1. Xorijiy davlatlarda budjet tizimi va budjet jarayonining nazariy hamda huquhiy asoslari


Xorijiy davlatlarda budjet tizimi va budjet jarayonining nazariy hamda huquqiy asoslari



Download 0,63 Mb.
bet2/7
Sana20.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Xorijiy davlatlarda budjet tizimi va budjet jarayonining naza

Xorijiy davlatlarda budjet tizimi va budjet jarayonining nazariy hamda huquqiy asoslari.

Davlat byudjeti davlatning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag’larini taqsimlash va hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti–davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bulib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdorlari nazarda tutiladi. Davlat byudjeti daromadlari rejasini bajarish, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etishga oid tamoyillar, mablag’larni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, byudjet intizomiga amal qilinishiga erishish maqsadida davlat samarali moliyaviy nazorat tizimiga ega bo’lishi lozim. Davlat byudjeti ijrosida daromadlar va xarajatlar rejalari bajariladi, davlatning belgilangan dasturlari ijro qilinadi va byudjet tashkilotlari xarajatlari moliyaviy mablag’ bilan ta’minlanadi. Davlat byudjeti g’azna ijrosida eng muhim vazifa qilib, davlatning ichki va tashqi qarzlarini kamaytirish, byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, iqtisodiy-ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo’lishishiga erishish, byudjet mablag’laridan foydalanishni yaxshilash hamda moliyaviy nazorat mexanizmini to’liq ishlashiga erishiladi. Bu vazifalar byudjet mablag’larini egalariga tez va o’z vaqtida etib borishini ta’minlaydi. Byudjet tizimi bu umumijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan byudjet siyosati, byudjet huquqi va byudjet mexanizmini o’z ichiga oladigan moliya-byudjet instituti va jamg’armalarining yig’indisidir.
Byudjet amaliyotida turli darajadagi mahalliy byudjetlarning mustaqilligidan kelib chiqib, ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, mintaqaviy daromadlar manbalari belgilanadi, mahalliy byujetlar daromadlarini o’z daromadlari yoki biriktirilgan soliqlar va tartibga solinuvchi soliqlar hisobiga shakllantirildi. Davlat byudjeti o’z iqtisodiy mohiyatiga ko’ra – YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida paydo bo’ladigan pul munosabatlari bo’lib, davlat ixtiyoriga kelib tushadigan va bevosita, ijtimoiy ta’minot, mudofaa, boshqaruv ehtiyojlari uchun foydalanadigan pul resurslarini shakllantirish bilan bog’liq jamiyat boyligining bir qismidir. Davlat, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, muassasalar, turli darajadagi byudjetlar va fuqarolar byudjet munosabatlarining sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Byudjet asosiy moliyaviy reja sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi. Byudjet universal moliyaviy reja sifatida mamlakat yoki tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo’nalishlarini to’la kamrab oladi. Davlat byudjeti boshqa turdagi moliyaviy rejaga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyotda byudjet quyidagi vazifalarni bajaradi2:
- mamlakatda yaratilgan YaIMni qayta taqsimlash;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish;
- byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish;
- byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash;
- mamlakatda davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- markazlashtirilgan pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish va undan foydalanishni nazorat qilish.
Unitar davlatning byudjet tizimi ikki bo’g’indan – davlat byudjeti va mahalliy byudjetlardan tashkil topadi. Masalan, Fransiya, Turkiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya ikki bo’g’inli byudjet tizimiga ega.
Federativ davlatlarning byudjet tizimi uch bo’g’indan iborat:
- Federal byudjet (markaziy hokimiyat byudjeti);
- Federatsiyalar byudjeti (AQShda – Shtatlar, Germaniyada – Erlar (landlar), Kanada – Provintsiyalar);
- munitsipal byudjetlar.

1-rasm. Xorijiy davlatlarda byudjet tizimining tarkibi3
Davlat byudjeti daromadlariga ta’sir qiluvchi omillar juda ham ko’p, ularga quyidagilarni misol qilish mumkin. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, jumladan, YaIM hajmi, narxlarning o’sish darajasi, aholining ish bilan bandligi, aholi daromadlari. Shuningdek davlatning fiskal siyosatini keltirish mumkin, masalan, soliq stavkalarini o’zgartirish, ular bo’yicha imtiyozlar berish, xarajatlarni kamaytirish yoki ko’paytirish. Xorijiy davlatlarning byudjet tizimi tuzilishida uchta model ko’p uchraydi.
- markazlashgan model– bu modelda xarajatlarni moliyalashtirish markazlashgan xarakterga ega, bunda quyi byudjet vakolatlari minimallashtiriladi;
- markazlashmagan model – regional va munitsipal byudjetlar mustaqil bo’lib, xarajatlarini daromadlaridan o’zi qoplaydi, markazdan aralashuv minimallashtiriladi;
- aralash model– byudjetni balanslashtirishda gorizantal va vertikal usullardan foydalaniladi, federal markazning javobgarligi oshiriladi.
AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq, soliq solish huquqini faqat federal va hududiy hukumatlarga beriladi, bu paytda mahalliy organ boshqaruvi shtatlar boshqaruvi organlari qarorlariga muvofiq soliqni belgilash va yig’ish huquqini olishadi. AQSh soliq tizimining alohida xususiyati shundan iboratki, har bir bo’g’in byudjeti faqatgina o’ziga tegishli bo’lgan soliqlar tushumini hisobga oladi va taqsimlash huquqiga ega. Shunday qilib AQShda soliq yig’imlari tushumining bir hukumat tomonidan boshqariladigan va turli xil byudjetlar o’rtasida taqsimlanadigan amaliyoti yo’q. Bunday tartib ko’p jihatdan turli xil bo’g’inlardagi boshqaruv organlariga yirik fiskal mustaqillik va o’zlariga biriktirilgan soliqlar, ularning stavkasi va bazasi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradi. AQShda Kongress Bosh nazorat boshqarmasi va Kongress Byudjet Boshqarmasi bevosita Kongress tarkibiga kiradi, Kongress tasdiqlagan byudjet mablag’lari sarflanishini nazorat qiladi va Kongressga uzluksiz hisobot beradi. Germaniyada Byudjet komissiyasi byudjet ijrosi bo’yicha hukumat yig’ilishlarida qatnashadi, joriy nazoratni olib boradi, jumladan Moliya vazirligining byudjet mablag’lari sarflanishi to’g’risidagi choraklik hisobotini tinglaydi va hukumat uchun kredit berish masalalarni hal qiladi. Fransiyada Hisob palatasi har yil yakuni bo’yicha byudjet ijrosi bo’yicha hisobotni tekshiradi va xulosani Parlamentga va Prezidentga topshiradi. Yaponiyada esa Hisob palatasi har yili Parlamentga byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot beradi va bu hisobot Hukumatning byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotiga xulosa sifatida qabul qilinadi. Kirish
Hozirgi vaqtda Yaponiyada byudjet siyosati rejalashtirilgan yildagi xarajatlar hisobot yilidagi xarajatlardan oshmaydi degan tamoyilga asoslanadi.
Yaponiyaning moliyaviy siyosati byudjet taqchilligi bilan tavsiflanadi, u davlat kreditlari hisobidan qoplanadi. Byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 4 foizini tashkil qiladi.
Davlat byudjeti daromadlari: sof markaziy va sof mahalliy soliqlar amalda mavjud emas, barcha soliqlar qayta taqsimlanadi. 
Yaponiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament davlat moliyasini boshqarishning mutlaq huquqiga ega.
Byudjet ijrosini Moliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar amalga oshiradi.
Byudjet uchun kassa xizmatlari Yaponiya banki va uning filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar o‘zlari belgilagan xarajatlar doirasida o‘zlarining to‘lovlar smetasini Moliya vazirligiga taqdim etadilar, ular Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bundan tashqari, hisob-kitoblarning nusxalari Yaponiya bankiga yuboriladi va ikkinchisi tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi.4
Tasdiqlangan ajratmalarning sarflanishi ustidan nazorat har chorakda vazirlik va idoralarning hisobotlari shaklida amalga oshiriladi. G‘aznachilik inspektorlari olingan hisobotlarni o‘rganadi, ma’lumotlarni tekshiradi, daromadlar va xarajatlar bo‘yicha byudjet ijrosi to‘g‘risidagi umumiy hisobotni tuzadi.
Umumiy hisobot hukumatga taqdim etiladi, u o'z navbatida uni tekshirish uchun audit idorasiga taqdim etadi. Keyin. taftish byurosi xulosa bergandan so‘ng, hisobot hukumat tomonidan tasdiqlanadi va parlament ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Yaponiya davlat byudjetining daromad qismi soliq va soliqsiz tushumlardan iborat. Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda , Yaponiyada soliqdan tashqari tushumlarning ulushi ancha yuqori.
Mahalliy byudjetlarning daromad qismini soliq va soliqsiz tushumlar tashkil etadi: umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ; milliy faoliyatni amalga oshirish uchun davlat subsidiyalari ; kreditlar.
Yaponiyada mahalliy hokimiyat organlari hisobidan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq tadbirlar moliyalashtiriladi.
Zamonaviy byudjet tizimini shakllantirish, Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy va federativ tuzilishiga javob beradigan byudjet tizimini shakllantirish davlatning siyosiy va iqtisodiy barqarorlashtirishning asosiy shartiga aylandi. Bu tizimning asosida turli darajadagi hokimiyatlar o’rtasidagi byudjet-soliq mexanizmlari yotadi. Ushbu tamoyillar va mexanizmlarning yig’indisi «byudjet federalizmi» tushunchasi bilan bog’lanishi qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasi Konstituttsiyasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi va Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining byudjet sohasidagi ishlarni olib borish va vakolatlarini chegaralash byudjet federalizmi asoslarini tashkil etadi. Rossiya Federatsiyasining byudjet tizimi – Rossiya Federatsiyasining davlat tuzilishiga va iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi. Federal byudjet, Rossiya Federatsiyasining byudjet sub’ektlari, mahalliy byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlar byudjetini boshqarishning huquqlari va normalari yig’indisiga asoslanadi. Rossiya Federatsiyasida 1991 yildan markazlashgan rejalashtirish tizimi faoliyati yakunlanganidan keyin byudjetlararo munosabatlar tizimi paydo bo’la boshladi. Yangi tizim quyi byudjetlarga beriladigan moliyaviy yordamlar tizimi shakllandi
Fransiya hududi mamlakatni kommuna, departament, region, uchastka, okrug, kommuna kabi ma’muriy birliklar va hududiy jamoalarga bo’lish orqali boshqariladi. Ushbu ma’muriy birlik va hududiy jamoalarni idora qilish ayni bir vaqtning o’zida bilvosita boshqaruv va erkin idora qilish tartibi asosida tashkil etiladi. Byudjetni boshqarish usuli davlat birligi va yaxlitligini saqlab qolgan holda «o’z-o’zini boshqarish» tushunchasiga asoslanadi5.
Mahalliy hokimiyat boshqaruvi yuzasidan vazifalar «Mahkama kengashi organi» va «ijrochi organ» hisoblanadigan ikki turdagi organ o’rtasida taqsimlanadi. Hududiy jamoalar davlat ma’muriy boshqaruvidan ajratilgan alohida ma’muriy tarkib sifatida ma’lum bir hududdagi aholining manfaatlari haqida qayg’urish hamda ularni himoya qilish bilan shug’ullanadi. «Har qanday Konstitutsiya mamlakat tarixining asosiy bosqichlari, real ijtimoiy turmushi, g’oyaviy-huquqiy qadriyatlari va an’analarini aks ettiradi. Fransiya Respublikasining Konstitutsiyasi buning yaqqol isbotidir. Unda fransuz konstitutsiyaviy huquqiy institutlari, siyosiy demokratiya va huquqiy madaniyatning tarixiy rivojlanish tajribasi va byudjet tizimini boshkarish asoslari o’z aksini topgan»6. Konstitutsiya joylardagi mahalliy hokimiyatning tuzilishini ham belgilab berdi. Bunda mahalliy institutlarning hamda markaziy hokimiyatning o’z vazifalari aniq qilib ko’rsatilgan bo’lib, ular bir-biridan «erkin idora qilish» va « bilvosita boshqarish» tushunchalari orqali farqlanadi. Bu tushunchalar turli darajadagi jamoat tashkilotlari va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatni tashkillashtirish mexanizmini ifodalaydi. Konstitutsiya joylardagi mahalliy hokimiyatning tuzilishini ham belgilab berdi. Bunda mahalliy institutlarning hamda markaziy hokimiyatning o’z vazifalari aniq qilib ko’rsatilgan bo’lib, ular bir-biridan «erkin idora qilish» va «bilvosita boshqarish» tushunchalari orqali farqlanadi. Bu tushunchalar turli darajadagi jamoat tashkilotlari va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatni tashkillashtirish mexanizmini ifodalaydi. Fransiya hukumatini tashkil etuvchi vazirliklar soni vazifalar salmog’iga qarab turli davrlarda turlicha bo’lgan. Shu bois, faqat turg’un xarakterdagi vazirliklargina mahalliy darajada o’z bilvosita boshqariladigan bo’linmalariga ega. Har bir vazir o’z kabineti va idorasiga ega bo’lib, uning idorasi boshqarmalar va milliy darajadagi vakolatga ega bo’lgan bo’limlardan tashkil topgan. Boshqarmalar tuli bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, ba’zida bir necha qismlarga ajratilgan va vertikal yoki gorizonatal ko’rinishda boshqarilishi mumkin. Milliy darajadagi vakolatga ega bo’lgan bo’limlar markaziy rahbariyatdan farqlanib, vazirga topshirilgan mamlakat miqyosidagi maxsus vazifalar bilan shug’ullanadi. Fransiyada davlat moliyasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi. Bularning birinchisi davlat moliyaviy boshqaruviga oid tashkiliy jihati bo’lsa, ikkinchisi davlat moliyaviy faoliyatining amaliy jihatidir. Tashkiliy jihatdan Moliyaviy boshqaruv Moliya vaziri, o’z-o’zinini erkin idora qiluvchi rahbariyatlar hamda Konstitutsiyada ko’zda tutilgan boshqa ma’muriyatlar kabi uchta asosiy ma’muriy tuzilma o’rtasida taqsimlangan. Konstitutsiyada ko’zda tutilgan boshqa ma’muriyatlar, bular bir tarafdan alohida ahamiyatga ega bo’lgan Parlament va ikkinchi tomondan davlat moliya tizimida jiddiy rol o’ynaydigan hukumatdir. Fransiya davlat moliyasini boshqarishda uch turdagi asosiy qonun-qoidalar va ularga tegishli bo’lgan tushunchalar mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

  • byudjet tuzilishiga tegishli byudjetga oid qonun-qoidalar;

  • byudjet ijrosiga oid buxgalteriya va hisobot qonun-qoidalari;

  • davlat byudjeti daromadlari va soliqlar yuzasidan fiskal qonun-qoidalar.

Germaniyaning uch bosqichli byudjet tizimiga federal byudjet, hukumatning maxsus fondlari, 16 shtat (shu jumladan 3 shahar) byudjeti va 10 mingga yaqin jamoalarning byudjeti kiradi. Mamlakat Konstitutsiyasida davlat hokimiyatining ikkita ma'nosi - federatsiya va shtatlar (federatsiya a'zolari) mavjudligi aniqlangan. Jamiyatlar erning ulushi deb hisoblanadi, shuning uchun ham jamoat o'zini o'zi boshqarish cheklangan harakatlar. Germaniya byudjetlararo munosabatlar tizimining ustun printsipi butun mamlakat aholisi uchun bitta turmush darajasini ta'minlash deb hisoblanadi. Germaniya federal tuzilishining asosiy printsipi federatsiyalar va shtatlar o'rtasida mas'uliyat sohalarini taqsimlashda yordamchi tamoyilni ko'rib chiqishi kerak. Konstitutsiyada ta'kidlanishicha, munitsipal imkoniyatlarni amalga oshirish erni egallash deb hisoblanadi.
Germaniya dunyodagi yetakchi kuchlardan biridir. So'nggi yillarda Germaniya kapitalning xalqaro migratsiyasida ishtirokini sezilarli darajada oshirdi va kapitalning eng yirik import va eksportchilaridan biriga aylandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR birinchi bo'lib o'z sanoatini tarkibiy o'zgartirishlar yo'liga tushdi. Bunga nafaqat ilmiy-texnika taraqqiyotining ehtiyojlari, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi, balki o'ziga xos omil - Germaniyaning ikkita mustaqil davlatga bo'linishi va natijada uning tarkibidagi nomutanosiblik ham sabab bo'ldi. iqtisodiyot. Mamlakat iqtisodiyotida kapital jamg‘arishning yangi jarayonlari: eng yangi tarmoqlarning yuqori o‘sish sur’atlari, an’anaviy ishlab chiqarishlarni yangi texnologik asosda modernizatsiya qilish tobora oydinlashib bormoqda. G'arbiy Germaniya tovarlarining yuqori raqobatbardoshligining zaruriy shartlaridan biri bu mahsulotni yangilashdir.
Germaniyada fiskal islohotlarni amalga oshirish sharoitida bozor iqtisodiyoti rivojlangan Germaniyada moliya tizimini tashkil etish tajribasi nihoyatda qiziqarli va muhim hisoblanadi. 1977 yildan beri L. Erxard asos solgan soliq siyosati 1977 yildan boshlab byudjet daromadlarini shakllantirishda juda muhim rol o'ynadi: soliq to'lovlari imkon qadar kam bo'lishi kerak; soliqlar miqdori davlat tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar miqdoriga mos kelishi kerak; soliq to'lovlari hech qanday tarzda raqobatbardoshlikni og'irlashtirmasligi kerak; soliq to'lovlari tarkibiy siyosiy faoliyatni qondirish uchun talab qilinadi; soliq to'lovlari aholi o'rtasida daromadlar va foyda taqsimotida adolatni ta'minlashga majburdir; soliq tizimi soliq to'lovlariga ikki baravar soliq solishni istisno qilishi kerak; soliq yig'ish zarurligini ta'minlash uchun soliqqa tortish zarur bo'lganda.
Germaniya soliq qonunchiligida soliqqa tortish ob'ektiga muvofiq quyidagi soliqlar ajratiladi: mol-mulk solig'i (daromad solig'i - daromad solig'i va yuridik shaxslar uchun soliq; mol-mulk solig'i - mol-mulk solig'i, er solig'i, avtotransport vositalariga soliq va boshqalar); muomaladagi soliqlar (bilvosita soliqlar - QQS, sug'urta operatsiyalari bo'yicha soliq); soliqlardan (aktsizdan) foydalanish.


  1. Download 0,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish