1. Yer o’qining presession va nutasion harakati. Yer o’qining presession harakati natijasida kuzatiladigan hodisalar



Download 32,7 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi32,7 Kb.
#194571
  1   2
Bog'liq
YER YERNING SHAKLI YERNING O5555


YER YERNING SHAKLI YERNING O’Z O’QI ATROFIDA AYLANISHI YIL FASLLARINING ALMASHINISHI

REJA:

1.Yer o’qining presession va nutasion harakati.

2.Yer o’qining presession harakati natijasida kuzatiladigan hodisalar.

3.Yer sharining shakli sferoidga yaqindir.

4.Yer va Quyosh orasidagi masofani biroz o’zgarishi yil fasllariga qanday ta’sir ko’rsatadi.

KIRISH

Yer o’z o’qi atrofida aylanadi. Uning bu aylanishi yer yuzining ko’p hodisalarida o’z aksini topgan. Masalan, passatlar (Yer har ikki yarim sharning tropik oblastlarida ekvator tomonga esuvchi shamollar) Yerning g’arbdan sharq tomonga aylanishi natijasida shimoliy yarim sharda, shimoliy sharq tomondan, janubiy yarim sharda esa janubiy sharq tomondan esadi. Siklon janubdan shimolga esayotgan bo’lsa uning esish yo’nalishi sharqga tomonga og’adi va hokazolar. Yer aylanishini ko’rsatuvchi eng ko’rgazmali natijasi Fuko mayatniki bilan o’tkaziladigan tajribadir.Fuko tajribalari erkin mayatnikning fazoda o’zining tebranishi tekisligini, yo’nalishini saqlanishiga asoslangandir. Fuko mayatnikiga og’irlik kuchidan tashqari boshqa kuch ta’sir etmaganligi sababli u fazoda o’zining tebranish tekisligi yo’nalishini saqlaydi. Faraz qilamizki, Yerning shimoliy qutbida osilgan Fuko mayatniki boshlang’ich vaqtda,meridian tekisligida aylanayotgan bo’lsin (Rasm – 23a.) vaqt o’tishi bilan kuzatuvchiga mayatnikning tebranish tekisligi (Rasm – 23b.) sharqdan g’arbga tomon burilayotgan bo’lib tuyuladi, aslida Yer o’z o’qi atrofida teskari yo’nalishda, g’arbdan sharqga tomon burilayotgan bo’ladi.Bir yulduz sutkasi davomida mayatnikning tebranish tekisligi, Yer sirtiga nisbatan bir yulduz soatida burchak tezlik bilan to’la bir marotiba aylanadi. Yerning janubiy qutbida esa, u 24 yulduz soatida, soat strelkasi yo’nalishiga teskari yo’nalishda bir marotiba aylanib chiqadi.Agar mayatnikni Yer ekvatoriga osib uning tebranish tekisligini ekvator tekisligiga oriyentirlasak, ya’nimeridian tekisligiga to’g’ri burchak ostida, kuzatuvchi mayatnik tebranish tekisligini yerdagi predmetlarga nisbatan o’zgarishini sezmaydi, ya’ni mayatnik tebranish tekisligi meridianga perpendikulyarligicha qoladi. Mayatnik tebranish tekisligi ekvatorda boshqa tekislikda tebranayotgan bo’lsa ham natija o’zgarmaydi. Sinov savollari:Yerda yil fasllari vujudga kelishini asosiy sababi nimada? Yil davomida Yer va Quyosh orasidagi masofani biroz o’zgarishi yil fasllariga qanday ta’sir ko’rsatadi.Yerning o’z o’qi atrofida aylanishini ko’rsatuvchi dalillarni tushuntiring.

Fuko mayatnikini Yer o’z o’qi atrofida aylanishini ko’rsatishi nimaga asoslangan. Yer ekvatorida tebranayotgan mayatnik tebranishini tushuntiring.Yer o’qining presession va nutasion harakatlari.Tayanch iboralar: Presessiya, nutasiya, Oy - Quyosh presessiyasi, sayyoraviy presessiya.Yer o’qining presession va nutasion harakati Yer shaklini uning ekvator sohasida halqasimon qo’shimcha massaga ega bo’lgan katta shar deb olish mumkin. Yer sharining shakli sferoidga yaqindir. Biror L jism tomonidan sferoidni tortilishi, Yerning shar shaklidagi qismini tortish kuchi F (bu kuch yerning markazidan jismga qarab yo’nalgan) va jismga yaqin joylashgan qismini tortish kuchi F1 va uzoq joylashgan qismining tortish kuchi F2 larni yig’indisidan iboratdir.F1 kuch F2 kuchdan kattadir, shuning uchun L jismning yerni tortish kuchi sferoidning (Rasm.29) PNPS aylanish o’qini soat strelkasi yo’nalishiga teskari yo’nalishda shunday burishga harakat qiladiki, yer ekvator tekisligi TL yo’nalishi bo’yicha joylashsin.Mexanikadan ma’lumki, bunda yerning PNPS aylanish o’qi kuchlar joylashgan tekislikga perpendikulyar yo’nalishda siljiydi. Quyosh- Oy, Quyosh va boshqa sayyoralarning, yerning qo’shimcha massasiga ta’siri tufayli yer o’qi fazoda murakkab harakat qiladi. Eng avval yer o’qi ekliptika tekisligi bilan 6634 burchak hosil qilgan holda ekliptika o’qi atrofida konus chizadi (Rasm.30).Yer o’qining ana shu harakatiga presession harakat deyiladi. Bu harakat davri 26000 yilga teng. Yer o’qining prosessiyasi tufayli olam qutblari ekliptika qutblari atrofida radiusi 2326 bo’lgan 26000 yillik davr bilan aylana chizadi.Quyosh va oy ta’siri ostida hosil bo’luvchi presessiyaga Oy – Quyosh presessiyasi deyiladi. Presessiyaviy kuchlarning miqdori va yo’nalishi o’zgarib turadi. Oy va Quyosh olam ekvatori tekisligida bo’lganida presessiyaviy kuchlar nolga teng bo’lib, ular ekvator tekisligidan maksimal uzoqlashganlarida, maksimal bo’ladi. Natijada yer o’qi o’zining o’rtacha vaziyati atrofida mayda tebranma harakat qiladi. Yerning ana shu harakatiga nutasiyaviy harakat deyiladi.Yer o’qining asosiy nutasiyaviy tebranishi 18,6 yil davrga ega bo’lib, natijada olam o’qi Osmon sferasida kichik ellips chizadi. Nutasiyaviy ellipsning katta yarim o’qi 18042 ga, kichik yarim o’qi esa 13072 ga tengdir. Yer o’qining presessiyaviy va nutasiyaviy harakati natijasida olam qutblari osmonda

murakkab to’lqin shaklidagi chiziqlar chizadi. Yerni sayyoralar tomonidan tortilishi juda kichikdir. Shuning uchun yer o’qini fazodagi vaziyatini o’zgartira olmaydi, lekin yerning Quyosh atrofidagi harakatiga ta’sir ko’rsatadi, natijada ekliptika tekisligini fazodagi vaziyati o’zgaradi. Ekliptika tekisligini fazodagi bunday o’zgarishlariga sayyoraviy presessiya deyiladi. Sayyoraviy presessiya tufayli bahorgi tengkunlik nuqtasi sharqga tomon bir yilda 00114 ga ko’chadi.Yer o’qining presession harakati natijasida kuzatiladigan hodisalar Yuqorida qayd etilganidek Yer o’qining presession harakati tufayli olam qutblari, ekliptika qutblari atrofida radiusi taxminan 23,5 bo’lgan aylanalar chizadi. Bundan tashqari ekliptika o’qi sayyoraviy presessiya natijasida fazoda harakat qilganligi sababli, olam qutbining chizgan egri chizig’i o’zaro kesishmaydi. Hozirgi paytda shimoliy olam qutbi kichik ayiqning -si yaqinidan o’tadi. Shuning uchun -ga qutbiy yulduz deyiladi. 4000 yil oldin, olam qutbi Ajdar turkumidag yulduzi yaqinida bo’lgan. 12000 yildan keyin esa Liraning - si (Vega) qutb yulduzi bo’ladi. Olam o’qi yo’nalishi o’zgarishi bilan olam ekvatori holati va Sayyoraviy presessiya natijasida esa ekliptika tekisligi holati o’zgarib boradi. Natijada ekliptika va ekvatorning kesishi nuqtalari tengkunliklar yulduzlar orasidan g’arbga tomon siljiydi. Bu siljishning tezligi bir yilda ni tashkil etadi va ekliptikada umumiy yillik presessiya deyiladi.Ekvatorda umumiy yillik presessiya m=50,26 cos=46,11 – ga tengdir, bunda ekliptika tekisligini, ekvator tekisligiga nisbatan og’malik burchagi bo’lib, u hozirgi paytda sekinlik bilan kamayapti. Kamayish tezligi bir yilda 047 ni tashkil etadi. Tengkunlik nuqtalari quyoshning ko’rinma harakati yo’nalishi tomon ekliptika bo’yicha ko’chganligi tufayli bu nuqtaga quyosh, nuqta tinch bo’lganiga qaraganda barvaqtroq yetib keladi.Shuning uchun tropik yil ya’ni quyoshning markazini tengkunlik nuqtasidan o’tish orasidagi vaqt yulduz yili yerning quyosh atrofida aylanib chiqish vaqtidan 20m ga kichik bo’ladi. Bir sutkada 1yo’l o’tadigan quyosh 5026 masofani 20m da o’tadi.Yer sharining bir necha punktlarini geografik kengliklarini o’lchash ko’rsatadiki, joyning geografik kengligi davriy ravishda o’zgarib boradi. Bir joyda o’zining o’rtacha qiymati atrofida 03 oshsa, yer sharining o’lchangan nuqtasining qarama-qarshi boshqa yarim sharida 03 ga

kamayadi. Bu shuni ko’rsatadiki, yerning tanasi aylanish o’qiga nisbatan siljiydi. Bu harakat yer o’qi yo’nalishiga ta’sir ko’rsatmagani uchun, o’q fazoda o’z yo’nalishini saqlaydi. Natijada qutblarga yerning turli nuqtalari to’g’ri kelib qoladi. Natijada yerning qutblari uning yuzasi bo’yicha ko’chib yuradi.Yerning shimoliy qutbi, tomonlari 30 metr bo’lgan kvadratdan chiqmagan holda murakkab chiziq chizadi, uning harakati qutbdan kuzatilganda soat strelkasiga teskari yo’nalishda buriladi.Ekvatorial va ekliptik koordinatalar sistemalarida yoritgichlarning uzunlamalarini o’lchashni hisob boshi qilib, bahorgi tengkunlik nuqta olingan. Shuning uchun, bahorgi tengkunlik nuqtani g’arb tomonga ko’chishi tufayli barcha yoritgichlarni ekliptik uzunlamalari har yili 5026 o’zgarib turib, kenglamalari o’zgarmaydi. Chunki Oy - Quyosh presessiyasi ekliptika tekisligini o’zgartirmaydi. Yoritgichlarni har ikkala ekvatorial koordinatalari uzluksiz ravishda o’zgarib borganligi sababli, Yerning berilgan joyi uchun osmon ko’rinishi juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Natijada ba’zi ko’rinmaydigan yulduzlar chiquvchi va botuvchi bo’lib, ba’zi ko’rinadigan yulduzlar esa chiqmaydigan va botmaydigan bo’ladi. Masalan bir necha yildan keyin Yevropada janubiy Krest yulduzi ko’rinuvchi bo’lsa, Sirius yulduzi hamda Orion turkumining bir qismi ko’rinmaydigan bo’ladi. Odamlar juda qadim zamonlardanoq Quyosh har kuni ma'lum vaqtda sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o‘tgan vaqtkunduzi, botgandan chiqqunicha o‘tgan vaqt esa kechasi deyiladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Yer bir sutkada, ya'ni 24 soat (aslida 23 soat 56 daqiqa va 4 soniya)da o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi. Kecha bilan kunduzning almashinib turishini o‘zingiz bemalol tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘uda koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ ko‘rinadi, yarmi esa qorong‘u bo‘ladi.Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug‘ va qorong‘u tomonlari almashinadi. Yerda kecha bilan kunduzi ham xuddi shunday almashinadi. Chunki Quyosh nuri ham Yerni bir vaqtning o‘zida hamma tomonini yorita olmaydi.Yer aylanish o‘qining Yer yuzi bilan tutashgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari

ikkita – Shimoliy va Janubiy qutblar. Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o‘tkazilgan aylana chiziq ekvator deb ataladi. Ekvator Yerni ikkita yarim sharga – Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga ajratib turadi. Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o‘tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa parallellar deb yuritiladi. Ekvatordan qutblarga o‘tgan sari parallellarning uzunligi qisqarib boradi.Yerning kattaligiYer Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo‘lib, Quyoshga yaqin-uzoqligiga ko‘ra Merkuriy va Venera sayyoralaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Quyosh bilan Yer oralig‘i o‘rta hisobida 149 mln km. Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani 17 yilda bosib o‘tadi. Raketa Quyoshga 5 oyda «yetib boradi».Yerning shakli dumaloq, shar ko‘rinishida. O‘rtacha diametrining uzunligi 12750 km, aylanasi esa 40 000 km dan ortiqroq. Yerning qutblari salgina siqiqroq. Uning qutb radiusi ekvator radiusi dan 21 km qisqa.Globus.Odamlar Yerning kichraytirilgan shaklini yasashgan. U globus deb ataladi.Globusda materiklar, okeanlar, orollar, yarimorollar, umuman butun Yer yuzasi kichraytirilgan holda tasvirlangan bo‘ladi. Globuslarda ekvator, meridianlar, parallellar chizib qo‘yiladi. Birinchi globusni buyuk bobokolonimiz Abu Rayhon Beruniy yasagan.Globus va xaritalardan kerakli nuqta qanday topiladi? Globus va xaritalarda chizilgan parallel va meridianlar Yer yuzini to‘rga o‘xshab qoplab oladi. Bu to‘r daraja to‘ri deyiladi. Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi xohlagan nuqtaning o‘rnini aniqlash mumkin. Bunga geografik kenglik va uzunliklar yordam beradi.Geografik kenglik va Geografik uzunlik.Geografik kenglik deb, meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Suvaysh kanali 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p

nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniqlashda kenglikni bilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur. er yuzudagi iqlimning asosiy tiplari va ularning bir – birlari bilan bog’liqligi yer bilan quyoshning turushi, ta’siri asosida kelib chiqadi.Ularning bog’liq holda joylashishida materiklar joylashishiga ta’siri va okeanlar, shamol va dengiz oqimlarining hosil bo’lishi, ulardagi tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishi va taqsimlanashi yuzaga keladi.Yer yuzuning u yoki bu hududining iqlimini issiq, sovuq, quruq deb tavsiflash mumkin.Lekin har bir hudud iqlimining davriy o’zgarishlari, astronomik davriy voqeliklar natijasida, ya’ni yerning o’z o’qi atrofida aylanishidan bir kunlik muhit sharoiti yuzaga keladi.Oyning Yer atrofida aylanishi dengiz suvlarining ko’tarilishi yoki pasayishi, Yerning quyosh atrofida aylanishi yil davomida vaqt, fasllar almashinishini keltirib chiqaradi.Oy har 26,5 kunda to’lib, yangi fazaga o’tadi.Qadimgi xalqlar tuproqning har xilligi, hosilning mo’l bo’lishi, hayvonlarning yaxshi ko’payishi, ular sonining ortishi, insonlarning tug’ulishi, oyning fazoda turush holati bilan ifodalangan.Organizmlarda bo’lib o’tadigan maromlar, asosan, yil davomida yorug’lik va harorat, kun va tunning almashinuvida namlik o’zgarishlari bilan bog’liq.Shunga qaramasdan, har bir hayvonda bo’lib o’tadigan o’ziga xos va uning ichki (endogen) maromlari ancha murakkabdir.Shunday ritimlarning ayrimlari oyning harakati bilan, ayniqsa, dengiz to’lqinlarning ko’tarilishi va pasayishi bilan bog’liqdir.Dengiz hayvonlari suvning ko’tarilib yoki pasayib turushiga moslashgan.Yer yuzudagi o’simlik va hayvonlarning hayot – faoliyatida harorat, yorug’lik, namlik, bosim, magnit maydoni, shamol va boshqa ekologik omillar muhim ahamiyatga ega.Ularning fasllar bo’yicha o’zgarishi Yerning quyosh atrofida aylanishida kelib chiqadi.Ekologik omillar, geografik hududlar va ularning iqlimi fasllar bo’yicha o’zgaradi.Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kundu

va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.Bioritm organizmning vaqtni seza bilishi bo’lib, bu holat “biologik soat” deb aytiladi. Organizm kunlik o’zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha marakkab giofizik o’zgarishlarga ham oriyentirovka qilinadi.Fotoperiodizm. Yerning quyosh attofida harakat qilishida yorug’likning qonuniy, davriy o’zgarishi hamda uning natijasida yil davomida kun va tunning uzunligi kelib chiqadi. Yorug’likning bunday o’zgarishlarini o’simliklar ko’pchilik hayvonlar juda tez sezadi va kun davomidagi yorug’lik harakati, o’zgarish vaqtini o’zlaricha “o’lchaydi”. Organizmlarning kun va tun uzunligini sezishi, qabul qilishi va ularning o’zgarishi fotoperiodizm (yorug’lik davri) deb ataladi.Kunning uzunligini aniqlaydigan va o’simliklarning gullash davrida o’tishu uchun zarur bo’lgan fotiperiodik reaksiyaga bog’liq holda o’simliklar 3 ta guruhga bo’linadi:Qisqa kunli 2. uzun kunli 3. fotodavrga neytral (befarq) o’simliklar.O’simliklarda ko’p biomassa- organik moddalar uzoq yorug’lik kunlarida hosil bo’ladi. Bunday kunlar Moskva atrofida 17 soat, Arxangelsk kengliklarida 20 soatdan ham ortiq, O’rta Osiyo yozining eng yorug’ kunlari 14-15 soatdan ortmaydi.O’simlik urug’larining tinchlik davrini to’xtatib, unish, o’sish boshlanishi bo’yicha ular 3 turga bo’linadi: tabiiy, majburiy va indutsiranli tinchlik davrlarini o’tadi.Ayrim hollarda uzoq qizil (736 nm) va yaqin qizil (660 nm) nurlar ta’sirida ham urug’lar tinchlik davriga o’tishi mumkin. Qizil nurlar daraxt va o’simliklar yaproqlari oralaridan o’tib, tuproq ustiga, urug’larga



ta’sir qiladi. Yaproqlar tushib, yer beyiga nurlar ko’p va to’g’ri tushgandan keyingina urug’lar tinchlikdan chiqadi, unish va o’sish boshlanadi.Hayvonlarda ham o’simliklardagi kabi tashqi muhit ta’siriga javoban “tinchlik davri” ni o’tadi. Hayvonlarda noqulay sharoit yuzaga kelganda quyidagicha moslashishi:Hayvonlarning qulay sharoit paydo bo’lishini tezda sezishi;Noqulay sharoit yuzaga kelganda uyquga ketishlari orqali bo’ladi.Ko’pchilik sut emuzuvchi hayvonlar yashash sharoiti yomonlashishi bilan ma’lum tayyorlanish fazalarini o’tadi. Uxlash davrida ular tanasi ancha “turg’unlik” ka ega bo’ladi, ya’ni tana harorati pasayishi bilan modda almashinishi, nafas olish, moddalar sintez qilishi, sekinlashishi va umumiy energiya tejalishi kuzatiladi.Tabiatdagi organizmlarda chegaralangan tinchlik davri, chuqur va majburiy tinchlik davrlari ma’lum, ya’ni o’simliklar mevalari, yer osti tuganaklari (kartoshka) kuzda yuqoro issiqlik bo’lsa- da ko’karmaydi; chuqur tinchlik davri o’simliklarning sovuqqa chidamlligi bo’lsa, majburiy uzoq qish, qalin qor ularning o’sishini to’xtatib turadi. Bu evolutsion rivojlanish va muhitga moslashish yo’lidir.Atrof-muhitdagi turli xil o’simlik va hayvohlarni bir –biridan farqlash va aniqlashning kaliti – ularning turli iqlim sharoitlardagi hayotiy formalari bo’yicha ajratishdan iboratdir. Jumladan, o’simliklar klimaksida cho’l bioiqlimlari – cho’l boshoqdoshlar guruhlari va shu boshoqdoshlar boshqa iqlim klimakslarida ham uchraydi, ya’ni dasht hududida o’t o’simliklar asta –sekin o’rmon daraxtlari bilan almashadi. O’simlik, hayvonlarning morfologik ko’rinishlari, muhitga eko –fiziologik moslashishlari evolutsion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan va bu morfologik moslashish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning tashqi tuzulishlari turlarning yashab qolishi rivojlanishiga imkon bergan.Suv muhiti tirik organizmlarning tana tuzulishlari, uning harakat qilishiga moslashgan. Suv hayvonlarning formalari suvda tez harakat qilishiga, suvning pastki va yuza qatlamlariga tushib – chiqib turushiga (plankton organizmlar) moslashgan.O’simliklarning hayotiy formalari. O’simlik va hayvonlarning yashash muhit omillariga morfologik moslashishlari ularning tashqi qiyofasi –hayotiy formalari orqali bo’lib, turli tashqi ko’rinishlar evolutsio

jarayonlarida hosil bo’lgan va ularni tashqi muhitning turli noqulay ta’siridan saqlagan.O’simliklar olami vakillarning turlari sharoitiga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi qiyofalariga qarab “daraxtlar”, “butalar”, “chala butalar”, “o’t o’simliklar” va suvda “o’suvchi o’simliklar” nomi bilan atalib kelingan. Bu atamalarga qo’shimcha “o’tsimon”, “daraxtsimon”, “boshoqli”, “turli o’tlar” kabi so’zlar ham ishlatiladi. O’simliklar ekologik formalarni farqlashda “gidrofit”, “nizofit”, “kserofid”, “galofit”, “ekobioforma”, “biologik tip”, “o’sish formasi”, “epiforma” kabi atamalar ham ishlatilib, ular asosan o’simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi.O’simliklar hayotiy formalarning klassfikatsiyasi K.Raunkiyer bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi, ya’ni (10 –rasm):Fanerofitlar (P). Daraxtlar, butalar, lianlar, epifit o’siliklar bo’lib, ularning qaytadan o’sish kurtaklari havo novdalarida yer yuzasidan 30 sm. Dan yuqori joylashgan;Xamefitlar (Ch). Unga baland bo’lmagan o’simliklar, butalar, chala butalar ularning o’sish kurtaklari qishlovchi novdalarning uchida, yer yuzasidan 20-30 sm yuqori joylashgan bo’lib, qishlashi qor ostida o’tadiGemikriptofitllar (H). ko’p yillik o’simliklar, ularning asosiy yer usti qismlari qurib, yerga tushib yer ustida joylashgan qayta o’sish ko’rtaklarini berkitadi.Kriptofitlar (K). Bu guruhga juda turli- tuman o’simliklar kiradi. Ularning qayta tiklanish ko’rtaklarini va qiyofasini o’zgartirgan novdalar uchlari yer ostida yoki boshqa substraktlar tagida joylashgan.Tirofitlar (Th). Trofitlar asosan bir yillik o’simliklar bo’lib, quruq yoki sovuq davrlarni spora yoki urug’ formasida o’tkazadi. Ular noqulay sharoitni effektiv o’tkazish uchunmorfologik va fiziologik jihatdan yaxshi moslashgan.Yu. Odum (1971) yashash sharoitiga qarab, o’simliklarni 3 ta hayotiy formalarga bo’ladi:Qurg’oqchilikdan chetlanuvchi bir yillik o’simliklarO’z tanalarida yetarli suv saqlovchi sukkulentlar (kaktuslar)Cho’l butalari, ularning ko’plab shoxchalari, kalta tana asosidan o’sib chiqadi, ustlari mayda, qalin barglar bilan qoplangan.Zamburug’lar olamida quyidagi hayotiy formalar farqlanadi:Mikroskopik metseliyali hujayrasiz turlarMikroskopik metseliyali hujayrali turlarMikroskopik bir hujayrali (achitqi zamburug’lar)Makroskopik hayotiy formalarLishayniklar vakillarida 3 xil hayotiy formalari farqlanadi:Qatqaloqsimon 2. Bargsimon 3. Butasimon hayotiy formalarMeridian tekisligi gorizont tekisligiga tik bo‘ladi. Bu ikkala tekislik kesishgan chiziq, tush ch izig‘i deyiladi. Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan daraja hisobidagi masofa geografik uzunlik deb ataladi. Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining uzunligi geografik kenglik deb ataladi;- Yeming o‘z o ‘qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo‘lgan sutkani hosil qiladi.Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida aylanadi. 200 mln. yilda ular Galaktika markazini bir marta aylanib chiqishadi. Buni galaktika yili deb atashadi.Yer va Oy umumiy og‘irlik markazi atrofida shunday aylanisha-diki, ulaming har biridagi xohlagan nuqta bir xil orbita hosil qiladi.Demak, har bir nuqtada geografik kenglikka bog‘liq bo‘lmagan bir xil markazdan qochma kuch vujudga keladi. Yeming har bir nuqtasiga markazdan qochma kuchdan tashqari Oy tomonga yo‘nalgan torti- shish kuchi ham ta’sir qiladi.Oyning tortishi natijasida Yer elastik ravishda deformatsiyalanib, tuxum shaklini oladi. Bu “tuxum” Yer va Oy markazlarini tutashtiruv- chi chiziq bo‘ylab Oy tomonga cho‘zinchoq bo'ladi. Bunda Yeming suv qobig‘i sezilarli o ‘zgaradi: okean yuzasining Oyga eng yaqin tur-gan nuqtasida va unga teskari tomondagi (Oydan eng uzoq) nuqtada suv ko‘tariladi, bu nuqtalar orasida suv sathi Yer - Oy chizig‘iga tik ravishda pasayadi Yer sharining Oyga qaragan tomonida okean sathi-ning ko‘tarilishiga sabab shuki, bu yerda suv zarralarining markaz­dan qochirma kuch tufayli Oydan qochishga (itarilishiga) nisbatan,Oy suv zarralarini kattaroq kuch bilan tortadi. Bunda markazdan qo­ chirma kuch Yer bilan Oyning o ‘zlarining umumiy markazi atrofida aylanishidan hosil bo‘ladi, ulaming bu markazi Yer sharida,uning markaziga yaqin joydadir. Yeming Oyga qarama-qarshi tomonida okean suvining ko‘tarilishiga sabab, yuqorida aytilgan itaruvchi kuch-lar bu Yerda Oyning tortish kuchidan yuqori boMadi. Bunda Yeming Oydan uzoq turgan qismiga nisbatan 7 foiz ko‘p kuch bilan tortadi.Ko‘tarilgan suv Yeming o ‘z o ‘qi atrofida aylanishi natijasida ko‘tariIish to‘lqiniga aylanib, Yer aylanishiga teskari, ya’ni Yer sha-rini sharqdan g‘arbga tomon aylanib chiqadi. Toiqinning eng ba- land joyi o ‘tgan joyda dengiz suvi ko‘tariladi. To‘lqinning eng past joyida dengiz suvi qaytadi. Sutka davomida dengiz sathi ikki marta ko‘tariladi va ikki marta pasayadi.Yerda Quyosh tortishi natijasida ham dengiz suvi ko‘tariladi, le-kin Quyosh Yerdan juda uzoqda bo‘lganligi uchun u dengiz suvini Oyga nisbatan 2,17 marta kam ko‘tariladi. Dunyo okeanida doimiy ravishda Yer aylanishiga qarshi tomonga oqib yuradigan ko'tarilish toMqini Yeming aylanishini sekinlashtiradi va Yer sutkasi asta-sekin uzaya boradi va 40 ming yilda sutka 1 sekundga uzayadi.Yerning ichki tuzilishi Yer shakllanishida suyuq moddadan iborat bo‘lgan, sekin-asta so-vishi natijasida bir qator kontsentrik qatlamlar vujudga kelgan (4.2- I O' I c h k i y a d r o T a s h q i y a d r o M a n t i y a M o x o c h i z i g ’i Y e r p o ’s t i Yerning ichki tuzilishi Yeming ichki tuzilishi geofizik metod - seysmik zondlash yordami- da o‘rganiladi. Yerda chuqurga tushgan sari seysmik to‘lqinlaming tezligi sekinlashadi va birdan o ‘zgaradi. Shu to‘lqinlar o ‘zgarishiga qarab quyidagi qismlarga bo‘linadi: y e r p o ‘sti, mantiya, yadro. Yer-Goudie A. Physische Geographie. Germany. 2002. 3-bet.ning ichki qismi yadro deb ataladi. U yerda jismlar suyuq plastik ho-latda ekanligi qayd qilingan. Yadro temir-nikel qotishmadan iborat.Bosim va harorat juda yuqori. Yeming ichiga chuqur tushilgan sari bosim harorat oshib boradi. Harorat 5500° С gacha ko‘tariladi. Bosim 1,4 mln atmosferagacha oshadi. Jinslaming zichligi yer po‘stidagi 1,5-3 dan mantiyada 3,5-5,5 gacha, yadroda 12,6 gacha ko‘tariladi. Yer ichiga tushgan sari har 100 metrda haroratning o ‘zgarishiga geometrik gradiyent deb ataladi. 0 ‘rta hisobda 3°C ga teng. Chuqur- likka tushilgan sari harorat l°ga oshishi uchun zarur bo‘lgan chuqur-lik geometrik bosqich (33 m) deb ataladi. 0 ‘rta qatlam mantiya deb yuritiladi. Uning qalinligi 2000 km ga­cha bo‘lib, yadroga nisbatan qattiqroq jismlardan tuzilgan. Manti- yani ustida joylashgan va uni yopinchiq sifatida har tomondan o‘rab olgan litosfera (yunoncha litos tosh, sfera qobiq) Yeming qattiq tosh qobig‘idir. Uning qalinligi 50-200 km. Litosfera mantiyaning Yuqori qismini va Yer po‘stini o‘z ichiga oladi. Litosfera yuqori mantiyadagi yumshoq, yopishqoq xamirga o ‘xshagan astenosfera qatlami ustida joylashgan. Yer litosferasining shakllanishida astenosferaning o‘mi muhim. Astenosferada magma va yer qobig‘i moddalarining parcha-lanishi va sarslanish jarayonlarining o ‘zagi yotadi. Litosfera plitalari-ning harakatlarini ta’minlovchi astenosferaning geodinamik xossalari katta ahamiyatga ega. Litosferaning quyi qismiga Yuqori mantiya qatlamining bir qismi ham kiradi. Litosferaning yuqori qismini Yer po‘sti tashkil qiladi.Yer po‘sti qalinligi 6-70 km. yer po‘sti bilan mantiya orasida-gi chegarani yugoslaviyalik seysmolog Moxorovichich aniqlagan.Shu sababli bu chegara Moxorovichich yuzasi yoki qisqacha Moxo chizig'I deb ataladi. Bu aniq chegara bo iib , yer yuzasining hamma joyida bor. Yer po‘stining ikkita shakli mavjud: materik va okean yer po‘sti. bazalt, mantiyaning ustki qismidan iborat. Materik yer po‘stining yuqori qismida granit va pastki qismida bazalt qatlamdan iborat. Okean yer po‘stida granit qatlam yo‘q faqat bazalt qatlamdan iborat.Okean yer po‘sti materik yer po‘stiga qaraganda yosh hisoblanadi.Eng qadimgi materik yer po‘sti hisoblangan Grenlandiya va Janubiy Amerika yer po‘stining yoshi 3,5 mlrd, okean yer po‘stining hech bir joyida 250 mln yoshga teng bo‘lgan hududlar uchramaydi27.Glossariy A zim ut - (arabcha as-sumut - yo‘l) - joy yoki xaritada shimol yo‘nalishi bilan tanlangan obyekt yo‘nalishi orasidagi burchak. Azi­mut burchaklari shimol yo'nalishidan soat mili harakati yo‘nalishi bo‘ylab 0° dan 360° gacha hisoblanadi.Afeliy (Aphelion) - (yunoncha apo - dan xelios - Quyosh) say­yora, asteroid, dumli yulduzlar orbitalarining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi.Bosh meridian (Prime meridian) - (nolinchi meridian) geografik uzoqliklami hisoblashda shartli ravishda boshlang ‘ich deb qabul qi­ lingan meridian. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o ‘tuvchi meridian Bosh meridian deb qabul qilingan. Geografik koordinatalar (Geographic Grid) - yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlang‘ich meridian tekis- ligiga nisbatan o ‘lchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari.

Xulosa

Natijada qutblarga yerning turli nuqtalari to’g’ri kelib qoladi. Natijada yerning qutblari uning yuzasi bo’yicha ko’chib yuradi.Yerning shimoliy qutbi, tomonlari 30 metr bo’lgan kvadratdan chiqmagan holda murakkab chiziq chizadi, uning harakati qutbdan kuzatilganda soat strelkasiga teskari yo’nalishda buriladi.Ekvatorial va ekliptik koordinatalar sistemalarida yoritgichlarning uzunlamalarini o’lchashni hisob boshi qilib, bahorgi tengkunlik nuqta olingan. Shuning uchun, bahorgi tengkunlik nuqtani g’arb tomonga ko’chishi tufayli barcha yoritgichlarni ekliptik uzunlamalari har yili 5026 o’zgarib turib, kenglamalari o’zgarmaydi. Chunki Oy - Quyosh presessiyasi ekliptika tekisligini o’zgartirmaydi. Yoritgichlarni har ikkala ekvatorial koordinatalari uzluksiz ravishda o’zgarib borganligi sababli, Yerning berilgan joyi uchun osmon ko’rinishi juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Natijada ba’zi ko’rinmaydigan yulduzlar chiquvchi va botuvchi bo’lib, ba’zi ko’rinadigan yulduzlar esa chiqmaydigan va botmaydigan bo’ladi. Masalan bir necha yildan keyin Yevropada janubiy Krest yulduzi ko’rinuvchi bo’lsa, Sirius yulduzi hamda Orion turkumining bir qismi ko’rinmaydigan bo’ladi. Odamlar juda qadim zamonlardanoq Quyosh har kuni ma'lum vaqtda sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o‘tgan vaqtkunduzi, botgandan chiqqunicha o‘tgan vaqt esa kechasi deyiladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Yer bir sutkada, ya'ni 24 soat (aslida 23 soat 56 daqiqa va 4 soniya)da o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi. Kecha bilan kunduzning almashinib turishini o‘zingiz bemalol tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘uda koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ ko‘rinadi, yarmi esa qorong‘u bo‘ladi.


Download 32,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish