1. Xuquq normasi tushunchasi



Download 32,05 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2022
Hajmi32,05 Kb.
#833422
1   2   3
Bog'liq
HUQUQ NORMALARI

Sanksiya - yuridik normaning tarkibiy unsury bo’lib, u huquqiy norma buzilgan holda huquq buzgan shaxsga nisbatan qo’llaniladigan davlat majburlov chorasining turini belgalaydi. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo’lib, unda dispozisiyada ko’rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo’lgan jazoning yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun ragbatlantirishning turi va o’lchovi ifodalangan bo’ladi.
Shunday qilib, yuridik normaning tarkibiy qismlari quyidagilarni o’rnatadi:
Gipoteza - dispozisiyada ko’rsatilgan qoidaning kim va qachon bajarishi lozimligini va qaysi sharoitda bajarishi lozimligini ko’rsatadi; dispozisiya esa - bajarilishi lozim bo’lgan qoidaning nimadan iboratligini ko’rsatadi; sanksiya esa - normani bajarmaslik oqibatlarini ko’rsatadi.
Ta’kidlash lozimki, hamma norma ham 3 unsurli tuzilishga ega emas. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 95-moddasida faqat gapoteza va dispozisiya ko’rsatilgan va bu hol deyarli barcha konstitusiyaviy normalarga xosdir:
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibida uning normal faoliyatini taxdidga soladigan ixtiloflar yuz berganda yoxud u bir necha marta Konstitusiyaga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, Prezidentning Konstitusiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida (gapoteza) Oliy Majlis tarqatib yuborilishi mumkin. Oliy Majlis tarqatilgandan so’ng unga yangi saylov 3 oy mobaynida o’tkaziladi» (dispozisiya). Yoki boshqa bir misol: O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 88-moddasi: «Oliy Majlis deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi (gipoteza). U Oliy Majlisning roziligisiz jinoiy javobgar-likka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas (dispozisiya)». Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish mumkinki, deyarli barcha konstitusiyaviy normalar asosan gapo-teza va dispozisiyadan iborat.
Jinoiy va ma’muriy javobgarlikni ko’zda tutuvchi normalar esa - asosan dispozisiya va sanksiyadan iborat bo’ladi. (Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarning maxsus qismi normalariga qarang).
Shunday qilib, huquq normasining tarkibi - uning o’zaro mantiqiy bog’likligi - ichki tuzilishi, «qurilishi»dir.
3. Huquq normasining turlari va ularning tasnifi
Huquq normalarining ilmiy va o’quv adabiyotida turlicha tasniflari va guruhlanishlari mavjud. Huquq normalarini, ularda mustahkamlangan qoidalar xarakteriga qarab quyidagicha tasniflash mavjud:
1. Huquq va vakolat beruvchi normalar - ya’ni huquq subyektiga qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini ko’rsatuvchi normalar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasiga binoan, «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxdagan dinga e’tiqod qilish yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi».
2. Majburiyat yuklovchi normalar - ya’ni qanday harakatlarni sodir etish lozimligini ko’rsatuvchi normalar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasiga binoan, «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar».
3. Man qiluvchi normalar - ya’ni huquq subyektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishini man qilib qo’yuvchi normalar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57- moddasida «maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiklanadi» deb ko’rsatilgan va bu qoida man etish xarakteridadir.
Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar ham mavjud. Bunda eng avvalo huquq normalari huquq tarmoklari bo’yicha bo’linadi va bunday guruhdash huquq normalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikasiya qilish uchun muhimdir.
Huquq normalarini moddiy va prosessual huquq normalariga bo’lish ham keng tarqalgan, bunda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmunini aniqlab beruvchi normalarni moddiy huquq normalari guruhiga qo’shamiz, huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bljarish, ijro etishning tartibini belgalovchi normalarni esa prosessual normalar deymiz.
Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, ular abstrakt (mavhum) va kazu-istik normalarga ajratiladi. Konkret bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalarni abstrakt normalar deymiz. Bir munosabat turining konkret bir qismini tartibga soladigan normalar esa kazuistik normalar deb ataladi.
Gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy aniqdigiga qarab, huquq normalarini aniq va nisbiy aniq huquq normalariga bo’lamiz.
Gipotezaning hajmiga qarab, huquq normalarini oddiy (aniq bir holat ko’rsatilgan), murakkab (ikki yoki undan ortiq holat ko’rsatilgan) hamda alternativga (ikki holatdan birining mavjudligiga bog’liq holda normani qo’llash mumkin bo’ladi) bo’lish mumkin.
Dispozisiyaning aniqligaga qarab, huquq normalarini: mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga bo’lish mumkin.
Mutlaq aniq huquqiy normalarda huquq va majburiyatlar aniq belgalangan bo’ladi.
Nisbatan aniq huquqiy normalar esa har bir konkret holatlarda huquq va majburiyatlarni yanada ko’proq aniqlash imkonini beradi.
Blanket normalarda esa - qaysi qoidalarni bajarish zarurligi (davlat standartlari qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari) umumiy tarzda ko’rsatiladi.
Huquq qo’riqlovchi normalar sanksiyalarning aniqdigiga qarab, mutlaq aniq, nisbatan aniq huquqiy normalarga bo’linadi. Mutlaq aniq sanksiyali huquqiy normalarda aniq bitta davlatning majburlov chorasi ko’rsatiladi, masalan, yetkazilgan zararni qoplash kabi.
Nisbatan aniq sanksiyali huquq normalari esa, turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy ta’sir chorasi turlaridan birini qo’llashni nazarda tutadi. Bunday sanksiyalar alternativ sanksiyalar ham deb yuritiladi, Ji-noyat kodeksining aksariyat sanksiyalari alternativ sanksiyalardir.
Kumulyativ sanksiyali huquq normalari o’zida asosiy jazodan tashqari qo’shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi, masalan, muayyan jinoyatni sodir etganpik uchun ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazodan boshqa mol-mulkni musodara qilishni ham o’zida mustahkamlaydi.
Huquq normalarini yana asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo’lish ham ancha keng tarqalgan, birinchisida umumiy xarakterga ega bo’lgan qoidalar mustahkamlansa (masalan qonun normalari), ikkinchisida esa, umumiy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, normativ aktlar normalari qonun nor-malarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi).
Huquq normalari yana harakati hududiga qarab, umumiy harakat qiluvchi, mahalliy miqyosda harakat qiluvchi normalarga bo’linadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar ma’lum hudud-larda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik inqiroz hududlarida, juda baland tog’lar sharoitida, cho’l zonasida, radiaktiv xavf mavjud zonalarda va hokazo.
Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo’linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqli bo’lsa, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun yoki aniq belgalangan doiradagi subyektlarga, jumladan: pensionerlarga, nogaronlarga, ichki ishlar xodimlariga va boshqalarga taallukli bo’ladi.
Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini yana imperativ, dispozitiv normalar guruhlariga bo’lishadi. Imperativ normalar qatiy amr xarakteriga ega bo’lib, xatti-harakat subyektiga belgalangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko’pgina ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir.
Dispozitiv normalar, imperativ normalardan farqpi o’laroq, munosabat qatnashchilariga o’z xatti-harakatlari variantlarini, subyektiv huquq va majburiyatlar hajmi to’g’risida kelishib olish imkonini o’zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko’proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda uchraydi.
Kollizion normalarda - biron-bir holat bir emas, balki bir necha huquqiy normalar ta’siriga tushib qolishi mumkin va bu holda o’sha normalar o’rtasida nizo - «to’qnashuv» sodir bo’ladi, bu holatni hal etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi. Shu bois kollizion normalar «hakamnorma» deb yuritiladi va unda o’sha holatni tartibga solishda qaysi huquqiy norma qo’llanilishi ko’rsatiladi.
Foydalangan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. T.1996, 6-bet.
2. Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafko’ra. T.1. T.1996, 125-bet.
3. Karimov I.A. O’zbekiston Buyuk kelajak sari. T. O’zbekiston. 1998y.
6.Holmuminov B.T. Demokratik davlat qurilishining muhim yo’nalishlari. qonun himoyasida. 1996
8.Saidov A.Tojihonov U. Davlat va huquq asoslari. T. O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
1999 yil.
Download 32,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish