28-rasm. Shistosomatoz qo'z-g'atuvchilari(Schistosoma sp.)ning hayot sikli: a-asosiy xo'jayin; la-ur-g'ochi va erkak parazitlarning kopulyatsiyasi; Ib-parazitning tuxumi; 2-miratsidiy; b-rivojlanish sikli namunasi; 3-Planorbis urug'iga mansub qorinoyoqli mollyuska; 3a-birinchi yoshdagi sporotsista; 3b-ikkinchi yoshdagi sporotsista; 4-serkariy.
Shundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona sporotsistalar, keyin qiz sporotsistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar hosil bo’ladi. Mollyuska organizmida bitta miratsidiydan 200 mingtagacha serkariylar yetishadi.
Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun organizm bo’ylab migratsiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo’ya boshlaydi. Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda yer yuzida 700 mln. dan ortiq odamlar shistosomoz kasalligidan azob chekadi.
Odamlarda, asosan Schis-tosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schitosoma japo-nicum kabi turlari ko’proq para-zitlik qiladi. Braziliyada Schistosoma mansoni turi bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida Schistosoma haematobium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50 - 70 % aholi ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda aholining 60 – 95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. Shistosomalar bemorlar tanasida 5 - 10 yilgacha parazitlik qiladi.
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli qovuqda tosh hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odamlarga ambilgar, antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qo’llaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so’rg’ichlilariga - Orientobilgartsiya kiradi.
Bu parazitni birinchi marta 1913 yili akademik K.I. Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgartsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Hindiston, Pokiston, Turkiya va Mo’g’iliston davlatlarida keng tarqalgan. MDHda esa O’rta Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq Sharqda uchraydi. O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida keng tarqalgan.
Orientobilharzia turkestanica o’ziga xos ayrim jinsli trematoda turi bo’lib, Schistosomatida turkumiga Schistosomatidae oilasiga mansub.
Erkaklarining uzunligi 6,4-12,9 mm, eni 0,48-0,64 mm. Og’iz so’rg’ichi yumaloq, 70-80 tagacha bo’lgan urug’donlari cho’zinchoq-oval shaklga ega. Urug’donlari ichak naylari orasida ikki qator bo’lib joylashadi. Urg’ochilarining uzunligi 4,8-6,8 mm, eni 0,08-0,14 mm. So’rg’ichlari rudimentar. Bachadonda bitta tuxum uzunchoq-oval shaklda bo’lib, har bir qutbida bittadan ilmoqchalari mavjud.
Boshqa qon ikki so'rg'ichlilariga o'xshab uning ham rivojlanishi ikkita xo'ja-yinda ketadi(29-rasm). Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari(Lymnaea auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayinlari chorva mollari hisoblanadi
Urg’ochi trematodalar bevosita ichak devoriga yaqin joylardagi mayda qon tomirlariga o’tadi va shu joylarga hali to’liq yetilmagan tuxum ajratadi. Tuxumning keyingi rivojlanishi va tuxum ichida miratsidiy shakllanishi xo’jayin to’qimasida amalga oshadi.
Tuxum o’zida mavjud bo’lgan ilmoqchalari yordamida mayda qon tomirlarini yorib ichakga o’tib oladi va hayvon tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi.
T uxum suvga tushganida uning ichidagi miratsidiy chiqadi va chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalar sinfi vakillari organizmiga mantiya bo’shliqlari orqali o’tib oladi. Mollyuska organizmida parazit lichinkalari partenogenetik yo’l bilan rivojlanib, ona va qiz sporotsistalarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |