Mehnat ta’tili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning o‘rtacha ish haqi quyidagilarni tashkil etadi: 172 ming 240 + (12 mln. 880 ming 235 + 1 mln. 650 ming) / 12 = 1 mln. 383 ming 093 so‘m.
3-bob. Mehnat ta’tili berilganda uning muddatini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimga beriladigan yillik mehnat ta’tilining muddati 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida yillik asosiy mehnat ta’tilining muddati belgilanishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ta’tildan foydalanish davri boshlanishi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlangan kundan boshlab, oxiri esa, qonunchilik hujjatlariga va ichki lokal hujjatlarga muvofiq mehnat ta’tili muddatini aniqlash uchun ish stajiga kiritiladigan o‘n ikki oylik davrning oxirgi kalendar sanasi bo‘yicha belgilanadigan ish yilidan kelib chiqib aniqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Farmonga muvofiq qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida belgilangan xodimlar mehnat ta’tilining (shu jumladan, har yilgi qo‘shimcha ta’tilning) muddati:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18 va undan ortiq ish kunini tashkil etsa — uch ish kuniga;
17 ish kunini tashkil etsa — ikki ish kuniga;
16 ish kunini tashkil etsa — bir ish kuniga kamaytiriladi.
7-misol. Davlat muassasasi xodimlariga 24 ish kunidan iborat asosiy mehnat ta’tili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat ta’tilining amaldagi muddati 21 ish kunini tashkil etadi (24 — 3).
8-misol. Tashkilot xodimlariga 16 ish kunidan iborat bo‘lgan mehnat ta’tili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat ta’tilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi (16 — 1).
9-misol. Tashkilot xodimiga 15 ish kunidan iborat mehnat ta’tili belgilangan. Farmonning 3-bandining to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq naturada beriladigan mehnat ta’tilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi.
14. Ushbu Yo‘riqnomaning 13-bandi qoidalarini hisobga olganda 2018-yilda mehnat ta’tilining birinchi kuni:
3-yanvardan 21-martgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 1 ish kuniga;
21-martdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 2 ish kuniga;
1-sentabrdan 2018-yilning oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 3 ish kuniga kamayadi.
10-misol. Xodimning ta’tillar jadvali bo‘yicha 24 ish kunidan iborat bo‘lgan mehnat ta’tili 2018-yil 4-yanvardan boshlanadi. Mehnat ta’tili beriladigan ish yilida Farmonda belgilangan faqat bitta qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘lganligini hisobga olib, naturada berilgan uning mehnat ta’tili muddati 23 ish kunini tashkil etadi (24 — 1).
Agar ushbu xodimning mehnat ta’tili 2018-yil 1-apreldan berilsa, u holda uning ta’tili naturada 22 ish kunini tashkil etadi (24 — 2).
15. Ta’til muddati 6 kunlik ish haftasi hisob-kitobidan (tashkilotda 5 kunlik ish haftasi belgilangan bo‘lsa ham) kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan dam olish (yakshanba), ish kuni bo‘lmagan bayram kunlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.
17. Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladigan ta’til muddati (pullik kompensatsiya miqdorini hisoblab chiqishda va mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat ta’tilidan foydalanishda) ushbu Yo‘riqnomaning 12-bandiga muvofiq belgilangan mehnat ta’tili muddatining miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish va ushbu ish yilidagi ishlangan to‘liq oylar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kuniga va undan ortiqqa teng bo‘lgan ortiqcha kunlar (to‘liq ishlangan oxirgi oydan ortiq kunlar) bir oygacha to‘ldiriladi, 15 kalendar kunidan kam bo‘lgan ortiqcha kunlar esa chiqarib tashlanadi.
11-misol. Xodim 9 oy 17 kun ishladi. Mehnat shartnomasi bo‘yicha uning yillik mehnat ta’tili 15 ish kunini tashkil etadi. Ishlangan vaqtga mutanosib belgilangan mehnat ta’tili muddati 13 ish kunni tashkil etadi (15 * 10 / 12).
4-bob. Mehnat ta’tili haqi va pullik kompensatsiya miqdorini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mehnat ta’tili haqi miqdorini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan (ushbu Yo‘riqnomaning 2-bobi qoidalariga muvofiq) o‘rtacha ish haqini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadigan har bir kalendar yilga ish vaqti kalendari (ish vaqti balansi) bo‘yicha aniqlangan olti kunlik ish haftasida joriy kalendar yildagi ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladigan xodimning o‘rtacha kunlik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
12-misol. 3-misolga ko‘ra 2018-yil yanvarda ta’tilga chiqayotgan xodimning mehnat ta’tili haqi miqdorini hisoblab chiqish uchun belgilangan o‘rtacha oylik ish haqi 1 mln. 440 ming so‘mni tashkil etdi.
2018-yilga mo‘ljallangan ish vaqtining tasdiqlangan kalendariga muvofiq olti kunlik ish haftasida ish vaqtining yillik fondi 301 ish kunini tashkil etadi. Tegishli ravishda ish vaqtining o‘rtacha oylik balansi 25,1 ish kunini tashkil etdi.
Mehnat ta’tili haqi miqdorini aniqlash uchun qabul qilingan o‘rtacha kunlik ish haqi 57 ming 370 so‘mni tashkil etadi (1 mln. 440 ming : 25,1).
19. Xodimga tegishli bo‘lgan mehnat ta’tili haqining miqdorini hisoblash ushbu Yo‘riqnomaning 18-bandiga muvofiq hisoblab chiqilgan o‘rtacha ish haqini ushbu Yo‘riqnomaning 13, 14 va 16-bandlariga muvofiq naturada beriladigan mehnat ta’tilining ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi, bunda Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarining amalda foydalanilgan sonini o‘rtacha kunlik ish haqiga ko‘paytirish orqali aniqlangan mehnat ta’tili haqi summasi qo‘shiladi.
13-misol. Jamoa yoki mehnat shartnomasiga muvofiq xodimga 24 kundan iborat bo‘lgan mehnat ta’tili berilishi kerak. Farmonga muvofiq qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi hisobiga mehnat ta’tili uch ish kuniga qisqartiriladi. Mehnat ta’tili naturada 21 ish kunini tashkil etadi (24 — 3).
Mehnat ta’til miqdorini aniqlash uchun o‘rtacha kunlik ish haqi 57 ming 370 so‘mni tashkil etadi (12-misolda bo‘lgani kabi).
Hisoblanishi kerak bo‘lgan mehnat ta’tili haqi miqdori 1 mln. 376 ming 9 so‘mni tashkil etadi (21 * 57370 + 3 * 57370).
5-bob. Mehnat ta’til miqdorini qayta hisoblash
20. Xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda tarif stavkalari (lavozim maoshlari) miqdori oshirilgan taqdirda, tashkilotning yangi mehnatga haq to‘lash shartlari asosida ishlaydigan kunlariga to‘g‘ri keladigan amaldagi ish kunlari sonidan kelib chiqib, mehnat ta’tili haqi qayta hisob-kitob qilinadi, ya’ni ish haqi oshirilgan vaqtdan boshlab ta’til tamom bo‘lgan kungacha bo‘lgan davr uchun o‘rtacha ish haqining bir qismiga tuzatish kiritiladi.
14-misol. Xodimga to‘liq ish yili uchun 2018-yil 14-fevraldan boshlab (shartli ravishda) 21 ish kunidan iborat bo‘lgan ta’til naturada berildi. Uning tarif bo‘yicha ish haqi (lavozim maoshi) mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda 900 ming so‘mni tashkil etdi. 2018-yil 1-martdan boshlab lavozim maoshi 15 foizga oshdi va mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olganda 1 mln. 35 ming so‘mni tashkil etdi.
Ishlangan davr uchun xodimga 2 mln. so‘m miqdorda mukofot to‘landi.
Ta’tilga chiqqanda (2018-yil 14-fevralgacha) xodimga quyidagi miqdorda mehnat ta’tili haqi yozildi: ((900 + 2000 / 12) / 25,1 * 21) + (900 + 2000 / 12) / 25,1 * 3)) = 1 mln. 19 ming 920 so‘m.
2018-yilning mart oyiga to‘g‘ri keladigan 8 ish kuni uchun yangi shartlar asosida to‘lov qayta hisob-kitob qilinadi: mart oyiga to‘g‘ri keladigan 8 ish kuni uchun yangi lavozim maoshi bo‘yicha hisob-kitob qilingan mehnat ta’tili haqi 383 ming so‘mni tashkil etadi ((1035 + 2000 / 12) / 25,1 * 8), ayni vaqtda mart oyining o‘sha 8 kuni uchun avval 340 ming so‘m miqdorda mehnat ta’tili haqi yozilgan edi ((900 + 2000 / 12) / 25,1 * 8). Dyemak, xodimga 43 ming 28 so‘m miqdorda qo‘shimcha mehnat ta’tili haqi yozish zarur.
21. Xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.
Ta’til qismlarga bo‘linganda saqlab qolinayotgan o‘rtacha ish haqi ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda har bir qism uchun alohida hisoblab chiqiladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibga rioya etilmaganda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
23. Mazkur Yo‘riqnoma Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
2018-yil 28-fevral
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2018-yil 28-fevral
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2985/0914-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)