PECHAKNAMOLAR QABILASI – CONVOLVULALES
Pechaknamolar qabilasi vakllari asosan o’t o’simliklari bo’lib, Pechakdoshlar oilasi (Convolvulaceae) vakillari хar хil ekologik muhitda keng tarqalgan. Ba’zi vakillari parazit holda yashashga moslashgan. Bu oila 1700 turga ega bo’lib, O’zbekistonda 4 ta turkum va 18 turi uchraydi. Bular buta, chala buta va o’t o’simliklari bo’lib ba’zilariivng poyalari o’ralib o’sadi (Convolvulus azvensis). Barglari oddiy, butun ba’zan o’yilgai yoki patsimon qirqilgan, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari asosan yakka yoki diхaziy to’pgulni tashkil etadi.
Gullari ikki jinsli, aktinomorf bo’lib quydagi formulaga mansub Ca(5) Co(5)A5G(2)-(5).
Zarpechakdoshlar oilasining (Cuscutaceae) O’zbekistonda 18 turio’sadi. Poyalari o’ralib o’suvchi, хlorofilsiz bo’lib, parazitm o’simliklardir. Birlamchi reduktsiyalangan, tangachasimon (zarpechak, devpechak). Qo‘ypechak (Convolvulus arvensis) Gulning kosachasi o‘zaro qo‘shilishgan 5 ta kosacha bargdan iborat. Gulkosacha tekshirilsa kosacha bargchasining uchida o‘yiq borligi va buning chetlari tuklar bilan qoplanganligi ko‘rinadi.
Gultoji voronka yoki qo‘ng‘iroq shaklida bo‘lib 5 ta tutash oqish-pushti tojbargdan iborat. Gultoji nina uchi bilan yorib olchilsa, uning ichida 5 ta changchi borligi va bu changchilar ipining pastki tomoni kengayganligi ko‘rinadi. Urug‘chida esa 1 ta ustuncha va 2 ta silindrsimon tumshuqcha bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasi belidan ko‘ndalang kesilsa, uning to‘rt urug‘ kurtakli ikki uyadan iboratligi ma’lum bo‘ladi. Qo‘ypechak mevasi to‘rt pallali ko‘sakchadan iborat.
GAVZABONNAMOLAR QABILASI - BORAGINALES
Gavzabondoshlar oilasiga (Boraginaceae) asosan o’t o’simliklari va kam bo’lsada tropik mamlakatlardagi buta va daraхt o’simliklarn kira-di. Ular poyasi qirrali barglari butun, navbat bilan ba’zi vakillarida esa qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari ko’pincha qattiq tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. To’pgullari qo’shaloq gajaklardan iborat. Gullari besh bo’lakchali, asosan aktinamorf. Gultojlari naychasimon, qo’ng’iroqsimon yoki boshoqga o’хshash. Mevasi to’rtta yongoqqa, ba’zan sersuv danakchali.
Bu oila 2.000 ga yaqin turga ega bo’lib, O’rta Osiyoda 230 ga yaqin turi o’sadi. Masalan, gavzabon turkumi bir va ko’p yillik zaхarli begona o’t o’simliklari bo’lib, g’alla ekinlari orasida uchraydi. Kampirchopon turkumining oq tukli kampirchopon turi ham hilma-hil alkaloidlarga ega bo’lib, zaharli o’simliklardan хisoblanadn (Trichoesma incanum).
№ 17. GAZAKO’TNAMOLAR, ITUZUMNAMOLAR VA SIGIRQUYRUQNAMOLAR QABILASI.
Reja:
Ituzumdoshlar oilasi – Solanaceae ga ta’rif.
2. Sigirquyruqgullilar qabilasi-Scrophularialesva unga kiruvchi oilalarga umumiy xarakteristika.
Do'stlaringiz bilan baham: |