‘i nazar, islom dini kirgan joylarda keng tarqalgan. Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab O’rxun va Enasoy (Shimoliy
Mo’g’uliston) daryolari bo’ylarida topilganligi uchun ularni O’rxun-Enasoy
yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlar G’arbiyYevropa run yozuvlariga
o’xshash bo’lganligi uchun ularni runik yozuvlar nomi bilan ham yurgizdilar.
XIX asr oxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‗ur
yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg’ur yozuvi yodgorliklari ham
Markaziy Osiyo territoriyasida topildi. X-XV asrlarda yaratilgan bu
yodgorliklarning ko’pchiligi eski o’zbek tilida yozilgan.
Ma‘lum tarixiy sabablarga ko’ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining
yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin, bir qancha asrlar davomida arab
yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning)
yozuvlari ham ishlatilganligi ma‘lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan
Qutadg’u bilik (XI asr), Hibbatul-haqoyiq (XII asr) asarlarigina emas, balki
Qadimgi uyg’ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi
Yusuf Xos Hojibning Qutadg‗u bilik asaridir ( Vena nusxasi ).
Ahmad Yugnakiyning Hibbatul-haqoyiq asari, Xorazmiyning
Muhabbatnomasi, Me’rojnoma (XIV asr), Lutfiy va boshqa
shoirlarning ayrim she’rlari, To’xtamishxon va Temur Qutlug’ning
yorliqlari mana shu uyg’ur alifbosida bitilgan.
Qanday bo’lmasin, arab yozuvi mahalliy xalqlarning tiliga mos kelish
Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi turk tillari yodgorligi ( Qutadg’u
bilik‖ning uch nusxasidan ikkitasi, Mahmud Qoshg’ariyning Devonu lug’otit
turk asari) XI asrga taalluqlidir. O’zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan
yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alifbosidadir.
O’zbek xalqi tarixida yaratilgan juda ko’p yodgorliklarni har tomonlama
O’rganish, umuman, xalqimiz madaniyatini, adabiyotini, tarixini o’rganish uchun
arab yozuvini bilishimiz zarur bo’ladi. Arab alifbosiga asoslangan yozuv
xalqimizning ming yillik tarixi davomida qo’llanib keldi va 1930 -yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rus alifbosiga o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’zbek
tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to’la ifodalay oladigan yozuvga alifboga o’tish zaruriyati tug‗ildi.
1993-yil 2-sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Lotin
yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida Qonun qabul qildi.
Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi
ba‘zi harflar jahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga kirishimizda
ma‘lum qiyinchiliklar tug’dirish mumkinligi hisobga olinib lotin yozuviga
asoslangan o’zbek alifbosini joriy etdi.
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 29 harf bo’lib, shulardan
6 tasi unli harf, qolgan 23 tasi undosh harf va bitta (’) belgisidan iborat. Bu belgi, asosan, arab tilidan kirib kelgan so’zlarda ko’p uchraydi(ma’rifat, ma’naviyat, ma’no kabilar). Undosh harflardan 3 tasi harfiy birikma hisoblanadi: sh, ch, ng. 2 tasida tepa belgisi mavjud: o‘, g‘.
Yozuvning turlari:
Pitografik (lot. pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman) yozuv rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi.
Ideografik (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman ) yozuvni “tushunchaviy yozuv” desa bo‘ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi.
Iyeroglifik (yun. hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar) yozuv ideografik yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik yozuvda qo‘llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi.
Fonografik (yun. phone – tovush, grapho – yozaman degani) yozuv eng mahsuldor yozuv sifatida yuzaga keldi, chunki bu yozuv tilning fonetik tomonlarini ham aks ettirishga imkon yaratdi. Buning mohiyati shundaki, endi so‘zlar bo‘g`inlarga bo‘linib, har bir bo‘g`in ayrim iyeroglif yordamida ifodalangan.
Mixxat. Eramizdan oldin VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan yozuv (namunasi oldingi bo‘limda berilgan).
Oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi asosida eramizdan oldin 1-ming yillikda oromiy davlatida shakllangan consonant yozuvdir. Uning namunalari oromiylar shohi Farasman tomonidan chiqarilgan tangalar orqali bizgacha yetib kelgan.
Yunon va karoshta yozuvlari. Eramizdan oldingi III-I asrlarda ishlatilgan yozuvdir.
So‘g`d yozuvi. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv.
Xorazm yozuvi. II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi chiqargan tangalarda uchraydigan yozuv bo‘lib, oromiy yozuviga o‘xshash bo‘lgan.
O‘rxun-enasoy yozuvi. Namunalari Mo‘g`ulistonning O‘rxun (yoki O‘rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan topilgan yozuv.
Uyg`ur yozuvi. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo‘g`ullar tomonidan qo‘llangan yozuv.
Download 13,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish