1. Xotira haqida tushuncha


Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira



Download 27,06 Kb.
bet4/5
Sana15.11.2022
Hajmi27,06 Kb.
#866836
1   2   3   4   5
Bog'liq
umumiy psixologiya

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira
Faoliyat maqsadiga kora xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari farqlanadi. Muayyan maqsadsiz biron bir narsani esda olib qolish va eslash, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz ravishda qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Biz oz oldimizga biron maqsad qoyib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. Ixtiyoriy ravishda esda olib qolish va esga tushurish jarayonlarida maxsus mnemik ("mneme" lotincha soz bolib xotira degan manoni anglatadi) harakatlar tarzida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira. Operativ xotira.
Malum bir materialni esda olib qolish uchun va uni xotirada mustahkamlash uchun u subekt tomonidan tegishli ravishda ishlab chiqilishi lozim. Bunday ishlab chiqish malum miqdorda vaqt talab qiladi. Bu vaqt izlarni konsolidatsiyalash (lotincha consolidatio sozidan olingan bolib, mustahkamlash degan manoni anglatadi) vaqti deb ataladi. Biz malum daqiqa davomida hozir bevosita idrok qilmayotgan narsalarni goyo korishda, eshitishda davom etamiz (xuddi koz ongimizda turganday yoki qulogimizda eshitilayotganday bolaveradi). Bu jarayonlar beqaror va ozgaruvchan bolib, qisqa muddatli xotira deb nom olgan. Juda kop takrorlashlar, qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolish xarakterli bolgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraligida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan song juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Qisqa muddatli xotira atamasi ornida adabiyotlarda, kopincha, uning turli sinonimlari - "bir lahzalik", "dastlabki", "zudlik", "qisqa vaqtli" va shu kabi atamalar qollaniladi.
Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi. Masalan, arifmetik amalni bajarayotganda biz oraliq natijalarni "yodimizda" saqlab turamiz. Ishlatilgan, ishlangan materiallar esa esdan chiqarib yuborilaveradi. Ish tugatilgach kopincha barcha informatsiyalar esdan chiqarib yuboriladi. Shu sababli xotiraning bu turini "ishchi" xotira ham deb yuritiladi.

Download 27,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish