1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari


 Yapon tilida grammatikani oʼqitishda nutq kompetentsiyalarining xususiyatlari va ularga metodik yondashuv



Download 1,48 Mb.
bet8/16
Sana22.07.2022
Hajmi1,48 Mb.
#837001
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
2.1. Yapon tilida grammatikani oʼqitishda nutq kompetentsiyalarining xususiyatlari va ularga metodik yondashuv
Grammatikaga oid bilimlarsiz, grammatika mexanizmini shakllantirmasdan turib, chet tilidagi gapirish koʼnikmasi haqida soʼz ham boʼlishi mumkin emas. Аgar oʼquvchi shunday mexanizmni oʼzlashtirgan boʼlsa, u chet tilida grammatik jihatdan toʼgʼri tuzilgan gaplarni hosil qila olishi yoki tinglab tushuna olishi mumkin. Dasturlarda qayd qilinganideq yapon tilini egallash uning grammatikasini oʼrganmay turib amalga oshirilishi mumkin emas. Oʼrganilayotgan tilda nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʼqish va yozish uchun grammatikani oʼrgatish darkor. Grammatika nutq faoliyatlari turlari uchun material boʼlishi lozimdir. Grammatikani oʼrgatish uchun 4 ta nutq faoliyatlari turlarida oʼrgatishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Shu sababdan grammatikani oʼrgatayotgan oʼqituvchi uni nutq faoliyatida qoʼllashga oʼrgatsin, talaba oʼquvchi uni amalda qoʼllasin. Oldin grammatik material minimum tanlanadi. Yapon tili grammatikasi leksika kabi taʼlim maqsadi va taʼlim vositasi sifatida oʼrgatiladi. Xozirgi paytda grammatikani oʼrgatishda gap namunalariga koʼprok asoslanish koʼzda tutilyapti.12
_____________________________________________________________________
11http://www. oshiete.goo.ne.jp/qa/2737802.html
12www.tufs.ac.jp/ts/personal/hanazono/jp/rasii.html
Yapon tilini oʼqitishda oʼqituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni ishlatishda quyidagilarga eʼtibor berishi lozim:
– oʼquvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish;
– yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;
– yangi mavzuni oʼtilgan mavzular bilan izchillikda yetkazish;
– oʼquvchilarning fikrlash darajasini rivojlantirib borish;
– taʼlimiy oʼyinlarning izchilligi, xilma xilligi va qiziqarli boʼlishiga erishish;
– shu mashgʼulotning oʼzida yangi bilim asosida shakllangan koʼnikmalarini tekshirib borish;
– oʼquvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
– dars jarayonida oʼquvchilar ishtirokini kuchaytirib borish.
Bizga maʼlumki, xorijiy tillarni oʼrganishga nisbatan eng qulay boʼlgan davr
5-8 yosh boʼlib, bu davrda bola tomonidan oʼz ona tilini oʼrganish tizimi toʼliq oʼrganilgan boʼlib, xorijiy tilni egallashga ongli ravishda yondashadi, atrofdagilar bilan xorijiy tilda aloqaga kirishish unchalik qiyinchilik tugʼdirmaydi. Bolalikda xorijiy tillarni oʼrganish jarayoni orqali rivojlanadigan layoqatlar bolaning kommunikativ qobiliyatlari rivojiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Oʼn yoshdan soʼng, xorijiy tillarni oʼrganuvchi bolalarning faqat 5 foizigina soʼzlarni toʼgʼri talaffuz etishi mumkin. Shuning uchun ham xorijiy tillarni oʼrganishni erta boshlash samarali hisoblanadi.
Taʼlim samaradorligiga erishish uchun bugungi kunda yapon tili fani oʼqituvchisiga quyidagi talablar qoʼyiladi:
1. Yuqoridagi sinflarni oʼzida mujassamlashtirgan oʼqituvchi yetarli bilim, koʼnikma, malakaga ega boʼlishi, pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniq bilishi.
2. Taʼlim jarayonida boshlangʼich sinf oʼquv chilarining yoshiga xos pedagogiq psixologik individual xususiyatlarni hisobga olib pedagogik texnologiyalarni qoʼllash.
3. Oʼqituvchining fazilatlaridan biri u oʼz fanini yuqori saviyada bilishi taʼlim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, natijaga erishish.
4. Oʼqituvchi kasbiga oid talablardan biri bolalarni sevishi, ularning hayoti bilan qiziqishi, pedagogik texnologiyani qoʼllash orqali ularning xorijiy tilga nisbatan mehrini uygʼotishdan iborat boʼlishi lozim.
Demak yapon tilini pedagogik texnologiyalar vositasida interfaol oʼyinlar orqali oʼqitish yoshlarni kelajakda mustaqil fikrga ega barkamol avlod boʼlib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Yapon tili oʼqituvchisi 1-, 2-, 3-, 4-sinflarda taʼlim jarayonida qanchalik ustalik bilan pedagogik texnologiyalardan oʼz oʼrnida, maqsadli foydalansa, dars samaradorligi yuqori boʼladi. Bugungi har bir fan oʼqituvchisi oʼz fanining xususiyatidan kelib chiqib, taʼlim jarayonida turli interfaol usullardan foydalanmoqda. Bizning yoʼnalishimizning maqsadi boshqa fanlardan farqli ravishda noanʼanaviy darslarda pedagogik texnologiyalarning turli interaktiv usullaridan foydalanib, kichik yoshdagi oʼquvchilarni erkin fikrlashga tayyorlashdir. Davlat taʼlim standartida har bir sinf uchun, masalan, 1-sinf uchun 200 ta, 2-sinf uchun 250 ta soʼz va iboralarni oʼrgatish maqsadi qoʼyiladi, demak xorijiy til oʼqituvchisi pedagogik texnologiyalar asosida yuqorida taʼkidlangan maqsadlarni amalga oshirishi koʼzda tutiladi.
Yapon tilini oʼqitish metodikasining nazariy asosi oʼz oldiga quyidagi vazifalarni qoʼyadi:
1. Xozirgi davr yapon tili oʼqitish metodikasi maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida metodikaning asosiy qismlarini yoritish va uning asosida oʼquvchi, talabalarga taʼlim berish.
2. Oʼquvchi talabalarga yapon tili oʼrgatishning ilgʼor metod va usullarini tanishtirish.
3. Xozirgi davr metodikasining tarkibiy qism, vositalarini yoritish.
4. Oʼqituvchilarning ilgʼor tajribalarini oʼrganish.
5. Seminar mashgʼulotlari orqali mutaxassislik uchun zarur malaka va koʼnikmalarni shakllantirish.
6. Boʼlajak oʼqituvchilarni maxsus ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ishlashga oʼrgatish orqali oʼz kasbi ustida mustakil shugʼullanishga, ilmiy ishlarga tayyorlash.13
Umuman olganda shunday minimum tanlanishi kerakki, u oʼquv dasturi miqyosida yapon tilini aloqa quroli qilib egallashga yetarli boʼlsin. Biz yaponcha talaffuzni oʼrgatishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelamiz:
1) yapon tili tovushlarni xosil boʼlish oʼrnini koʼrsatishdagi qiyinchiliklar;
2) ona tilidagi tovushlarning xosil boʼlish oʼrnini koʼrsatishdagi qiyinchiliklar;
3) oʼquvchi va talabalarning oʼzlariga xos (individual) xususiyatlari;
4) notanish tovush birikmalarni ravon nutqda talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar.
G. V. Rogova bularni diskriminatsiya, artikulyatsiya, intonatsiya, integratsiya, avtomatizatsiya muammolari deb nomlaydi. Talaffuzni oʼrgatish shu talaffuz materiallarining xususiyatiga bogʼliqdir. Аsosan ona tilida boʼlmagan fonetik materialni oʼrgatishga koʼproq ahamiyat beriladi. Talaffuz materiali bilan tanishtirish 3 ta metod orqali amalga oshiriladi.
1-metod. Tovush talaffuzini tinglab, aynan oʼzini qaytartirish yoki taqlid (immitatsiya) qilib oʼrgatish metodi.
2-metod. Tushuntirish metodi. Bu metod asosan ona tilidagi tovushlar bilan qisman oʼxshash, umuman yoʼq boʼlgan tovushlarni oʼrgatishda qoʼllaniladi.
3-metod. Metodik adabiyotlarda alohida metod deb koʼrsatilmagan.
Tilni tushunmoq va unda oʼz fikrni toʼgʼri bayon qilmoq uchun kishi oʼrganilayotgan til grammatika mexanizmini oʼzlashtirmogʼi zarur.
Darhaqiqat, kishi gapdagi hamma soʼzlarni bilsa ham, bu gapdagi soʼzlar oʼrtasidagi bogʼlikliklarni sezmasa, uning mazmunini tushunib yetmasligi mumkin.

____________________________


13Мацумура Акира 松村明, Большой словарь по японской грамматике 日本文法大辞典, Токио, 1971 (на япон. яз.)
Аksincha, biron gapda bitta, ikkita va undan ham koʼproq notanish soʼz ishlatilgan boʼlsa ham, kishi til strukturasini yaxshi egallagan boʼlsa, u shu soʼzlarning maʼnosini fahmlab bilib olishi yoki boʼlmaganda bu soʼzlarni lugʼatdan topib gapning mazmunini tushunib olishi mumkin.
Leksikani oʼrgatish, tilni oʼrgatishning asosini tashkil qiladi. Leksika oʼrganiladigan, oʼrgatiladigan soʼzlar va soʼz birikmalari yigʼindisidir. Leksikani mukammal egallamay turib, nutq faoliyatining turlarini oʼrgatib, oʼrganib boʼlmaydi. U nutq faoliyatlari uchun material sifatida ishlatiladi. Nutq uchun material juda zarurdir. Material boʼlmasa nutq sodir boʼlmaydi. Yapon nuщni tinglab, oʼrgangan soʼzlar asosida uning mazmunini tushunish mumkin. Oʼquvchi, talaba soʼzlarni taniy olmasa, bilmasa maʼlumot olmaydi, nutqning mazmuni mavhumligicha qoladi. Tinglab tushunishning leksik tomoni ustida ishlaganda, uni tinglab qabul qila olish, taniy olish o’yinlari keng ishlatiladi, chunki leksikani tinglab qabul qilish, taniy olish ham oʼz xususiyatiga, qiyinchiligiga egadir. Gapirishning leksik tomonini oʼziga xos hususiyati mavjud. Oʼquvchi va talaba uni bilmasa gapira olmaydi, bilganda ham oʼrniga qoʼya bilishi kerak. Oʼqishning leksik tomoni ham alohida qiyinchilik tugʼdiradi. Oʼquvchi, talaba oʼqishda koʼrib qabul qiladi. Shuning asosida oʼqib maʼlumot olish, tushunish uchun soʼzlarni taniy olish, oʼqiy olish, ularning maʼno, mazmunini bilgan, oʼrgangan boʼlish kerak. Fikrni yozma bayon qilishning leksik tomoni ustida ham alohida ishlash kerak. Oʼquvchi, talaba u orqali mazmunli, toʼgʼri maʼlumot yozib bera olishi uchun soʼzni yoza olishi, talaffuz qila olishi, oʼqiy olishi zarur. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, hammasi uchun leksika kerak. Shu sababdan oʼquvchilarga nutq faoliyatlarini oʼrgatishda leksikaning oʼrni muhimdir. Leksikani oʼrgatish oʼquv yurtining maqsad, mazmunlariga moslashtirilib, unga javob beradigan qilib oʼrgatiladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish