1.1-rasm. Investitsion muhitni shakllantirish
Investitsiya muhiti obyekt kategoriyasi bolib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bolgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsiya muhiti faqat davlat organlari tasiri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy korsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Investitsiya muhitni makroiqtisodiyot darajasida ikki tomonlama, yani investor va aniq davlat organlari, xojalik subyektlari ortasidagi munosabatlarda oz aksini topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun obyektiv holat bolib, kapital qoyish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini ozida qamrab oladi. Lekin investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati tasirida shakllanadi. Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. Shu manoda har bir davlat kapital import qilishda ozining aniq kapital qabul qilish tizimiga ega boladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosatining va qonunlarining, meyoriy xujjatlarining majmuasidir. Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi yildan – yilga takomillashib bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asoslangan holda qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda.
Davlat hokimiyatining tasirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat malum bir investitsiya tizimiga egaligini takidlash mumkin. Bu tizim huquqiy meyorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini oz ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi investitsiya muhitining komponenti bolib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsiya muhitini ozgartirishga qodirdir.
Investitsiya muhiti-juda keng manoda ishlatiladigan tushuncha bolib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va masalalarni oz ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan malum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, oz kapitalini kiritmoqchi bolgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsiya muhiti va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsiya muhiti qanchalik qulay bolsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada boladi va bu investorlarning kirib kelishini kopaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bolsa, risk darajasi yuqori boladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining osishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.
Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar ortasidagi investitsiya uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini korib otish zarur. Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yonalganligi, shuningdek ularning real hajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi.
Umuman olganda investitsiya riskini uch toifaga bolish mumkin:
1. Asosiy (yoki mamlakat bilan bogliq) risk.
2. Shartnoma yoki investitsiyaga qadar risk.
3. Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar.
Har bir kompaniya ozining investitsiyalash strategiyasi, raqobat kurashidagi oz ornidan kelib chiqqan holda investitsiya riski majmuini mustaqil baholaydi va u yoki bu mamlakatga investitsiya kiritadi. Keyingi on yillarda rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan sanoat jihatidan jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari ortasidagi farqlar yaqqol kozga tashlana boshladi.
Rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar goyat sinchkov va pishiqligi bilan ajralib turadilar. Ular mamlakatdagi siyosiy iqtisodiy vaziyatni uzoq organadi, tahlil etadi va shundan keyingina bu mamlakatga investitsiyalar kiritish yoki kiritmaslik haqida bir qarorga keladi. Yangi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar ularga qaraganda faolroq. Ularning strategiyasi hujumkorligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar uchun yangi bozorlarga tez kirish hamda u yerda etakchi mavqeni egallash asosiy masala hisoblanadi.2
Investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillar
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faoliyatining taraqqiyotiga, uning ozi esa investitsiya muhitiga bevosita bogliq. Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi muhimdir. Negaki mamlakatda iqtisodiy, siyosiy,ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bolsagina osha davlat iqtisodiyotiga investitsiya qoyilishi mumkin. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini kopaytirishning muhim omili hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotda «investitsiya muhiti» tushunchasi va unga tasir etuvchi omillar turlicha talqin etiladi. Masalan, 2005 yilda Jahon taraqqiyoti maruzasida investitsiya muhiti tushunchasi kompaniyalar imkoniyatlarini aniqlovchi va ularda har bir joyning oziga xos va ularda samarador investitsiyalarni amalga oshirishga, ish joylari barpo etishga va oz faoliyatini kengaytirishga ragbatlantiruvchi kuchni shakllantiruvchi omillar majmuasi deb tarif berilgan3.
Rossiyalik iqtisodchi olimlardan G.E. Igolnikov, E.S. Patrushevalar fikricha, investitsiya muhiti moliyaviy yoki moddiy mablaglarning iqtisodiy jalb etuvchanligi, ijtimoiy-siyosiy tavsifga ega xavflarning yoqligi, meyoriy-huquqiy negizning barqarorligi va takomillashtirilishidan shakllanadi4-deb tariflaydi. D.G. Gozibekov, T.M. Qoralievlar fikricha, investor tomonidan malum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, oz kapitalini kiritmoqchi bolgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi»9 -deb hisoblaydi.
Iqtisodchi olimlardan A. Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti togrisida quyidagilarni takidlab otadilar: «Investitsiya muhiti bu xorijiy kapital qoyilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yigindisidir. Investitsiya muhiti kompleks, kopqirrali tushuncha bolib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, osish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy osish suratlari, inflyatsiya suratlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi korsatkichlarga ega».
«Investitsiya muhiti» va «investitsiya iqlimi» sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xusus-da iqtisodchi olimlardan D. Gozibekov va T. Qoralievlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng manoda ishlatiladigan tushuncha bolib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan malum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, oz kapitalini kiritmoqchi bolgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi».
Fikrimizcha, investitsion muhit - muayyan mamlakatga (yoki hududga) investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar mavjudligining ijobiy yoki salbiy tomonlarini anglatadi. Shu orinda takidlash joizki, kiritilishi nazarda tutilgan investitsiyalardan keladigan daromadlarni yoqotish ehtimoliga bogliq bolgan majburiy tolovlar, soliqlar, kredit foizi va shu kabi xarajatlardan tashqari oziga bogliq bolmagan depozitariylar, bank va moliya muassasalari, infratuzilma institutlari, brokerlar, royxatdan otkazuvchilar, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik kabi boshqalar aybi bilan yoqotishdan korilgan zararlarni qoplashdagi barcha xarajatlarning yigindisini ham hisobga olishimiz lozim.
Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bolib, birinchi navbatda, kapital mablaglarning daromadliligini taminlab beradi. Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bolgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini ozida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda mamlakat iqtisodiyoti yoki uning malum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini taminlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiya-lar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
Investitsiyaviy jozibadorlik mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan korxona investitsiyalarining daromadlilik, rivojlanish istiqbollari va investitsiya xatari darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya xatari darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda tasir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi korsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya xatari darajasini aniqlash mumkin5.
Investitsiya muhiti holatiga baho berishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
jami ichki mahsulot, milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishining osishi yoki kamayishi; milliy daromadning taqsimlanishi; jamgarma va istemol munosabatlarining ozgarishi; xususiylashtirish jarayonlarining borishi; mamuriy yol bilan investitsiya faoliyatini tartibga solishning holati; alohida investitsiya bozorlarining, shu jumladan, fond va pul bozorlarining taraqqiyoti;
investitsiya iqlimiga tasir etuvchi barcha omillarni hisobga olish. Bu omillar qatoriga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq: hududning iqtisodiy salo-hiyati, yani mintaqaning pul mablaglari bilan taminlanganligi; ishlab chiqarish va investitsiyalarni yolga qoyish uchun bosh yerlarning mavjudligi; mehnat va energiya resurslari bilan taminlanganlik darajasi; ilmiy-texnikaviy salohiyatning rivojlanganlik darajasi; olib borilayotgan umumiy xojalik yuritish shart-sharoitlari, yani ekologik holat, moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanganligi; tugallanmagan qurilishlarning hajmi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish darajasi; uy-joy qurilishi sohasining taraqqiy etganligi;
mintaqada bozor muhitining tarkib topganligi, yani tolaqonli bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, xususiylashtirishning investitsiya jarayoniga tasiri, inflyatsiya darajasi va tasiri, aholining investitsiya faoliyatiga jalb etilish darajasi, tadbirkorlar ortasida raqobat muhitining rivojlanganlik darajasi, xojaliklararo aloqalarning faollik darajasi, eksport imkoniyatlari, xorijiy kapitalning mavjudlik darajasi;
siyosiy omillar, yani aholining mintaqa yoki mamlakat hokimiyat organlariga ishonchi darajasi, mintaqa rahbariyatining markaziy davlat rahbariyati bilan munosabatlari, ijtimoiy barqarorlik darajasi, milliy, diniy munosabatlarning ahvoli;
ijtimoiy va madaniy omillar, yani aholi hayot darajasi, maishiy-yashash sharoitlari, tibbiy xizmatning rivojlanganligi, ichkilikbozlik, giyohvandlik va shunga oxshash salbiy odatlarning aholi ortasida tarqalganlik darajasi, jinoyatchilik darajasi, haqiqiy ish haqining ortacha miqdori, aholi kochishining investitsiya jarayoniga tasiri, aholining oz davlati va chet davlat tadbirkorlariga nisbatan munosabatlari, xorijlik mutaxassislarning ishlashi uchun shart-sharoitlar;
tashkiliy-huquqiy omillar, yani hokimiyatning oz va chet davlat investorlariga munosabati, mintaqa rahbariyatining investitsiyaga doir qonun va meyorlarga amal qilishi; korxonani royxatdan otkazish muammolari va uni hal qilish darajasi, malumotlarni olish imkoniyatlari, mahalliy mamuriyatning malakaviy darajasi, huquqni himoya qilish idoralari faoliyatining samaradorligi, tovarlarni, kapitalni va ishchi kuchini tashish va kochirish shart-sharoitlari, mahalliy tadbirkorlarning ishchanlik sifatlari va madaniy-axloqiy darajasi;
moliyaviy omillar, yani mintaqa byudjetining daromadlari, aholi jon boshiga byudjetdan tashqari jamgarmalar mablaglari bilan taminlanganlik darajasi, markaziy va mintaqa byudjetlaridan moliya-viy mablaglar olishning imkoniyatlari, xorij valyutasida kredit olish imkoniyatlari, bank krediti foizlari darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, har ming aholiga bank kreditlarining togri kelgan qismi, uzoq muddatli kreditlarning umumiy kredit qoyilmalaridagi salmogi, aholi jon boshiga togri keladigan omonatlar miqdori, zarar korib ishlovchi korxonalarning umumiy korxonalar tarkibidagi ulushi va boshqalar.
Har qanday davlatga investitsiyalarning kirib kelishi va rivojlanishi mazkur mamlakatdagi investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillarga bevosita bogliq boladi. Investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillar asosan tort guruhga bolinib, ular huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni tashkil etadi.
Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligida namoyon boladi. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarga uzoq muddatli shartnomalar asosida boshqa mamlakatga oz resurslarini kiritish imkonini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Oʻzbekistondagi investitsiya muhitining asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidir. Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o‘z kapitalining xavfsizligini taminlash masalalariga katta etibor qaratadi. Shundan song u oz kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida oylab koradi. Demak, investitsiya muhiti investor uchun muhim bir shart: investor u yoki bu mamlakatga kiritayotgan kapitali xatari haqida oylab koradi. Buning uchun u kapital xatariga tasir etuvchi quyidagi omillarni etiborga oladi:
mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik;
mintaqadagi yaqin qoshnichilik munosabatlari;
hukumatning investitsiya munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik darajasi.
Investitsiya muhitiga bir qator omillar tasir korsatadi.
Siyosiy omillar:
xorijiy investitsiya borasida davlat siyosati;
xalqaro kelishuvlarga rioya qilish;
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi;
iqtisodiy siyosatning hayotiyligi;
mamlakatning xalqaro shartnomalar tizimida qatnashuvi;
davlat apparatining ish faoliyati;
siyosiy hukumatning investitsiyalarga moyilligi.
Iqtisodiy omillar:
iqtisodiyotning umumiy holati (yuksalish, pasayish);
valyuta kursining barqarorligi;
inflyatsiya jarayonining dinamikasi;
soliq imtiyozlari;
bojxona tartibi;
ish kuchidan foydalanish tartibi;
aniq mahsulotlarga talab va taklif hamda boshqalar.
Ijtimoiy omillar:
jamoatchilikning xususiy mulk va xorijiy investitsiyalarga munosabati;
jamiyatning mafkuraviy birdamlik darajasi;
mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy masalalari boyicha kelishuvning mavjudligi;
ishchi guruhining tashkilotchiligi.
Investitsiya muhitiga tasir etuvchi omillar
Siyosiy omillar
Iqtisodiy omillar
- xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati
- xalqaro shartnomalarga amal qilish;
- davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi;
- xalqaro shartnomalarda ishtirok etish tizimi;
- davlat apparati ishlarining samaradorligi;
- siyosiy barqarorlik;
- boshqalar.
iqtisodiyotning umumiy holati;
inflyatsiya darajasi, valyuta kursi barqarorligi;
turlicha soliq, boj tolovlaridagi imtiyozlar;
ishchi kuchi qiymati va ishchi kuchidan foydalanish tartibi;
tovarlarga bolgan talab va taklif;
xom ashyo bilan taminlanganlik;
kreditning bahosi;
boshqalar.
xorijiy kapitalga va xususiy mulkka jamiyat azolarining munosabati;
jamiyatning mafkuraviy bilim darajasi;
ishchi sinfining tashkilotchiligi;
boshqalar.
Ijtimoiy omillar
2-rasm. Investitsion muhitni belgilovchi omillar
Biron mamlakatning investitsion muhitini tahlil qilinganda, amaldor nuqtai nazari emas, balki oz mablagini daromad keltiruvchi loyihaga joylashtirmoqchi bolgan xorijiy investorlarning fikrlari ahamiyatlidir. Ularning fikricha investitsiya muhiti bir qator zaruriy omillarga bogliq bolib, ularning mavjudligi investitsiya muhitining eng qolay bolishini taminlaydi.
Birinchisi, siyosiy barqarorlik bolib, uning mavjud bolishi investorning kelgusi ishlarini rejalashtirish va ishonch bilan oldinga intilishiga imkon beradi. U kuchli qonuniy tizimning mavjudligi, tashqi va ichki harbiy nizolar, hamda inqilobiy ozgarishlarning bolmasligida namoyon boladi.
Ikkinchisi, iqtisodiy samaradorlik. Har bir investor iqtisodiy osish juda yuqori bolgan, hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish borasida barqaror siyosat olib borayotgan mamlakat iqtisodiyotiga mablag sarflashni hohlaydi.
Keyingi omil infrastruktura holati bolib, u mamlakatdagi yuqoridagi sanab otilgan omillarning mavjud bolishidan keyingi muhim omillardandir. Unda ishlab chiqarish uchun yer maydonlaridan foydalanish, yerni ijaraga olish shartlari va muddati, avtomobil va temir yollarning sanoat hududlarini asosiy transport boginlari (portlar, aeroportlar) va bozorlar bilan boglanganligi, elektr energiyasining mavjudligi, suv taminoti darajasi (bazi hollarda ichimlik suv bilan taminlanganlik darajasi), telekommunikatsiyaning rivojlanish darajasi, telefon, faks, teleks aloqalarining mavjudligi, kompyuter orqali aloqa ornatish masalalari muhimdir.
Ishchi kuchi. Kopincha xorijiy investitsiyalarni kiritishning asosiy sababi qilib qabul qiluvchi mamlakatda ish kuchining arzonligi korsatiladi. Lekin, investitsiyalarni jalb qilishga savodxonlik, ishchi kuchining malaka darajasi, mehnat qilish etikasi, mehnat unumdorligi darajasi, turli ijtimoiy harakatlarning ishlab chiqarish jarayoniga tasiri va boshqalar ham oz tasirini korsatadi.
Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi. Investorlar uchun mamlakatda etarli miqdorda faoliyat korsatuvchi moliya institutlari va jahondagi yirik banklarga tegishli filiallarning mavjduligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda jahonning yirik savdo va investitsiya kompaniyalari filiallarining faoliyat korsatishi investorlar uchun ishonchlilik darajasini oshiradi.
Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng bolib, unga: advokat, maslahatchilarning kopligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, arxitektorlar va konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari qoshma korxona ochishda mahalliy hamkorning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va ishonchliligi ham hisobga olinadi.
Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha narsalarda oz aksini topadi. Aholi turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xilma-xilligi va mehnat uchun qilinadigan xarajatlar hajmida oz aksini topadi. Xorijiy investor ozi uchun ishlash, yashash, bank va boshqa xizmat turlaridan foydalanishda komfort talab qiladi.
9.4. Togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati
Togridan-togri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli tasir korsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli tasir korsatish uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi. BMTning Savdo va rivojlanish tashkilotining 1999 yildagi Jahon investitsiya hisobotida aytilishicha esa TTXI bu bir iqtisodiyotdagi rezident birlikning (xorijiy investor yoki bosh korxona) boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga uzoq muddatli aloqa, davomli manfaat va nazoratni kozlab kiritgan investitsiyasidir.
TTXIni investor mamlakat nuqtai nazardan gorizontal, vertikal va konglomerativ turlarga ajratish mumkin6. Gorizontal TTXI xorijiy mamlakatda oz mamlakatida ishlab chiqaradigan mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yonaltirilgan investitsiyalardir. Shu sababli gorizontal TTXI uchun mahsulot differentsiatsiyasi bozor tuzilmasining muhim elementi sifatida qaraladi.
Boshqacha aytganda, gorizontal TTXI monopolistik yoki oligopolistik ustunliklardan yanada toliqroq foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu ayniqsa, monopolistik ustunliklardan mahalliy bozorlarda foydalanish monopoliyaga qarshi qonunlarga zid kelib qolgan holatlarda ayni muddaodir. Vertikal TTXI esa chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali istemolchilarga yaqinlashish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda turli mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlari yoki omillari bilan qatnashadi. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yaponiya avtomobil bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Chunki Yaponiyalik avtomobil dillerlari oz ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin biznes aloqalariga kirishgan va bu xorijiy avtomobillarga nisbatan qarshilikni tugdirayotgan edi. AQSh avtomobil dillerlari bu tosiqni engib otish uchun Yaponiyada oz mahsulotlarini sotishda oz dillerlik tarmoqlarini ochishga kirishganlar. Konglomerativ TTXI esa oz ichiga gorizontal va vertikal TTXI qamrab oladi.
Retsipient mamlakat nuqtai nazardan esa TTXIni import ornini bosuvchi, eksportni ragbatlantiruvchi va davlat tashabbusi ostidagi turlarga ajratish mumkin. Import ornini bosuvchi TTXI muayyan mamlakatda ushbu mamlakat avval import qilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kiritilgan investitsiyalar hisoblanadi va bu mazkur mamlakatning osha mahsulot boyicha importini qisqarishiga va investor mamlakatning esa eksportini kamayishiga olib keladi. Bu turdagi TTXIni ragbatlantiruvchi asosiy omillar qabul qiluvchi mamlakat bozori hajmining kattaligi, transportatsiya harajatlari va savdo tosiqlarining mavjudligidir. Eksportni ragbatlantiruvchi TTXI esa retsipient mamlakatning investor mamlakat va TMK filiallari joylashgan mamlakatlarga xom ashyo materiallar va oraliq mahsulotlar eksportini ragbatlantiradi. Chunki bu turdagi TTXI maqsadi ishlab chiqarish uchun yangi manbalar va omillar izlab topishdir. Davlat tashabbusi ostidagi TTXI turiga hukumat tolov balansidagi defitsitni yoqotish maqsadida xorijiy investorlarga turli imtiyozlar taklif qilish jarayonida jalb qilingan investitsiyalar kiradi.
TTXIni ekspansiyaviy (expansionary egallovchi) va himoyaviy (defensive) turlarga ajratish mumkin. Chen va Kuning fikriga kora ekspansiyaviy TTXI retsipient mamlakatda investor firma ustunliklaridan foydalanishni kozda tutadi7. Bunday turdagi TTXI investor korxonaning ichki va tashqi savdosining osishiga yordam beradi. Himoyaviy TTXI esa qabul qiluvchi mamlakatda mavjud arzon ishchi kuchidan foydalanib ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilib qoyadi. Chen empirik tadqiqotlariga kora ekspansiyaviy TTXIga eng kop tasir qiladigan omillar firma hajmi, ilmiy-texnik salohiyati, rentabellik va texnologiya kabilar hisoblanadi. Himoyaviy TTXIga esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bogliq motivlar salmoqli tasir korsatadi8.
TTXI uch xil shaklga ega bolishi mumkin: grinfild (noldan boshlanuvchi) investitsiyalar, transchegaraviy birlashish va yutib yuborishlar (M&As) va qoshma korxonalar. Grinfild investitsiyalar investor firma retsipient mamlakat hududida yangi ishlab chiqarish faoliyatini boshlash bilan amalga oshiriladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchi mamlakat uchun yangi ish orinlarini yaratishi va ishlab chiqarishda yangi qoshilgan qiymatni shakllantirgani sababli maqul hisoblanadi. Agar xorijiy investor yangi korxona ochmasdan mavjud korxonani sotib olib undagi ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini, ishchilarini va butun jarayonni deyarli butunlay yangilasa bunday TTXI braunfild investitsiyalar deyiladi. Bunday TTXI turi asosan otish iqtisodiyoti mamlakatlarida kop kuzatilgan9. TTXIning korxonalarning xalqaro darajada ozaro birlashishi va yutib yuborishi (M&As) natijasida kelib chiqadi. TTXIning bu turi xorijiy investorlar uchun grinfild investitsiyalarga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega bolishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyatsizlikka uchragan investitsiya loyihalari odatda investor uchun arzonga tushadi va investorning bozorga qisqa muddatda kirib olishini taminlaydi.
Kopchilik rivojlanayotgan va otish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI asosan resurs izlovchi xarakterga ega boladi. Bu turdagi investitsiyalar uchun ragbatlantiruvchi omillar sifatida retsipient mamlakatlarning xom-ashyo va mehnat resurslariga boyligini keltirish mumkin. Ushbu mamlakatlarda neft, gaz, mineral moddalar, metallar kabi tabiiy boyliklarning kopligi va arzonligi hamda arzon ishchi kuchi mavjudligi resurs izlovchi investitsiyalar jalb qilishni ragbatlantiradi. Bunday turdagi investitsiyalash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa asosan eksport qilinadi.
Bozor izlovchi TTXI esa muayyan mamlakat yoki mintaqa istemol bozorlarini egallashni maqsad qilib qoyadi. Bu turdagi investitsiyalarni kirituvchi korxonalar odatda oz mahsulotlariga bolgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy xojaliklari uchun zarur istemol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Bozor izlovchi TTXI kopincha himoyalovchi xarakterga ega bolib, korxonalar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatdagi import tosiqlarini aylanib otish maqsadida amalga oshiriladi. Bu turdagi investitsiyalar olib kiruvchi investor uchun retsipient mamlakatdagi liberal savdo siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Samara izlovchi TTXI xarajatlar past bolgan retsipient mamlakatdagi arzonchilikdan foydalanish uchun amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi esa investor korxonalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, kredit karta kompaniyasining AQShlik mijozlar uchun Hindistonda chaqiruv (qongiroq qilish) markazini ochishi ishchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi va samara izlovchi TTXI sifatida etirof etiladi.
Strategik vosita izlovchi TTXI qachonki korxonalar ozlarining uzoq muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatga investitsiya kiritganda yuzaga keladi. Masalan, ozaro manfaatli ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini hamkorlikda amalga oshirish uchun transmilliy korxona chet el mamlakatidagi boshqa korxona bilan birlashma shakllantirishi mumkin. TTXIni ularni ragbatlantiruvchi omillar boyicha yuqoridagidek resurs, bozor, samara va strategik vosita izlovchi turlarga bolinishi J.Danning nazariyalariga asoslanadi10.
Xalqaro kompaniyalarning paydo bolishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida bolgan. Togridan-togri xorijiy investitsiyalar XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu yillarda portfel investitsiyalar hajmi togridan-togri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar kop edi.
Togridan-togri xorijiy investitsiyalarning aniq moliya-sanoat guruhlari, xalqaro firmalar, transmilliy korporatsiyalar faoliyati orqali amalga oshirilishi ularga muayyan ustunlik beradi. Tahliliy malumotlarga qaraganda togridan-togri xorijiy investitsiyalar oqimi bir necha on yilliklar mobaynida jadal suratlar bilan osib bormoqda. 1914 yildan ikkinchi jahon urushi oxirigacha bolgan muddatda xorijiy investitsiyalar hajmi 30% ga kopaygan holda, keyingi 10 yil mobaynida ikki barobar osgan. XX asrning 60-yillarining ortalaridan boshlab keyingi 25 yil mobaynida esa ushbu korsatkich 4 marotabaga oshgan.
XX asrning 1990 yillarida jahonda togridan-togri xorijiy investitsiyalar oqimining hajmi 449 mlrd. dollarni tashkil etgani holda, ushbu korsatkich 2017 yilga kelib 1,4 trln. dollarga etdi. Mazkur holat mamlakatlar iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqaro kapital oqimiga bolgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi.
Togridan-togri xorijiy investitsiyalar jahon xojaligi globallashuvining asosiy omilga aylandi. Togridan-togri xorijiy investitsiyalar faollashuvining sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari quyidagilardan iborat11:
togridan-togri xorijiy investitsiyalar yordamida milliy bozorlarda monopolistik foyda olishning mumkinligi;
tashqi savdoga nisbatan qoshimcha foyda olish imkoniyati;
transmilliy korporatsiyalarning togridan-togri xorijiy investitsiyalarni eltuvchilari sifatida maydonga chiqishi;
togridan-togri xorijiy investitsiyalarga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojining keskin osishi;
retsipient-mamlakatlarda togridan-togri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni ragbatlantiruvchi mexanizmlarning shakllanishi.
XXI asr boshlarida togridan-togri xorijiy investitsiyalar hajmining jadal suratlar bilan osishi va ularning xalqaro miqyosda boshqarilishi zaruriyati investitsiyalar bilan tashqi savdo miqdori ortasida bogliqlik masalalarini tadqiq etishni taqozo etmoqda.
Togridan-togri xorijiy investitsiyalar hajmi tashqi savdoning osish suratlari va rivojlanish istiqbollariga jiddiy tasir otkazadi. Ular ortasidagi bogliqlik quyidagilarda namoyon boladi:
tashqi savdo iqtisodiy osish omili sifatida tan olingan;
togridan-togri xorijiy investitsiyalar xorijiy bozorlarga tovar va xizmatlar etkazib berishning vositasi, xalqaro ishlab chiqarish tizimining asosi sifatida jahon savdosining yonalishlari, hajmi va tarkibiga jiddiy tasir korsatadi;
jahonda aksariyat mamlakatlar togridan-togri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi ijobiy ornini qollab-quvvatlashmoqda. Ushbu holat mazkur mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan xorijiy investitsiyalar borasidaga siyosatda oz aksini topmoqda. Shu bilan birga togridan-togri xorijiy investitsiyalar oqimiga jahon mamlakatlari tomonidan olib boriladigan tashqi savdo siyosati ijobiy tasiriniotkazadi;
jahon iqtisodiyotida togridan-togri xorijiy investitsiyalar va tashqi savdodan iqtisodiy rivojlanishda uygunlikda foydalanish lozim.
Togridan-togri xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bolib, ular ichki jamgarmalar darajasidan koproq miqdorda kapital jamgarish, tolov balansini qollab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy tasir korsatishi mumkin. Togridan-togri xorijiy investitsiyalaralohida korxonalarning faoliyati ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim orin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita tasir korsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi.
Milliy iqtisodiyotning togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor, hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish suratlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bogliqdir.
Otish iqtisodiyoti mamlakatlarining togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillarni besh guruhga bolish mumkin:
bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari).
boy tabiiy resurslarning mavjudligi.
ishlab chiqarish xarajatlari omillari.
investitsiya muhiti.
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi.
Umuman, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni investitsiyalash maqsadiga kora quyidagi besh guruhga guruhlash mumkin:
Ichki bozorni egallashga yonaltirilgan investitsiyalar. Ushbu investitsiyalar tashqi savdodagi mavjud tosiqlarni aylanib otish maqsadida amalga oshiriladi. «Bozor izlash»dan manfaatdor kompaniyalar, odatda, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlarda yangi bozorlarga kirib borish, uning muayyan qismini ishlash va tanlash imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan amalga oshiradilar. Ushbu kompaniyalar uchun ichki bozorni va aholi jon boshiga togri keladigan daromad miqdori muhim ahamiyatga ega.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yonaltirilgan integratsiyalar. Ushbu investitsiyalarni jalb etish uchun mamlakatlar malakali va arzon ishchi kuchiga ega bolishlari lozim. Bunda makriiqtisodiy va siyosiy barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni hukuqiy tartibga solishning mukammal tizimi, soliq imtiyozlarining mavjudligi kabi omillar muxim ahamiyat kasb etadi.
Resurs izlashga ixtisoslashgan investitsiyalar. Resurs izlashdan manfaatdor firmalarni, birinchi navbatda, mamlakatda ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi qiziqtiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yonaltirilgan investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarning ushbu turi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish orqali nisbiy afzalliklaridan samaraliroq foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur guruh investitsiyalari odatda korporativ strategiyaga asoslanadi.
Texnologiyalarni yangilash maqsadida amalga oshirilgan investitsiyalar. Ushbu turdagi investitsiyalar yuqori texnologiyali ishlab chiqarish - elektronika, biotexnologiya, nanotexnologiya va sanoatning boshqa yangi tarmoqlarida jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |