1. yengil atletika sport turi yengil atletikada mahoratni oshirish umumiy va maxsus mashqlar



Download 21,46 Kb.
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi21,46 Kb.
#820387
1   2
Bog'liq
Yengil atletikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo

III.8. Yengil atletika turlari 
taktikasi va strategiyasi
Mashg'ulot jarayonini yil davomida tashkil qilish tamoyili 
mashg'ulotlar samaradorligini oshirish va yuksak sport natijalariga 
erishishning hal qiluvchi shartlaridan biri yil davomidagi tayyor- 
garlikdir. Sportchi mashg'ulotlarni 12 oy mobaynida muntazam, 
turli rejalashtirish variantlari asosida o'tkazadi va bundan bir 
necha oy yoki haftani tiklanish uchun ajratadi.

Yil davomidagi mashg‘ulotni rejalashtirish uchun davr- 


lashtirish, ya’ni sikllar, davrlar va bosqichlarga bo‘lishdan 
foydalaniladi. U larning nisbati va davomiyligi quyidagi omillar 
bilan belgilanadi: muayyan taqvimiy musobaqalarda ishtirok 
etish zarurati, yengil atletika turining o‘ziga xos xususiyatlari
sportchining tayyorlanganligi darajasi, 
sport formasining 
rivojlanishi xossalari.
Hozirgi vaqtda yengil atletikada yil davomidagi mashg‘ulotni 
tashkil etishning uchta asosiy varianti mavjud. Birinchi variantda 
yil bitta katta mashg‘ulot siklini (makrotsikl) tashkil etib, uch 
davrga bo'linadi: tayyorgarlik, musobaqalashuv va o‘tish davrlari. 
Tayyorgarlik davri 6 oyga yaqin davom etib (oktyabr-mart), o‘z 
navbatida uch bosqichga taqsimlanadi: kuzgi-qishki tayyorgarlik
— 3 oy (oktyabr-dekabr); qishki musobaqalashuv — 1 oy (yanvar- 
fevral), bahorgi tayyorgarlik - 2 oy (mart-aprel). Musobaqalashuv 
davri 5 oy davom etib, ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: ertangi 
musobaqalar — 1 oy (may) va asosiy musobaqalar — 4 oy (iyun- 
sentyabr). O'tish davri, odatda, 3—4 hafta davom etib, sentyabr 
oyining ikkinchi haftasidan oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi variant boshlovchi yengil atletikachilar, kichik raz- 
ryadli sportchilar, shuningdek, qishda musobaqalashish imkoniga 
ega bolm agan yaxshi tayyorgarlik ko'rgan uzoq va o‘ta uzoq 
masofalarga yuguruvchilar, tezyurarlar va uloqtiruvchilar tayyor­
garligi uchun mo‘ljallangan.
Yengil atletika sohasidagi mutaxassislarning tadqiqotlari va 
tajribalariga tayangan holda 1-variant asosida turli malaka va 
ixtisoslikka ega bolgan yengil atletikachilar mashg‘ulotlari davr­
lari bo‘yicha mashg‘ulotlarning umumiy vaqtiga nisbatan umumiy 
(UJT) va maxsus (MJT), shuningdek, texnik tayyorgarliklarning 
quyidagi taxminiy foiz hisobini tavsiya etish mumkin (2-jadval).
Ikkinchi variantda yil ikkilantirilgan: kuzgi-qishki (5 oyga 
yaqin, ya’ni 15 sentyabr-yanvar 3 hafta) va bahorgi-yozgi (6 oy —
12 martdan 12 sentyabrgacha) sikl, shuningdek, o‘tish (3—4 hafta
— 1 sentyabrdan 1 oktyabrgacha) davridan iborat bo‘ladi.
0 ‘z navbatida, kuzgi-qishki sikl kuzgi-qishki tayyorgarlik 
(oktyabr-noyabr) va maxsus tayyorgarlik (dekabr-yanvarning ik-

к inchi haftasiga) bosqichlariga bo‘linadi. Bu siklga musobaqa 


davri ham (yanvarning 3 haftasidan fevralning oxirigacha) kiradi.
Bahorgi-yozgi sikl bahorgi tayyorgarlik (15 m art — 14 aprel) 
va maxsus tayyorgarlik (may-iyun) bosqichlari, shuningdek, ya- 
qinlashtiruvchi (1 — 30 iyun) va asosiy musobaqalar (1 iyul — 14 
sentyabr) davrlarini o‘z ichiga oladi.
Bu variant faqat yozda emas, qishki davrda ham musobaqalashish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan yengil atletikachilarni tayyorlash uchun 
qollaniladi. Uning ahamiyati shundaki, yilning ko‘pdan-ko‘p 
musobaqalarida ishtirok etish yengil atletikachilar tayyorgarligini 
yaxshilaydi hamda o‘quv-mashq jarayonining yanada sifatli va 
muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi. Musobaqalar taqvi- 
m ini ikki siklli qilib tuzish murabbiydan sportchilarning sport 
formasini boshqarish, tayyorgarlikning vosita va usullarini tan- 
lash, ularni turli variantlarda qollash borasida katta mahorat ta- 
lab qiladi, ayni paytda sportchining ahvolini, ish qobiliyatini joriy 
nazorat qilish bilan chambarchas bog‘liq bo'ladi.
Download 21,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish