1.Yoppasiga qazib olish tizimlari. 2.Kompleks mexanizatsiyalash. 3.Qoplovchi tog’ jinlaridan ag’darmalar hosil qilish.
1.Yoppasiga qazib olish tizimlari gorizontal va nishab kon uyumlarini qazib olishda qo’llaniladi. Bunday holatda qazib olish tizimini tanlashdagi asosiy faktor bu, qazib olingan maydonda maksimal qoplovchi tog’ jinsini joylashtirishdir. Qazib olingan maydonda qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish imkoniyati bir qism tog’ jinslarini tashqi ag’darmalarga va foydali qazilmalarni omborlarga ko’chirgandan keyin paydo bo’ladi. Konni karyer maydonlariga ajratish karyerning kerakli unumdorligi bilan va uning ish vaqtida maksimal foyda olish bilan amalga oshiriladi. Alohida karyerlarning ish vaqti uskunalarning amortizastiya vaqtidan kam bo’lmasligi kerak. Kon ishlarining rivojlanishi karyer maydoni qanotida kesuvchi transheyani o’tish bilan boshlanadi va bunda uncha katta qoplovchi tog’ jinsi bo’lmaydi va kon – qurilish ishlari kam bo’ladi. Bu o’rinda asosan bir bo’rtli ko’ndalang yoki bo’ylama qazib olish tizimidan foydalaniladi va kon ishlari fronti parallel boradi. Ko’ndalang bir bortli qazib olish tizimi bo’ylamadan ko’ra, kon – kapital ishlarini kamaytirishga va kon massasini karyer ichida tashish masofasini kamaytirishga yordam beradi. Ikki bortli qazib olish tizimi asosan katta unumdorlikka ega karyerlarda va qoplovchi tog’ jinsining minimal qismi karyer markazida joylashganda qo’llaniladi. Qurilish davrida qoplovchi tog’ jinsi karyerdan tashqariga chiqariladi. Ikki bortli qazib olish tizimida kon kapital ishlar hajmi bir bortlidan ko’ra ko’p bo’ladi. Temiryo’l harakatidagi ko’p cho’michli ekskavatorlardan foydalanganda asosan elpig’ichsimon qazib olish tizimidan foydalaniladi. Bunda pog’onalar rejada uchburchak tuzilishiga ega o’zgaruvchan zaxodkalar bilan qazib olinadi. Burulish nuqtasining joylashuvi karyerning qazib olish davrida o’zgarmaydi, faqatgina uning tarqalishi amalga oshadi. Bunda yo’llarni ko’chirish uchun cheksiz harakatdagi mashinalardan foydalanish mumkin. Pog’onaga transport kirishi bir tomondan amalga oshiriladi, lokomotiv tarkiblarning harakati esa oxiri berk bo’ladi. Pog’onadagi ishlar frontining uzunligi bir bortli bo’ylama qazib olish tizimida karyer maydonining uzunligi bilan yoki bir bortli ko’ndalangda uning kengligi bilan aniqlanadi. Ikki bortli tizimdan foydalanishda front uzunligi ikkiga ko’payadi. Gorizontal va yotgan konlarning qazib olish tezligi ularning ishlar frontining siljishi bilan xarakterlanadi va yillik 120-300m ni tashkil qiladi. Maksimal kattalikka qoplovchi tog’ jinsini qazib olingan maydonga tashlanganda, rotorli ekskavatorlarning konsol ag’darma hosil qilgichlar bilan va zanjirli ekskavatorlarning transport-ag’darma ko’priklari bilan majmuada ishlaganda erishiladi. Sidirg‘asiga qazish tizimi qalinligi 3 m dan 25 m gacha bo‘lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqarishda qo‘llanilad Sidirg‘asiga qazish tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich- lari boshqa tizimlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lsa-da, bu tizimda ruda yo‘qotilishi yuqori bo‘lib, 25—30% ni tashkil qiladi. Qalinligi 5 m dan katta, rudasi hamda atrof jinslari mustahkam bo‘lgan o‘ta qiya ruda yotqiziqlarini qazib olishda nimqavat lahimlar (shtrek yoki ort) orqali rudani massivdan ajratib olishga asoslangan kamerali qazish tizimi (3.10-rasm) qo‘llaniladi (ayrim manbalarda bu tizimni nimqavat shtreklar tizimi deb ham yuritiladi).Bloklarni qazishga tayyorlash qavat tashish shtreki va blok ko‘tarilmalarni o‘tishdan iborat bo‘ladi. Ko‘tarilmalar har 6—8 m da nimqavat shtreklar bilan tutashtiriladi. Kamerada rudani massivdan ajratib olish qalinligi 1,5—2,0 m bo‘lgan vertikal tiliklar (qatlamchalar) ko‘rinishida burg‘ilab-portlatish yordamida bajariladi.
Pog’onalarni mehanik kurak va avtomobil transporti yordamida qazib olish.
2. Kompleks mexanizatsiyalash tarkiblarining (uskunalar majmuasi) qazib olish tizimlari bilan aloqasi gorizontal va yotgan konlarni qazib olishda qazib olish tizimlarining parametrlari (pog’ona balandligi, zaxodkalar kengligi, ishchi
va transport maydonlarining kengligi, ekskavator blokining uzunligi, kon ishlar frontining uzunligi va boshqalar) qabul qilingan uskunalar bilan mos kelganda ko’rinadi.
Gorizontal va yotgan qazilmalarni qazib olishda ochish ishlarida turli uskunalar texnologik majmualari qo’llaniladi:
Qoplovchi tog’ jinsini qazib olingan maydonga tashlashda qo’llaniladigan ekskavator-ag’darma texnologik majmualari;
Transport-ag’darma ko’prikli qazish-ag’darma texnologik majmualari;
Skreperli ochish texnologik majmualari;
Buldozerli ochish texnologik majmualari;
Qazish-konveyer ochish texnologik majmualari;
Ekskavator – temiryo’l ochish texnologik majmualari;
Ekskavator-avtomobil ochish texnologik majmualari.
Qoplovchi tog’ jinsini qazib olingan maydonlarga tashlovchi texnologik majmualar (kuchli draglaynlar va ekskavatorlar bilan) nisbatan eng iqtisodiy ma’qul hisoblanadi. Ular cheklangan qoplovchi (45m gacha) va foydali qazilma
(30 m gacha) qalinligiga ega gorizontal va yotgan qazilmalarni qazib olishda qo’llaniladi. Texnologik majmualarning bevosita kon massasini qazib olingan
maydonga tashlaydigan (qoplovchi tog’ jinsi bevosita ag’darmaga joylashtiriladi va qayta ekskavastiya qilinmaydi), va qayta ekskavastiyalashda qo’llaniladigan,
ya’ni ishchi a’zolar pog’ona balandligidan kichik bo’lganda qo’llaniladigan usullarga ega turlari bor.
Qazib olingan maydonlarga bevosita tashlash bilan qo’llaniladigan texnologik majmualar. Qoplovchi tog’ jinsini mexanik kurak bilan tashlashda
(8.7-rasm.) mexanik kurak foydali qazilma qatlami ustiga joylashadi va ochuvchi pog’onani butun balandligiga qazib oladi. Ochuvchi zaboyning siljishi bilan foydali qazilmani qazib olish amalga oshiriladi.