Gavdani tik tutish deganimizda ahamiyatni ikki tomonga qaratamiz: estetik va fiziologik.
Xonanda birinchi navbatda g a v d a s i n i tinglovchining ahamiyatni chalg‗itmaydigan holda, o‗ziga qulay holatda tutmog‗i, cholg‗u sozi yonida turmog‗i kerak. Ijroning muvaffaqiyatli chiqishi xonandaning sahnada o‗zini tutishiga bog‗liq.
Xonandalik maktablarining ko‗pi zarur deb ataydigan, gavdani tutishning fonatsiyaga ta‘siri, uning erkin, lekin faol holatiga bog‗liq, bu paylarni fonatsiyaga xizmat qilishga tayyorlaydi. Shuni yodda tutish kerakki paylarning bunday holati, ya‘ni fonatsiyaga xizmat qilishga tayyor holat, nerv-paylar tayyor holati hamdir. Shunday qilib, gavdaning holati xonanda uchun kuylashda juda katta ahamiyatga ega.
K o‗ k r a k q a f a s i va t o z sohasini joylashish holatiga ham e‘tibor qaratishimiz darkor. Ayrim honandalar bir oyog‗i oldinda ikkinchisi orqada turish holatida toz qismi oldinga chiqib ko‗krak qafasi orqaga tisarilib qolish hollarini ham kuzatishimiz mumkin. Bunday holatda o‗qituvchi talabaning gavdasini yon tarafdan ko‗rib chiqib, toz qismini ko‗krak qafasiga nisbatan biroz orqaga olib turish holatiga moslashtirish lozim. Bunday holat gavda og‗irligini tizzalar ko‗zlari va oyoqlarda mustahkam tayanch hissini tuyish imkonini yaratadi4.
Xonanda b o sh i n i to‗g‗ri ushlamog‗i lozim. Boshni yuqoriga ko‗tarish bo‗yinning old qismi paylarini zo‗riqtiradi va kekirdakni siqadi, bu esa tovush hosil qilishda o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Boshni yon tomonga kuylash vaqtida egish mumkin emas, chunki bu holat umuman hech qanday foyda bermaydi. Yuz turli holatlardan xoli bo‗lishi va asar mazmunini o‗zida aks ettirishi lozim. Chehradagi tabassum o‗quvchida hursandlik, ko‗tarinkilik tuyg‗ularini bildiradiki, bu asar xarakterini ochishga yordam berishi kerak. Tabassum organizmga tetiklik bahsh etadi. Zo‗raki tabassum qilish kerak emas. Bo‗yin paylari zo‗riqmasligi va erkin bo‗lmog‗i kerak.
B)
4 Janice L. Chapman, OAM, FG. Singing and teaching singing. 2012.
(27-29 bet.)
rasm . Bosh va bo‗yin holati. A) erkin holat. B) zo‗riqish holati.
Ye l k a l a r erkinligi ham xonanda ijrosining sifati uchun katta ahamiyatga ega. Yelka kenligini siqilishi natijasida hiqildoq va yumshoq tanglay faoliyati buzilib ovoz jarangdorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kundalik hayotimizda duch keladigan tashvishlar (sumkalarni yelkaga osib yurish, bir qo‗lda og‗ir yuk ko‗tarish kabilar) yelkalarni siqilishi va qo‗shiqchi holatining buzilishiga olib keladi. Hiqildoq faoliyati yelka kengligi erkinligiga bevosita bog‗liqligi tufayli xonandalar, ayniqsa opera ijrochilari muntazam ravishda terapevt va massajchi muolajalaridan o‗tib turishlari maslahat beriladi.5
Do'stlaringiz bilan baham: |