1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari



Download 0,68 Mb.
bet12/20
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#830227
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar

O'pka so'rg'ichlisi (Paragonimus westermani). Bu parazit ham odam, it, mushuk, cho'chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming o'pkasida, ba'zan esa jigar, miya, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi.
O'pka so'rg'ichlisi, asosan, Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Nepal, Hindiston va G'arbiy Afrikada krab va qisqichbaqalarni yeb hayot kechiradigan odam va yirtqich hay-vonlarning o'pkasida parazitlik qilib, paragonimoz kasalligini tarqatadi. MDH da Uzoq Sharqda kamdan-kam odamlar bu kasallikka chalinib turadi.
O'pka so'rg'ichlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi qizg'ish-jigar-rang bo'lib, uzunligi 10-16 mm keladi. Butun tanasi sirtqi tomondan tikanaklar bilan qoplangan bo'ladi. O'pka qurtining o'ziga xos belgilaridan biri tanasining o'rtasida qorin so'rg'ichi, uning atrofida esa bachadon bilan tuxumdonlar joylashgan. Ulardan pastroq qismida ikkita bo'lakchaii urug'donlar yotadi. Tanasining oldingi qismida og'iz so'rg'ichi bilan o'ralgan og'zi joylashgan. Og'zidan halqum, so'ng qisqa qizilo'ngach davom etadi. Ichaklari ikki shoxli bo'lib, tanasining orqa qismigacha boradi va berk holda tugaydi.
O'pka so'rg'ichlisining rivojlanishi oraliq va qo'shimcha xo'jayinlar orqali bo­radi. Asosiy xo'jayinlari odam, it, mushuk, yo'lbars, cho'chqa va boshqa yirtqich hayvonlar hisoblanadi.
Parazit tuxumlari asosiy xo'jayinining balg'ami (o'pkada parazitlik qilganda) yoki axlati (ichak paragonimozi) bilan tashqariga chiqadi va bu tuxumlarning rivojlanishi suvda kechadi.
O'pka so'rg'ichlisining oraliq xo'jayini ikkita: birinchisi Semisulcospira, Mela-nia urug'lariga kiradigan molluskalar, ikkinchisi Potamon, Eriocheir avlodlariga kiradigan chuchuk suv krablari va Cambaroides urug'iga kiruvchi qisqichbaqalar hisoblanadi. Parazit tuxumlari suvga tushgach, bir necha kundan keyin tuxumdan lichinka - miratsidiy chiqadi.
Miratsidiylar suvda faol suzib yurib, o'zining birinchi oraliq xo'jayini - suv shil-liqqurtini topib, uning tanasiga kiradi va keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi.
Keyinchalik sporotsistalardan rediyalar rivojlanadi, rediyalardan esa serkariylar taraqqiy etadi.
Serkariylarda rudiment holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti bo'ladi. Molluskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suzmasdan, balki suv havzalari tu-bida sekin harakatlanadi va faol ravishda ikkinchi oraliq xo'jayinlari bo'lmish chuchuk suv krablari va qisqichbaqalar organizmiga kiradi. Serkariylar xo'jayinlarining muskullari, jigari va jabralarida yashab, o'rta hisobda 6 hafta ichida yuqumli holatga ega bo'lgan lichinkalik bosqichi" metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy bosqichida dumi bo'lmaydi, ancha mustahkam qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Asosiy xo'jayinlari, ya'ni odam, it, mushuk, cho'chqa, yovvoyi cho'chqa, yo'lbars, qoplon, yovvoyi mushuk va boshqa yirtqich sutemizuvchilar metatserkariy bilan zararlan-gan krablarni va qisqichbaqalarni xomligicha yeganda parazitlarni o'zlariga yuq-tiradi. Asosiy xo'jayini ichiga kirgan metatserkariylar o'n ikki barmoqli ichak de-vorini teshib, tana bo'shlig'iga o'tadi, so'ng diafragma va plevra orqali o'pkaga boradi. Asosiy xo'jayini zararlanishidan to parazitlarning tuxumi chiqqungacha bo'lgan vaqt 3 oyga to'g'ri keladi.
Vesterman so'rg'ichlisining odam uchun xavfli tomoni - o'pkada ko'plab tu-gunlar hosil qiladi, natijada ko'krak og'riydi, nafas siqiladi, yo'tal paydo bo'ladi va o'pkadan qon keladi. Bunday tugunlar bosh miyada ham hosil bo'lishi mumkin. Odamlarni davolash uchun turli dorilar ishlab chiqilgan (bitionol), lekin og'ir hol-larda faqat jarrohlik yo'li bilan davolash mumkin. Agar bemorning o'pka va miyasida parazit tugunlari haddan tashqari ko'payib ketsa, jarrohlik yo'li ham natija bermaydi.
Paragonimoz kasalligini aniqlash uchun bemorning balg'ami va axlati tekshi-rilib, parazit tuxumlari aniqlanadi.
Asosiy profilaktik choralarga yaxshi pishirilmagan krab va qisqichbaqalarni yemaslik, suv havzalariga hayvonlar axlatining tushishiga yo'l qo'ymaslik hamda aholi o'rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish to'g'risida targ'ibot ishlarini olib borishdir.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish