ITUZUMDOSHLAR OILASI – SOLANACEAE
Bu oilaga asosan tropik zona oblastlarida o‘sadigan o‘tlar, buta va daraxt o‘simliklar kiradi. O‘rta mintaqa oblastlarida faqat o‘tsimon turlari uchraydi. Bu oilaga taalluqli tur soni 1700 dan ortiq.
Ituzumdoshlar o‘simliklarining bargi butun yoki kertiklangan bo‘lib, poya va novdalarda navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashadi. Yon bargchalari yo‘q.
Gullari odatda to‘g‘ri tuzilishli, ikki jinsli, gul qismlari 5 tadan bo‘lib yakka-yakka yoki gajak shaklida to‘pgul holda bo‘ladi. Gultojisi o‘zaro qo‘shilishib ketgan 5 ta tojbargdan iborat; changchisi 5 ta gultoj bargi bilan navbatlashib joylashadi. Urug‘chisi 2 ta meva bargchadan tashkil topgan. Urug‘chi tugunchasi ustki, ikki uyali, buning tevaragini 5 bo‘lakli shiradon xalqa shaklida o‘rab olgan. Mevali ko‘sakcha yoki rezavorlardir. Urug‘larida endosperm bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Tarkibida alkoloidlar bo‘lganidan ituzumdoshlar zaxarli hisoblanadi.
O‘rta mintaqa zonasida ituzumlarning quyidagi turkumlari ko‘p bo‘ladi: ituzum – Solanum, pomidor - Lycorersicon, tamaki – Nicotiana, qalampir – Carsicum, bangidevona – Datura.
Ituzumdoshlar oilasiga kartoshka - Solanum tuberosum, pomidor - Lycorersicon esculentum, baqlajon - Solanum melongena, qalampir – Carsicum annum, tamaki - Nicotiana tabacum, maxorka - Nicotiana rustica kiradi Pomidor Lycopersicon esculentum ) ovqatga ko'p ishlatiladigan sabzavodlardan. Uning vatani Peru.
Qalampir (Capsicum annuum) mevasi vitamin «A», «S» ga boyligi jihatidan sabzavod ekinlari orasida birnchi o'rinda turadi.
Fizalis (Physalis) ning O’zbekistonda 4 ta turi o'sadi. Chingil (Lycium barbarum) esa manzarali o'simlik sifatida ekiladi.
Chilim tamakisi (Nicotiana tabacum) va maxorka Nrustica ham bargi uchun ekiladi. Tamakilar tarkibida zaxarli nikotin alkaloidi bo'ladi.
Kartoshka (Solanum tuberosum):A-gulli novda; B-gul (kosacha barg tomonidan ko‘rinshi) va uning kesigi: D-gul diagrammasi; E-meva (rezavor).
Sigirquyruqgullilar qabilasi-Scrophulariales
O’t, yarim buta, qisman buta va daraxtimon o’simlik. Barglari oddiy navbatlashib yoki qarama-qarshi, qisman xalqa shaklida joylashgan bandsiz. Gullari timos gulli to’plamalarida qo’sh jinsli yoki qisman bir jinsli zigomorf, gulqo’rg’oni 5 yoki ayrim hollarda 4 azoli kosacha barglari bir qadar tutash toj barglarini tutash nay shaklida changichlari gultoj bargi bilan tutash, ginesiy kupincha ikki meva bargidan shakilanadi, tugunchaci ustki eki kismanyarim ostki, gul kurg’onining botik kismida urnashgan. Mevasi kusakcha yoki ayrim xollarda danak, qisman shirali meva urug’i endocpermli.
Do'stlaringiz bilan baham: |