YONG’OQNAMOLAR QABILASI – JUGLANDALES
Daraxtlar, qisman butalardan iborat. Barglari toq patsimon yoki uchtalik murakkab, yonbargchasiz, efir moylari ajratadi. Yog’ochlik naylari oddiy yoki narvonsimon perforatsiyali. Gullari mayda, ko’rimsiz, bir jinsli, tojbargsiz. Changchili to’pgullari osilib turadigan kuchalar, urug’chi gullari esa bir nechtadan, serbarg novdaning uchida o’rnashadi. Mevasi- yong’oq meva. Qabilaning bitta oilasi bor.
Yong’oqdoshlar oilasi – Juglandaceae
Bir uyli ayrim jinsli daraxtlar, barglari toq patsimon murakkab, efir moyi ajratuvchi bezlari bor. Bahorda barg chiqarish bilan bir vaqtda gullaydi. Changchili kuchalasi o’tgan yilgi tushib ketgan barg qo’ltig’ida hosil bo’ladi va osilib turadi. Gulqo’rg’on bargchalari 2-4 ta, changchilari 5-4 ta. Changchi gulda ba’zan rudiment ginetseyni ko’rish mumkin. Ginetsey yosh novdalarning uchida 1-5 (10-12) tadan bo’lib joylashadi, 2-3 mevachibargdan hosil bo’lgan. Tuguni ostki, 2(3)-4(8) uyachali. Gul formulasi: . Mevasi soxta yong’oq, urug’I endospermasiz.
Vakillari: 1. Chin yong’oq – J. regia
Ekologiyasi: Tog’larda yovvoyi holda uchraydi. Tabiiy holda ekiladi.
Ahamiyati: Oziq-ovqat, bo’yoqolinadi va manzarali sifatida foydalaniladi.
Chinnigulnamolar qabila – Caryophyllales ( 17 ta oilasi bor) vakillari asosan o’t o’simliklari bo’lib, gohida buta. Ba’zi oila vakillarining gul qo’rg’oni oddiy, ko’zga uncha tashlanmaydigan va asosan shamol vositasida changlanadigan o’simliklardir (sho’radoshlar oilasi vakillari). Boshqa oila vakllarining guli esa qo’shgul qo’rgonlik, qo’zga tashlanadigan ochiq tusli, entomofil o’simliklardir (chinniguldoshlar oilasi).
Bu oilalarning umumiy bo’lgan belgilari murtakning qayrilganligi ia perespermaning bo’lishidir (endospermaning yo’qligi).Mevasi- ko’sakcha.
Bu qabilaning Chinnguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasi vakillari asosan bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, ba’zan chala buta. Barglari qarama-qarshi joylashgan, ko’pchiligi, bandsiz, tekis, ensiz, ko’pincha qo’shilib o’sadi. Gullari aktinomorf, ko’pincha 2 jinsli, besh doirali, 5 bo’lakchali. Beshta yoki 10 ta changlarga ega. Urug’chisi bitta, gullari odatda diхaziy to’p gulga yeg’ilgan, ba’zan yakka-yakka bo’ladi. Entonofil o’simliklar. Mevasi ko’sakcha yoki yokg’oqcha, rezovor.
Bu oila 80 turkum, 2000 ga yaqin turga ega, O’zbekistonda 24 turkum,130 tagacha tur bo’lib, chinnigul, yulduzcha, yetmak, korotgfiya kabi turkumlarining vakillari keng tarqalgan. Ba’zi vakillarining tarkibida saponin, glyukozid kabi moddalar mavjud bo’lib, oziq-ovqat va farmotsevtika sanoatida keng qo’llaniladi. Ba’zi vakillari esa manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |