1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


Sinf (ajdod) sagovniksimonar - cycadopsida



Download 398,5 Kb.
bet9/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Sinf (ajdod) sagovniksimonar - cycadopsida.
Bu sinfga bitta qabila va bitta sagovnikdoshlar oilasi 9 ta turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan bu sinf qarag'aytoifa bo'limda qarag'aysimonlar sinfidan keyingi o'rinda turadi.
Sinfning nomi sagovnik turkumidan olingan bo'lib, sagovnik yoki sikas (Cycas) yunoncha kukas - palma degan ma'noni bildiradi.
Sagovnikovlar Yevropa va Antarktidadan tashqari boshqa hamma qit’alarda (kontinentallarda) ham tarqalgan. Sagovniklar tabiatda keng tarqalmagan. Ular yakka-yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o'sadi. Sagovniklarning ayrim turlari o’rmonlarda o’ssa, masalan Avstraliyada evkalipt o’rmonlari orasida yoki Amerikada doim yashil eman o’rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika savannalarida akatsiyalar bilan birgalikda uchraydi.
Sagovniklarning tropik va subtropik xududlarida tarqalgan turlari ularning eng qadimgi turlari sanaladi va ular mezozoy erasida keng tarqalgan bo'lib, bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Keyingi ma'lumotlar bo'yicha sagovniklar quyi karbonda paydo bo'lib ular kelib chiqishi jihatidan urug'li qirqquloqlar bilan bog'liq deb ko'rsatiladi. Sagovniklar hayotiy shakliga ko'ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to'liq yer ostida yoki tanasining bir qismigina yer ustida joylashgan turlari ham bor. Yer ustida esa asosan barglari joylashgan. Ba'zi birlarida yer usti poyalari tugunaksimon shaklda bo'ladi.
Zamiya turkumining ikki turi epifit holida o'sadi. Shu turkumning Kuba orolida o'suvchi turi poyasining bo’yi esa 3 sm, diametri 2 sm dan iborat.
Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug'li qirqquloqlarning barglariga o’xshab ketadi. Ularning barglari ham har-xil. Masalan, pakana (karlik) zamiyalarning bargi 5-6 sm uzunlikda bo'lsa, sagovnik turkumi va serotozamiya turkumlarining vakillarida 3 metrgacha, ensefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 metrgacha yetadi. Sagovniklarning barglari kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin, qattiq kutikula bilan qoplangan. Sagovniklarning poyasi sekin o'sadi. Ko'pincha poyasining uchida mikro va megostrobil hosil bo'lgandan so'ng, o'sishdan to'xtaydi. Chunki tepa kurtak strobila bilan tugaydi.
Sagovniklarning poyasi o'ziga hos anatomik tuzilishga ega. Poyaning markazida o’zak hujayralari bo'lib, uni parenxima o’rab turadi, undan so'ng kambiy qavati joylashgan, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema, po’stloq parenximasi va nixoyat poyaning tashqi qavati ikkilamchi qoplovchi to’qima joylashgan.
Sagovniklarda o’tkazuvchi bog’lami kaloterial tipda. Po’stloq parenximasi va o’zak qismida shilimshiq modda yo'llari bo'ladi.
Yuksak o'simliklarda sagovniklardan boshlab, evolyutsiya jarayonida o’q ildiz taraqqiy eta boshlagan. Ayrim vakillarida u qisqa, yo’g'on ayrimlarida esa 10-12 metrga yetadi.
Ba'zan bosh ildiz ma'lum vaqtdan so'ng o'sishdan to'xtab, uning o'rniga bir qancha ildizlar taraqqiy etadi. Ildizining uchki qismida ildiz qinchasi bor.
Ildizni tashqi tomonidan periderma o’rab olgan. Po’stloq qavati bir necha qavat tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Undan ichkarida endoderma va ko'p qavatli perisikl joylashgan. Ildizning ichki qismida murakkab o’tkazuvchi bog’lamlar bo'lib, unda 1-3 ta radial cho'zilgan ksilemalar, floema bilan navbatlashib joylashgan.
Ko'pchilik sagovniklarning sporafillari qubbalarda to'plangan. Megosporangiya urug'chi (urg'ochi) o'simlikning megosporofill deb ataluvchi generativ barglarining qo'ltig'ida joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o'simliklardir. Ularning changchi erkaklik va urg'ochi urug'chi qubbalari boshqa-boshqa o'simliklarda taraqqiy etadi. Strobilalar (qubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi.
Sagovniklarning ko'payish organlarini Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yaponiyada) o'suvchi, balandligi 3 metrgacha yetadigan poyaning uchida bo'lib revlluta sikasi misolida ko’rish mumkin. Ularning uuzunligi 2 m gacha yetadi. Changchi o'simlik tupining uchki qismida changchi, changchili qubbalari hosil bo'ladi. Ularning uzunligi 50-70 sm. Qubbaning uchida mikrosporofillar o'rnashgan. Mikrosporofillarning pastki qismida bir qancha mikrosoruslar joylashgan bo'lib, ularning har qaysisida 2 tadan 4 tagacha mikrosporangiylar o'rnashgan. Mikrosporangiylar yetilgandan so'ng uzunasiga chatnab, ulardan bir qancha elipssimon mayda sporalar to’kiladi.
Urug'kurtakda urug'lanish jarayoni quyidagicha ro’y beradi. Mikrospora (chang) chang yo'li orqali chang kamerasiga tushgandan so'ng, uning ichidagi vegetativ hujayrasi o'sib, uzun naychani (gaustoriyani) hosil etadi va u to nuselus to’qimasiga qadar o'sib boradi va anteridial hujayra bo'linib, spermagen hujayrani hosil qiladi. Spermagen hujayra tez kattalashib, so'ngra bo'linadi va ko'p xivchinli 2 ta spermatozoid hosil etadi. Spermatozoidlar esa chang naychasi orqali kelib, arxegoniyning tuxum hujayrasi bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan zigota, zigotadan esa keyinchalik urug'ning murtagi taraqqiy etadi. Shunday qilib, urug'kurtakdan urug' hosil bo'ladi. Urug' uzilib yerga tushgandan so'ng yetiladi.
Sagovniklardan har xil maqsadlarda: oziq-ovqat, manzarali o'simlik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi.


Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish