1. Yosh fiziologiyasi predmeti. Maktab gigienasi predmeti va ahamiyati



Download 1,61 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#810674
Bog'liq
1 m Yosh fiziologiyasi fanining ahamiyati (1)


Reja
1. Yosh fiziologiyasi predmeti.
2. Maktab gigienasi predmeti va ahamiyati.
3. Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va qisqacha tarixi.
4. 2000 yil - sog`lom avlod yili.
5. "Sog`lom avlod uchun" dasturi
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani talabalarga, bo`lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning o`sish va rivojlanishi, bolalarning yosh xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o`zaro bog`likligi, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo`llarini o`rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
Fiziologiya biologiyaning bir tarmog`i bo`lib, organlar, organlar tizimining va organizm funktsiyalarini hamda hayot jarayonlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi fani tibbiyot fanlari bo`lmish Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining bir tarmog`i bo`lib, yosh organizmning katta odam organizmidan tubdan farq qilishini ko`rsatadi. Demak, bola organizmi fakat katta odamning qolipi emas, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslanishi bilan farq qiladi.
Gigiena yunoncha “Foydali” degan ma`noni anglatadi. Gigiena odamni o`rab to`rgan tashqi muhitni sog`lomlashtirish yillarini o`rganadi.
Gigiena fani maktab gigienasi, komunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi va gigienaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi. Maktab gigienasi bolalar va o`smirlar organizmi bilan tashqi muhit o`rtasidagi qonuniyatlarni o`rganadi, ularni to`g`ri o`sib rivojlanishlari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. Maktab gigienasining asosiy maqsadi bola aqliy mehnat qobiliyatining funktsional imqoniyatlarini ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o`ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

O’rganilish tarixi

  • X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Axavay Buxoriyning "Hidoyat" (tibbiyotni o`rganuvchilarga qo`llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko`pgina kasalliklar va ularni davolashda qo`llaniladigan dorilar haqida ma`lumotlar berilgan. O`sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to`plam", Abu Saxl Masix Jurjoniyning yo`z bobli "Al-kimyo" kitobida tibbiyotni o`rganishda darslik sifatida keng qo`llanilgan.
  • Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo`shgan. Uning "Saydana" kitobida o`simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma`lumot berilgan
  • Jahon ilmiy tafakko`ri rivojiga katta hissa qo`shgan bo`yo`q alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o`zidan oldin o`tgan Sharq, mutafakkirlarining asarlarini chuqur o`rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, hususan, Aristotel’, evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o`rgandi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fittibb" (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo`lib, 1956 va 1962 yillarda ro`s va o`zbek tillarida to`liq nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga ta`luqli bilimlar bayon etilgan

Mamlakatimizning birinchi ordeni "sog`lom-avlod uchun" ordeni bo`lib, u 4 mart 1999 yilda qabul qilingan. 29 aprel’ 1993 yilda "sog`lom-avlod uchun" jamg`armasi tuzildi. 3 dekabr’ 1993 yilda Vazirlar Mahkamasining 589 qarori bilan o`sib kelayotgan avlodni sog`lomlashtirish chora tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat:
1. Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigienik bilimlarga ega bo`lishi.
2. Har bir xalq maorifi xodimi ta’lim-tarbiyaning gigienik normalarini bilishlari.
3. Sog`lom turmo`sh tarzini shaqllantirish.
4. Yosh avlodga gigienik tarbiya berish.
Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish